www. kokanduni.uz hal etildi. Birlashgan Milla
tlar Tashkilotining bolalar jamg‘armasi YUNISEFning
O‘zbekistondagi vakolatxonasi texnik ko‘magi yordamida yaratilgan maktabgacha ta’lim
tashkilotlarining “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi yaratildi va amaliyotga tadbiq etildi. Ushbu
dasturning dastlabki namunasi 2018-yilda foydalanishga topshirilgan edi. Lekin bolalarni
aqliy rivojlanishi takomillashib borayotgani uchun uni yanada murakkablashtirish vazifasini
hal etish lozim edi. Ushbu masala ijobiy hal etildi va 2022-
yilda takomillashtirilgan “
Ilk
qadam”
davlat dasturi foydalanishga topshirildi [2,2].
“Bolajon” tayanch davlat o‘quv dasturi o‘z davrining eng yaxshi dasturi bo‘lgan deb ayta
olmaymiz. Lekin ushbu dastur tuzi
lganidan keyin ta’lim sifatida bir muncha yangilanishlar yuz
berdi. Ushbu dasturning
afzalliklari va kamchiliklarini “T” sxemasi orqali yoritib beramiz.
KAMCHILIKLARI AFZALLIKLARI 1.
Dasturning dolzarbligi yoritilmagan;
2.
Dastur xalqaro talablarga javob
bermaydi;
3.
Dasturda bolaning rivojlanish
kompetensiyalari inobatga olinmagan;
4.
Dasturda rivojlanish markazlarining
ahamiyati yoritib berilmagan;
5.
Dasturda inklyuziv ta’lim
ga e’tibor
berilmagan.
1.
Dasturning maqsadi va vazifalari aniq
belgilab berilgan;
2.
Dastur mazmuni to‘la yoritib berilgan;
3.
Dasturdan foydalanish qulayligi tarbiyachilar
uchun ahamiyatli;
4.
Dastur milliy qadriyatlarimizni va
rivojlanishning o‘ziga xosligini mutlaq jamlagan
holda yaratilgan;
5.
Dasturdagi
indikatorlarni
bolalar
o‘zlashtirish darajasi yuqori bo‘lgan.
Zamonamizning rivojlanishi akseleratsiya jarayonida yanada tezlashib ketdi.