Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə712/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   708   709   710   711   712   713   714   715   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
2.Jamiyatimizning har bir a’zosi uc
hun zarur bo
‘lgan muhim nutq malakalarini, ya’ni 
o‘qish va yozish malakalarini o‘zlashtirish.
3.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilar nutq madaniyatini takomillashtirish.
Nutq o‘stirishda uch yo‘nalish aniq ajratiladi:
1)so‘z ustida ishlash;
2)so‘z birikmasi va ga
p ustida ishlash; 
3)bog‘lanishli nutq ustida ishlash.
So‘z, so‘z birikmasi va gap ustida ishlash uchun lingvistik baza bo‘lib, leksikologiya 
(frazeologiya va stilistika bilan birgalikda), morfologiya, sintaksis xizmat qiladi; bog‘lanishli 
nutq esa mantiqqa, adabiyotshunoslik va murakkab sintaktik butunlik lingvistikasiga 
asoslanadi.
Professor S.Matchonov boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini o‘stirishda aniq 
belgilangan bir qator talablarga rioya qilinishi lozimligini uqtiradi: 
1.O‘
quvchilar nutqi mazmun
dor bo‘lsin.
2.Nutqda mantiqiylik bo‘lsin.
3.Nutq aniq bo‘lsin.
4.Nutq til vositalariga boy bo‘lsin.
5.Nutq tushunarli bo‘lsin.
6.Nutq ifodali bo‘lsin.
7.Nutq to‘g‘ri bo‘lsin.
8.Nutq madaniyatli bo‘lsin.
Nutq o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishda muhim vosit
adir, ayniqsa kichik yoshdagi 
o‘quvchilarda. Nutq fikrni bayon etish vositasi bo‘libgina qolmay, uni shakllantirish quroli 
hamdir. 
Nutqiy rivojlanish jarayonini A.N.Leontev quyidagicha tavsiflaydi: “Nutqni o‘stirish va 
rivojlantirish 
jarayoni bola lug‘atining va so‘zlarning assotsiatsiya asosida bog‘lanishining 
ortishida ifodalanadigan miqdoriy o‘zgarishlar, balki sifat jihatdan o‘zgarish jarayonidir, zero 
u fikrlash va ong rivojlanishi bilan ichki bog‘langan holda so‘zning barcha funk
siyalari, 
tomonlari va 
aloqalarini qamrab oladigan haqiqiy rivojlanish jarayonidir”.
K.D.Ushinskiy bolalarni ona tilida o‘qitishning zarurligini asoslab, bolalarga ona tilini 
dastlabki o‘qitish metodikasini ishlab chiqar ekan, bolalar tilni o‘zlashtirishla
rining til bilan 
tafak
kurning o‘zaro munosabatlarini falsafiy, o‘z
-
o‘zini rivojlantirish va o‘qitishga asoslangan 
xususiyatlari va qonuniyatlari borasida o‘z fikrlarini bildiradi. 
Rossiya fanida nutq ontogenezi borasidagi tadqiqotlar L.S.Vigotskiyning madaniy-tarixiy 
nazariyasiga va A.N.Leontevning faoliyat nazariyasiga tayangan holda amalga 
oshirilgan.Natijada bolalar nutqining paydo bo‘lishi va rivojlanishi ularning atrofdagi odamlar 
bilan muloqot jarayonlarida ro‘y beradi, degan qarashlar tizimi shaklla
ndi. 
A.A.Leontev L.S.Vigotskiy va A.N.Leontevning qoidalariga tayangan holda, asosiy faoliyat 
turi sifatida qaraydigan nutqiy faoliyat shakllanishi konsepsiyasini ishlab chiqdi. Uning qayd 
etishicha, bola nutqini rivojlantirish-bu eng avvalo, muloqot usullarini rivojlantirish b
o‘lib, 
ularni o‘zlashtirish til qobiliyatini shakllantirishni talab qiladi.Nutqni egallab olishning eng 
muhim bosqichlari maktabgacha yoshga to‘g‘ri keladi.Shundan kelib chiqqan holda, hozirgi 
paytda nutqni rivojlantirishdagi ayrim bo
sqichlarni o‘rganishga
alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Olimlar nutqqacha bo‘lgan bosqich muhim rol o‘ynashini tushunib yetib, uni batafsil tahlil 
qilmoqdalar. 
K.D.Ushinskiyning ta’kidlashicha, “…bola ikki
-uch yilda shuncha narsani oson va tez 
o‘rganib oladik
i, keyin yigirma yil q
unt bilan astoydil o‘qigan taqdirda ham uning yarmini 
o‘zlashtira olmaydi”.


647

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   708   709   710   711   712   713   714   715   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin