Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə569/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   565   566   567   568   569   570   571   572   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
o‘quvchilar erishgan mantiq va qabul qilishlarining darajasiga ko‘ra ham samarali
hisoblanadi; 

o‘quvchilarga mustaqil izlanish yo‘li bilan materiallarni izlash, topish h
amda muammoli 
masalalarga javob topish orqali ma
ʼ
lum tadqiqot ishlarini bajarish uchun imkoniyat 
yaratiladi;

o‘quvchilarning yangi mavzuni o‘zlashtirishi, misollar yechishi, insho, bayon yozish 
ishlarida, 
o‘quv materiallari bilan mustaqil tanishish, tanlash va axborot hamda 
ma
ʼ
lumotlarni tahlil etish kabi masalalarni tez bajarish uchun sharoit yaratiladi
[2]
. Oldingi 
an'anaviy dars o'tish usullarida o'quvchilar tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa, 
bugungi kunda o'quvchi zamonaviy axborot vositalari orqali ma'lumotlarni qidirish, to'plash, 
ular bilan o'zi mustaqil tanishish imkoniyatiga ega bo'lishadi. 
Endi savol, ana shu axborot texnologiyalari orqali o'quvchilarga qanday usullar 
yordamida nima
larni o'rgatish mumkin? Avvalo, o'qitish metodlar haqida, o’qitish metodlari 
ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarni yo'nalishlarini, harakatlarini belgilaydi.Bu 
metodlar o'qituvchi tomonidan bilim,malaka va ko'nikmalarini o'zlashtirishi uchun 
qo'llanadigan usullar yig'indisini o'z ichiga oladi.Usul- ma'lum o'quv materialini o'tishda 
qo'llanayotgan asosiy o'qitish metodi bilan birga ikkinchi bir o'qitish metodining ayrim 
elementlaridan foydalanib ish ko'rish.Vosita esa o'qitish metodlarini amalga oshirish uchun 
zarur bo'lgan yordamchi o'quv materiallari -asbob, qurol ,apparat va shu kabilardan 
foydalanish hisoblanadi.
[3]
Bugungi kunda zamon talabidan kelib chiqib "o'qitish usullari" 
atamasining oldiga "zamonaviy "so'zini qo'ysak maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki, o'qitish 
usullarimizni zamonaviylashtirmasak dars samaradorligi keskin tushib ketadi. Chunki, bu 
o'quvchilar va zamon talabini qoniqtirmaydi. Hozirgi o'quvchilarning aqliy rivojlanishi 
oldingilardan ko'ra kuchli, XXI asr bolalari. Shu sa
babdan, oddiy metodlar bilan o’tilsa darsga 
bo’lgan qiziqish yo’qoladi.
Hozirda "Loyihalash", " Muammoli vaziyat", "To'g'ri - noto'g'ri " , " O'z -o'zini 
baholash", "O'qib tushunish", "Aqliy hujum", "Sinkveyn", "BBB", "Fikrlar hujumi", "Beshinchisi 
ortiqcha", "6x6x6", "Bahs-munozara", "Kichik guruhlarda ishlash", "Yumaloqlangan qor", 
"Zigzag", "Oxirgi so'zni men aytay" kabi zamonaviy texnologiyalar qo'llanilmoqda. Bu 
jarayonda darsning markazida o'qituvchi emas, balki, o'quvchilar turadi. Jarayondagi 
o'qituvchining asosiy vazifasi shaxs rivojlanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit 
yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchanlik, yo'naltiruvchilik vazifasini bajaradi. 
Yuqorida keltirilgan metodlarning samarasi haqida. "O'z-o'zini baholash" metodi, 
nomidan ham bilishimiz mumkinki, o'quvchini darsda o'qituvchi emas, balki o'zini-
o’
zi 
baholaydi. Metodning foydali tomonlari shundaki, vaqtni kam oladi, bir vaqtning o'zida barcha 
o'quvchilar topshiriqlarni bajarib baholanadi. O'quvchida o'zining qanday bilimga ega 
ekanligini anglashiga yordam beradi va o'qituvchiga bo'lgan yomon munosablarga olib 
kelmaydi. O'zining xatolarini ko'zi bilan ko'rib, ularni to'g'rilashga harakat qiladi. 
"Beshinchisini top" metodi. O'quvchilarning mantiqiy tafakkur yuritish ko'nikmalariga 
ega bo'lishlarida bu metod alohida ahamiyatga ega. Uni qo'llashda quyidagilar amalga 
oshiriladi: 
-
o’rganilayotgan mavzuni ochib berishga xizmat qiluvchi tushunchalarni shakllantirish;
-hosil bo'lgan tizimdan mavzuga taalluqli bo'lgan to'rtta (beshta, oltita...) va taalluqli 
bo’lmagan bitta tushunchaning o'rin olishiga erishis
h; 
-o'quvchilarga mavzuga aloqador bo'lmagan bitta tushunchani aniqlash va tizimdan 
chiqarish topshirig'ini berish; 
-o'quvchilarni o'z harakatlari mohiyatini sharhlashga undash, ya'ni nima uchun bir so'zni 
chiqarib yubordi va qolgan so'zlar bir- biri bilan qanday mantiqiy bog'langanligini bilishi 
zarur. 


512

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   565   566   567   568   569   570   571   572   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin