www. kokanduni.uz Vatan,
shu yurt, shu yoshlar bizniki, ertaga kelajagimiz porloq bo‘lishini istasak, bugun
harakatni boshlashimiz kerak.
“Tarbiyada tanaffus bo‘lmaydi”, deydi xalqimiz. Shu bois ma’naviy
-
ma’rifiy ishlarning
yagona tizim
ini yaratish, xususan, o‘g‘il
-qizlarni bolaligidanoq bilimli va fazilatli etib
tarbiyalash, buning uchun maktabgacha ta’lim muassasalariga uslubiy yordam ko‘rsatish
muhim. Shuningdek, maktablar, o‘rta maxsus va oliy ta’lim dargohlarida ma’naviy
-
ma’rifiy
is
hlar samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish –
davr taqazosi.
Xulosa qilib aytganda, jamiyat taraqqiy etishi uchun birinchidan, ta’lim va tarbiya
uyg‘unligini ta’minlash lozim. Bunda tarbiyaning milliy asosi bo‘lmish milliy
qadriyatlarimizd
an foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkinchidan, o‘rta va oliy ta’limda
tarbiyaga oid fanlarning o‘qitilishining uzviyligini yo‘lga qo‘yish zarur. Uchinchidan, jamiyatda
ustoz-muallimlarga ni
sbatan yuksak ehtiromni shakllantirish choralarini ko‘rish
kerak. Bu
choralar ichiga o‘qituvchi malakasini oshirish ham, ularga moddiy sharoit yaratish ham,
rag‘batlantirish ham, ularning huquq va sha’nlarini himoya qilish ham kiradi. To‘rtinchidan,
ma’naviyat va ma’rifat markazlari va ularning bo‘limlari faoliyatini ta’lim tizimi bilan
uyg‘unlashtirish lozim. Ya’ni, ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlar bo‘yicha rahbar
o‘rinbosarlari (ularni yoshlar ishlari bo‘yicha, deb atash shart emas, chunki ularning
yoshlar
bilan ishlashi o‘z
-
o‘zidan ayon) faoliyati markazlarning hududiy bo‘limlari bilan birga
muvofiqlashtirilishi lozim.
Hazrat Navoiy shunday degan ekanlar:
Menga ne yoru ne oshiq havasdur,
Agar men odam ersam, ushbu basdur.
Bu xuddi «Olim bo‘lma, odam bo‘l» degan naqlni eslatadi. Biz ham faqat olimni emas,
ham odam-
u, ham olimni tarbiyalasak, ayni muddao bo‘lar edi.