Kokanduni uz


Tadqiqot metodologiyasi va empirik tahlil



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə693/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   689   690   691   692   693   694   695   696   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

Tadqiqot metodologiyasi va empirik tahlil. 
Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishning ustuvor 
yo‘nalishlari
hamda xalqaro standartlar talablariga mos 
keladigan professional t
a’lim
tizimini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga 
oshirilmoqda. Jumladan, 
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentabrdagi PF

5812-sonli Farmoni [1] ijrosi yuzasidan Respublikadagi kasb-hunar kollejlari faoliyati 
tugatilib, halqaro andozalarga mos 
bo‘lgan,
ya’ni
YuNESKO halqaro tasniflagichi(keyingi 
o‘
rinlarda Halqaro tasniflagich yoki MSKO)ning 3, 4, 5 darajalariga mos keluvchi professional 
ta’lim tizimi joriy etildi. Hududlarda
yangi professional 
ta’lim
muassasalarining tashkil etilishi, 
kadrlar tayyorlashning zamonaviy 
ta’lim
yo‘nalishlari
va mutaxassisliklari hamda sirtqi va 
kechki 
bo‘limlarning
ochilishi, professional 
ta’lim
muassasalariga qabul kvotalarining 
oshirilishi mazkur 
yo‘nalishdagi
muhim islohotlar hisoblanadi. Hozirgi zamon sharoitida 
professional 
ta’lim
muassasalarida 
o‘quv
jarayoni belgilangan 
o‘quv
me’yoriy
hujjatlar asosida 
amalga oshirilayotgan 
bo‘lib,
fanlar 
bo‘yicha o‘quv dasturlari hududning ijtimoiy
-iqtisodiy 
rivojlantirish dasturlari hamda ishlab chiqarish tarmoqlari ehtiyojlari asosida 
integratsiyalashtirilgan holda hamkorlikda ishlab chiqilmoqda. Halqaro andozalarga mos 
keluvchi professional ta’lim tizimida qanday muammo va kamchiliklar mavjud?
degan 


628
www.
kokanduni.uz 
savollar 
tug‘ilishi
tabiiy. Bu savollarga javob berishda muammo va yechimlarni quyidagicha 
izohlashimiz mumkin. 
Birinchidan, yaqin yillar ichida butun dunyoda inson salomatligiga salbiy 
ta’sir
etuvchi 
yuqumli kasalliklar jumladan, koronavirus infeksiyasi kabi viruslar aholi 
o‘rtasida
gigiena 
qoidalariga rioya etish, ijtimoiy masofani saqlash kabi profilaktik chora-tadbirlar 
ta’lim
muassasalarida ham 
o‘quv
jarayonini 
an’anaviy
shaklidan masofaviy 
ta’limga
o‘tishga
ehtiyoj 
tug‘ildi.
Oliy ta’lim tizimida aksariyat oliy ta’
lim muassasalarida MOODLE dasturiy 
ta’lim 
pl
atformasi asosida masofaviy ta’lim tashkil etildi. Biroq ayni shu
vaqtda professional 
ta’lim
tizimida ham 
o‘quv
jarayonini masofaviy tarzda amalga oshirishda 
“Aqlli
ta’lim”
platformalari 
mavjud emasligi sababli ijtimoiy tarmoqlar va turli xil mesendjerlar 
orqali o‘quv 
mashg‘ulotlari olib
borildi. Bu esa o‘z
navbatida ta’lim
sifatini pasayishi, nazorat tizimidagi 
muammolar, o‘quv mashg‘ulotlarga bilim oluvchilarning o‘z vaqtida qatnashmasligi,
hududlardagi internet 
tarmog‘idagi
muammolar, 
mashg‘ulot
materiallari bit- xajmi turlicha 
bo‘lgani sababli ulardan foydalanishdagi qiyinchiliklar hamda
pedagog xodimlar va bilim 
oluvchilarda ortiqcha internet trafiklari 
sarflanishi oqibatida xarajatlarning ko‘payishiga va 
buning natijasida ayrim bilim oluvchilar dars ma
shg‘ulotiga qatnashmasligi kabi ta’lim 
uzluksizligiga salbiy 
ta’sir
etuvchi muammolar kelib chiqishiga sabab 
bo‘ldi.
Misol 
o‘rnida
shuni 
ta’kidlash
lozimki, 2020 yilda birgina 
Sirg‘ali
politexnika kasb-hunar kollejida 
pandemiya sababli tashkil etilgan 
“onl
ayn 
dars”
samaradorligi 
bo‘yicha
o‘tkazilgan
so‘rovnomada
bilim oluvchilar hamda ularning ota-onalarining faqatgina 17 foizi ijobiy fikr 
bildirgan, 83 foiz so‘rovnoma ishtirokchilari
bilim sifati pasaygani haqida fikr yuritishgan. 
Vaholanki, ushbu 
ta’lim
muassasasi 
ko‘p
yillar davomida bilim berish sifati hamda reytingi 
bo‘yicha
Toshkent shahri va Respublika miqyosida yetakchi 
o‘rinlarni
egallab kelgan. 
Ikkinchidan, yangi tashkil etilgan professional ta’lim tizimida oldingi
kasb-
hunar ta’limi 
tizimidan farq
li kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim shakllari
mavjud bo‘lib, pandemiya sharoiti 
bo‘lmagan taqdirda ham sirtqi ta’lim shaklida
bilim oluvchilarning 
o‘quv
yuklamasi boshqa 
ta’lim
shakllaridan ancha farq 
qilishi ta’lim
sifatining pasayishi, bilim oluvchilarning nisbatan 
kam bilim va 
ko‘nikmalarga
ega 
bo‘lishi
kuzatiladi. Bu kabi kamchiliklarni bartaraf etishda 
sirtqi ta’lim shakli bilim oluvchilari ham masofaviy tarzda “ixtiyoriy dars
jadvali” asosida
bilim 
olishlari maqsadga muvofiqdir. 
Uchinchidan, 
“Ta’lim
to
‘g‘risida”gi
O‘zbekiston
Respublikasi Qonuniga muvofiq 
yoshlarning kasb
lar va mutaxassisliklarni egallashga bo‘lgan qiziqish
- larini 
qo‘llab
-
quvvatlash uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda professional 
ta’lim
tizimida dual 
ta’limni
tashkil etish maqsadida 
O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 
martdagi 163-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq 2021/2022 
o‘quv
yilidan 
boshlab 
professional ta’lim tizimida “hayot davomida ta’lim” prinsipi asosida “dual”
ta’lim
tizimi joriy etilishi 
ko‘rsatilgan
bo‘lib,
bilim oluvchilar xafta davomida kamida 2 kun 
ta’lim
muassasasida bilim olib qolgan ish kunlari 
o‘zlarining
kasb va mutaxasisliklari mos ravishda 
korxonalarda yoki ishlab chiqarish tarmoqlarida 
o‘zlarining
amaliy 
ko‘nikmalarini
mustahkamlashi mumkin 
bo‘lib,
korxona va tashkilotlar bilim oluvchilarga ish xaqi 
to‘lashi
nazarda tutilgan. 

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   689   690   691   692   693   694   695   696   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin