Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə571/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   567   568   569   570   571   572   573   574   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

 
Foydalanilgan ad
abiyotlar ro’yxati:
 
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019
-yil 29- 
apreldagi “O‘zbekiston 
Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030
- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash 
to‘g‘risida”gi Farmoni. 
2.
Ismatova.Sh.B. "Boshlang'ich sinflarda o'qitishning zamonaviy axborot 
texnologiyalaridan foydalanish afzalliklari".- " Science and education" scientific Journal,2020. 
www.openscience.uz. 
3.
"Tarbiya" majmua. 
4.
Umarova.M.R.” Boshlang’ich ta’limda AKTdan foydalanish ahamiyati”. –” Talqin va 
tadqiqotl
ar’’il
miy jurnali,2022. 
 
 
 
 
 


513
www.
kokanduni.uz 
TALABALARNING MAFKURAVIY IMMUNITETINI MUSTAHKAMLASHNING IJTIMOIY-
PEDAGOGIK SHART- SHAROITLARI 
Z.Eraliyeva 
Qo‘qon Universiteti o‘qituvchisi 
 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada mafkuraviy tarbiyaning ijtimoiy -pedagogik asoslari 
haqi
da so‘
z yuritilgan. Maqolada talabalarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlashning 
ijtimoiy-pedagogik shart-
sharoitlari “Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati misolida o‘rganilishi 
xaqida so‘z yuritilgan.
 
Kalit so‘zlar:
profilaktika, deviant, milliy, axloqiy, buz
g‘unchi, hissiy, irodaviy, 
intellektual. “Kamolot” YIX, tarbiya, g‘oya, mafkura, terrorizm, diniy aqidaparastlik.
Bugungi kunda yosh avlodni ma’naviy sog‘
lom va barkamol etib tarbiyalashda 
ma’naviyat olamining ta’siri haqida atroflicha, yangicha fikr yurit
ish, xalqimiz yangi hayot, 
yangi jamiyat asoslarini qurayotgan sharoitda ma’naviy tarbiya sohasidagi vazifalarni aniq 
belgilab olish, yangicha tamoyil, usul va uslublar yordamida xal etish hayotiy ehtiyoj mahsuli 
sifatida qaytadan paydo bo‘lgan ijtimoiy
-pedagogik muammodir. Bu muammoni har 
tomonlama xal etish uchun har bir inson o‘zligini anglashi, qadimiy tariximiz va boy 
madaniyatimiz, ulug‘ ajdodlarimizning merosini chuqurroq o‘zlashtirilishi, bugungi tez 
o‘zgarayotgan hayot voqeligiga ongli qarab mustaqil fikrlash va diyorimizda sodir bo‘layotgan 
barcha o‘zgarishlarga nisbatan faol, daxldorlik tuyg‘usi bilan yashash zarurligini 
farzandlarimiz ongi va qalbiga bolaligidan singdirish lozim. 
“Profilaktika” so‘zi turli manbalarda turlicha ta’riflanadi. Shular
jumlasidan: 
[prophilaktikos 

saqlovchi, yunoncha]
1. Sog‘liqni saqlashga, kasalliklarning vujudga kelishi va tarqalishining oldini olishga 
yo‘naltirilg
an, aholining jismoniy takomilini yaxshilash, mehnat qobiliyatini saqlab qolish va 
uzoq umr ko‘rishini
ta’minlashga qaratilgan tadbirlar majmui. 
2. Mashina, mexanizmlarni siyqalanish va sinishdan asrashga qaratilgan choralar 
majmuini anglatadi.
3. Profilaktika 

kasallanishdan saqlash, (biror narsani) buzilishdan, aynishdan asrashga 
qaratilgan tadbirlar m
ajmui sifatida ta’riflanadi. Bizningcha, pedagogik nuqtai nazardan u 
tarbiyaning buzilish, aynishdan asrashga qaratilgan ma’rifiy, tarbiyaviy yo‘nalishdir

Profilaktikadan foydalanish milliy pedagogikamizning eng qadimgi asarlarida ham 
uchraydi. Buning nam
unalarini quyidagilarda ko‘rish mumkin: “Yomonga yaqin yurma, 
yomonning suhbati tezlik bilan uni yaramas qiliqqa o‘rgatadi”, “Kim ichkilik ichadigan bo‘ls
a, 
yaramas kishidir, agar yaramas bo‘lishni istasang, kel, ichkilik ichuvchi bo‘l” (Ahmad 
Yugnakiy. “H
ibbat
–ul haqoyiq ”, XII asr oxiri –
XIII asr boshi); “G‘ofil odam ko‘z yumib g‘aflat 
uyqusiga botadi, ey irodali mard, g‘ofil bo‘lma, hushyor bo‘l” (Yusuf
Xos Hojib. “Qutadg‘u bilig”, 
XI asr). 
Zamonaviy profilaktikaning pedagogik nazariyasi asosiy e’tiborn
i oqibatga emas, 
sababga qaratmoqda. Bu bilan u eskicha yondashuvdan farq qiladi. Eskicha yondashuv 
oqibatlar bilan qo‘rqitishga qaratilgan edi. Bu prinsi
pning samarasiz ekanligi isbotlandi. 
Hozirgi profilaktika ishi salbiy odatlarga berilishga sabab bo‘lu
vchi omillarni bartaraf qilish va 
aksincha ularga qarshi turuvchi omillar rolini kuchaytirishga qaratiladi. Shundan kelib chiqib, 
profilaktikaning asosiy vazifasi 

turli salbiy omil, muhit, da’vat, targ‘ibot xususiyatlari bilan 
belgilanadigan nobop ijtimo
iy taraqqiyot natijasi sifatida bolalar va o‘smirlarda 
jamoatchilikka yoki ayrim shaxslarga nisbatan axloqiy me’yorlarga zid bo‘lgan xatti
-
harakatlar vuju
dga kelishining oldini olishdan iboratligini e’tirof etish mumkin.


514

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   567   568   569   570   571   572   573   574   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin