Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə671/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   667   668   669   670   671   672   673   674   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

Kalit so‘zlar: 
ma’naviy
-
ma’rifiy, ta’lim
-tarbiy, uzviylig, madaniy qadriyatlar, meros, 
millat, yosh avlod, odob-axloq, qadriyatlar. 
Ma’lumki, tarbiyaning
umumiy ijtimoiy vazifasi 

yosh avlodda bilim, ko‘nikma, ijtimoiy 
tajriba va axloqdan iborat. Shunga 
ko‘ra, yosh avlodga tarbiya berish –
maqsadga 
yo‘naltirilgan tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish, ijtimoiy hayotda munosabatga kirishish me’yorlari 
va unga rioya 
etish talablari bo‘yicha zaruriy shart
-sharoit yaratishni nazarda tutadi. Tarixdan 
ma’lumki, o‘zbek xalqi boy ma’naviy, madaniy qadriyatlarga ega. Ana shu qadriyatlar, urf
-
odatlar, rasm-rusumlar va tarbiya usullari orqali bobolarimiz, momolarimiz farzandlarini 
odob-axloqli etib voyaga yetkazishgan. 
Jahonga Ahmad Farg‘oniy, Muhammad Xorazmiy, Imom Buxori
y, Imom Termiziy, Abu 
Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Bahouddin Naqshband, Amir Temur, 
Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur kabi buyuk
siymolarni bergan xalqning bugungi 
farzandlari chuqur bilimga ega bo‘lishi lozimligini bugun hayotning o‘zi talab qilmoqda.
Ma’lumki, Sharq mutafakkirlari merosida ta’lim
-tarbiya, xususan, oilaviy tarbiya 
masalalariga keng o‘rin berilgan. Ular bolalarni t
arbiyalashni jamiyat taqdirini, millatning 
kelajagini belgilaydigan asosiy mezon deb hisoblaganlar. Ularning pedagogik qarashlari 
zamirida ijtimoiy ideal sifatida komil inson g‘oyasi yotadi. Ular tarbiyada ijtimoiy va biologik 
tomonlarning o‘zaro munosabati haqida to‘xtalib, tarbiyada irsiyat va muhit ta’siri birdek 
ekanligi, tan va ruh sog‘lomligining birligi kabi masalalarni o‘rtaga tashlaydilar. Ularning aqliy, 
mehnat, axloqiy, estetik va jismoniy tarbiyaning birligi hamda ularni amalga oshirish yo‘llari
haqidagi va oilada bolalar tarbiyasi haqidagi fikrlari mazkur muammolarning ko‘pgina 
jihatlarini qam
rab oladi va ular muayyan tarbiyashunoslik bo‘yicha qarashlar tizimini tashkil 
etadi. Bu qarashlar o‘z davrlaridan anchagina ilgarilab ketib, bir necha asr
dan beri 
ajdodlarimiz tafakkurini boyitib, ma’naviy qadriyat sifatida bugungi kunda o‘z qiymatini 
yo‘
qotmay kelmoqda. Ular ijtimoiy va oilaviy tarbiya birligi haqidagi masalani ijobiy hal 
qilishga uringanlar, buni hozirgi zamon pedagogikasi va psixologiyas
i ham to‘la e’tirof etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston 
xalqiga 2022 yil 20 dekabrdagi Murojaatnomasida alohida ta’kidlanganidek, “Ta’lim sifatini 
oshirish 

Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu
yagona to‘g‘ri yo‘lidir. Yusuf Xos Hojib 
bobomiz aytganlaridek: “Zakovat bor joyda ulug‘lik bo‘ladi,
Bilim bor joyda buyuklik bo‘ladi”. 
Hozirgi globallashuv davrida sifatli ta’lim masalasi nafaqat muallimlar, professor
-
o‘qituvchilar, olim va mutaxassisla
rni, balki keng jamoatchilikni, hatto har bir fuqaroni befarq 
qoldirmasligi kerak. Chunki xalqining f
arovonligi va Vatani ravnaqidan ko‘ngli tog‘dek 
yuksaladigan, yurtining taqdirini o‘z taqdiri deb bilgan har bir inson bobolarining boy tarixiy 
merosiga, a
jdodlari xotirasiga cheksiz hurmat tuyg‘usi bilan yashaydi. Tarixning har bir 
lahzasini va unda kechgan voqelikni, ezgu ishlarni yodida saqlaydi va muqaddas sanaydi. 
Ma’naviy
-
ma’rifiy tarbiya uzviyligini ta’minlashda oila, ta’lim muassasalari, mahallaning 
o‘rni beqiyos. Ta’lim
-
tarbiya uchun faqat mutasaddilar mas’ul, desak, qattiq yanglishamiz. Shu 


607

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   667   668   669   670   671   672   673   674   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin