Kalit so‘zlar : Yangiliklar, islohotlar, yangicha yondashuvlar, muammo, yechim,
innovatsiya, ta’lim tizimi, ta'limda texnologiya, kredit mod
ul tizimi, taqqoslash.
Kirish. Bugun yangi O‘zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar
maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta'lim tizimidagi
o‘zgarishlar haqida to‘lqinlanib so‘zlamaslikning iloji yo'q. Mamlaka
tim
izda so‘nggi yillarda
ta'lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo'yicha amaliy
ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi. Prezidentimiz ta'kidlaganidek: “Farzandlarimiz maktabdan
qanchalik bilimli bo'lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari
shuncha tez rivojlanadi, ko'plab ijtimoiy muammolarni echish imkoni tug'iladi. Shunday ekan,
Yangi O‘zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o‘ylaymanki, butun xalqimiz bu
fikrni qo‘llab
-
quvvatlaydi”
.Xu
susan, O‘zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh
qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar
tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta'limni modernizatsiya
qilish,
ilg‘or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot
tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni
bilan tasdiqlangan
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha
rivojlantirish
Kontseptsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda. Bugungi
kunda jahondagi nufuzli oliy ta'lim muassasalari ilm-fanning yirik o'choqlari hisoblanishi hech
kimga sir emas. Hozirda yangi-
yangi oliy o‘quv yurtlari,
dunyodagi etakchi universitetlarning
filiallari tashkil etilmoqda.
Tadqiqot metodologiyasi. Biz bu tadqiqotimizda kuzatish, anonim so‘rovnoma va
intervyu usullaridan foydalanganmiz. Bu tadqiqotimizni asosan Toshkent davlat pedagogika
universitetimiz talabal
aridan olib bordim. Ulardan olgan natijalarimizni o‘rgandik va tahlil
qilib chiqdik va qolgan universitetlar bilan o‘zaro taqqoslab o‘rgandik.
Ta'limni boshqarish - bu mavjud ma'lumotlarni samarali va boshqarish orqali ta'lim
maqsadlariga erishish vo
sitasi. U o‘qitish va o‘rganish maqsadlariga erishish uchun atrof
-
muhitdagi mavjud resurslardan yetarli darajada foydalanish bilan bog‘liq. U har doim
narsalarni boshqaris
h, shuningdek, inson munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lib, asosiy tamoyillar
to‘plamiga
asoslanadi va bolalarni tarbiyalashga qaratilgan. U bir qator funktsiyalarni
bajarishi kerak: rejalashtirish, tashkil etish, yo‘nalish, motivatsiya, nazorat qilish,
muvofiqlashtirish, qaror qabul qilish va oxirgisi - hisobot. Bu butun ta'lim dasturini samarali
va konstruktiv maqsad bilan boshqaradigan maxsus faoliyatdir.