Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə587/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   583   584   585   586   587   588   589   590   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


530
www.
kokanduni.uz 
“IKKI ESHIK ORASI”
 ROMANIDA QO

LLANGAN METAFORALARNING LINGVOPOETIK 
TAHLILI 
Dilnavoz Abdurahimova 
Farg

ona davlat universiteti filologiya fakulteti talabasi 
Annotatsiya
: Ushbu maqolada metafora hodisasini grammatik jihatdan tahlil qilingan, 
metafora ko
‘chimining ma’no turlari o’rganilgan hamda roman yuzasidan tahlili bayon etilgan.
Kalit so’zlar:
tasviriy vositalar, ko’chim,
o’z ma’no, belgi, semema.
Kirish. 
Tilshunoslik fanida metafora hodisasi - tilshunoslikdagi mavjud iboralarni qayta 
ko'rib chiqish jarayonida yangi ma'nolarni yaratish jarayoni sifatida ham, tayyor metaforik 
ma'no sifatida ham ko'rib chiqilgan. Bu mavzu bo'yicha keng ko'lamli adabiyotlar mavjud. 
Metaforani o'rganish bo'yicha ishlar bugungi kungacha davom etmoqda va u haqida bir 
qancha ilmiy maqolalar ham yaratilgan. Tilshunoslikda metaforani o'rganadigan turli 
yo'nalishlar 
ko'rib 
chiqiladi. 
Metafora (gr. metaphora - ko'chirish
) - nutq mexanizmi, biror leksema denotatining tashqi, 
zohiriy o'xshashligi asosida boshqa ma'noni ifodalash uchun ishatilishi. Metaforik ma'no hosil 
bo'lishi uchun quyidagidan biri sabab bo'ladi: 
1) bir so'z boshqa so'zga nisbatan so'zlovchining ifoda maqsadiga ko'proq mos va 
muvofiq bo'ladi va shuning uchun birinchisi o'rnida ikkinchisi qo'lIaniladi; 
2) biror denotatning ifodalovchisi bo'lrnaydi va ma'lum bir so'z boshqa denotatni ham 
ifodalash uchun qo'lIanadi.Demak, birinchi holda ko'chirilayotgan so'z denotatning ikkinchi 
atamasi bo'lsa, ikkinchi holda birinchi atamasidir. Masalan, (
quyi
) so'zi anglatadigan ma'noni 
(
etak
) so'zi qulayroq va to'laroq ifodalaganligi bois tog'ning quyi tomoniga nisbatan (etak) 
so'zi ishlatilgan. O

zbek tilida dengizdagi o'ziga xos jo'g'rofiy o'rinning nomi bo'lmaganligi bois 
(qo'ltiq) so'zi unga nisbatan ham qo'llanadi. Metafora hodisasi asosan, ot turkurni doirasida, 
qisman fe'lda uchraydi: Qush uchdi. Samolyot uchdi qurilmalarining ikkinchisida (uchmoq) 
fe'li ifodalagan harakat qushning havodagi qanotlarini silkitib qilgan parvoziga o’xshaydi. Shu 
boisdan (uchmoq) fe'li ifodalagan keyingi ma'no rnetaforik ma'no. Metafora hosila ma'no hosil 
qilishning keng tarqalgan usuli sifatida badiiy uslubning, nutqning eng rnuhim vositasidan 
hisoblanadi. Metaforik hosila ma'no nutqda juda ko'p uchraydi. Ammo ularning 
lisoniylashgani 
–sememaga aylangani nisbatan kam qo’llaniladi.
O
‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asarida qo’llanilgan metaforaga ko’chimiga oid 
birliklar tahlili nazariyasi 
Barcha asarlarda bo’lgani kabi O’tkir Hoshimovning ushbu asarida ham voqealarni 
tasvirlashda tasviriy vositalar orqali aytishi muhim hodisalardan biridir. Shuningdek, bu 
asarda ham ko’chimning bir qancha turlari ham qatnashgan v
a ular badiiy asarning qanchalik 
jozibadaor va go’zalligini ko’rsatib beradi. 
Xullas, uch kun avval «Moskvich»ida kelib qoldi. Yigitlar uchinchi qavatda domino o‘ynab 
o‘tirishar, shaqur
-shuqur tovushlar pastdan bemalol eshitilib turardi. Shavkat 
Qudrato
vichning rangi o‘chib ketdi...

Dezorganizatorlikka o‘zlari bosh
-
qosh bo‘ptilar shekilli, o‘rtoq Shomurodov? 
- dedi labi 
burilib. - 
Brigadirlik yuki og‘irlik qilib qoldimi? Yana indamadim. Oxiri uning toqati toq bo‘ldi.
- Til-
zabon bormi o‘zi! 
- dedi tutoqib. 

Kvartal tugayapti. Birinchi iyuldan pardozchilar 
ishga tushishi kerak. To‘rtinchi qavatni kim montaj qiladi? Tomni kim yopadi?
Ushbu parchada keltirilgan metafraga oid birliklar keltirilgan: Parchada keltirilgan 
“Shavkat Qudratovichning rangi o‘chib ketdi” birligida “rangi o’chib ketdi” iborasi orqali 
yuzaga kelgan. Buning sababi aslida rangi o’chib ketmoq bu shaxsga nisbatan emas, balki 
narsaga nisbatan ishlatiladi. Masalan; Bu kitobning rangi o’chib ketdi. Birligida o’z ma’nosida 


531

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   583   584   585   586   587   588   589   590   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin