627
www.
kokanduni.uz
TA’LIM SIFATI
-
YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINI YANADA
YUKSALTIRISHNING MUHIM OMILI
Soliyeva Ruxsora
QDPI, Boshlang'ich ta'lim 3 kurs talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Yangi O‘zbekistonda professional
ta’lim
tizimi holati,
masofaviy
ta’limni
tashkil etishda mavjud muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf etish
hamda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash masalalari, ta`lim sifatini boshqarish,
rivojlantirish tendensiyalari aks ettirilgan.
Kalit so‘zlar:
ta’lim,
xalqaro standartlar, k
lassifikator, masofaviy ta’lim,
elektron
platformalar, ilmiy salohiyat.
Kirish.
Respublika iqtisodiyotining barqaror va jadal taraqqiyotini
ta’minlashda
kelajak
uchun keng qamrov
li, oqilona asoslangan ustuvor vazifalar va yo‘nalish
lar, ijtimoiyiqtisodiy
rivojlanishning reja va dasturlari ishlab chiqilmoqda. Mamlakatimizda shakllantirilayotgan,
ko‘pgina jabhalarda chuqurlashib
borayotgan
yangicha bozor munosabatlari uzluksiz ta’lim
tizimiga, shu jumladan, iqtidorli, tashabbuskor yuqori malakali kadrlar soni va salohiyatini
oshirishga xizmat qilayotgan Professional
ta’lim
muassasalari faoliyatiga ham
o‘z
ta’sirini
o‘tkazmoqda [5]. O‘zbekist
on iqtisodiyotini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash davrida
fuqarolar daromadlari, turmush darajasi va respublikada ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki
mahsulot hajmini oshirish, natijada yurtimiz mustaqilligini mustahkamlash, xalqimiz
farovonligini yuksaltirish maqsadida aholi bandligini
ta’minlash
uchun yangi ish
o‘rinlari
yaratish, mehnat sharoitlarini yaxshilash bilan birgalikda mehnat resurslari intellektual
salohiyatini oshirish vazifalari ham bugunning dolzarb ahamiyat kasb etuvchi masalalari
qatoridan o‘rin egallaydi. Hozirgi globallashuv va tezkor axborot
almashinuvi sharoitlarida
har qanday tashkilot, korxona va muassasaning zamon talablariga mos ravishda rivojlanishi
xodimlarning keng dunyoqarashi va
mas’uliyatliligi, eng muhimi,
rahbar va jamoadagi yuqori
malakali kadrlarning bilimi,
ko‘nikmasi,
iqtidori,
ma’naviyati,
boshqaruv qobiliyati, ilmiy
salohiyati va boshqa xususiyatlariga bevosita
bog‘liqdir.
Professional
ta’lim
muassasalarida
raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ulardan yurtimiz osoyishtaligi va
obodligi, xalqimiz farovonligi yo‘lida maqsadli foydalanish
qat’iy
raqobatga asoslangan bozor
iqtisodiyotining asosiy talablaridan biridir [2].
Dostları ilə paylaş: