Xushbaqova Zarnigor Javliyevna Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi, Odiljon Parpiyev “Ta’lim” kafedrasi katta o‘qituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘
quvchilarida nutqiy savodxonlikni
rivojlantirish yo‘llari va usullari ko‘rib chiqilib, nutq aspektlari keltirib o‘tilgan. Nutq faoliyati
uchun, shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini o‘stirish uchun
bir nechta shartlar
ko‘rib chiqildi va b
oshla
ng‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy savodxonlik darajasini aniqlash
hamda rivojlantirish haqida fikrlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar: rivojlantirish, kichik maktab yoshdagi bolalar, nutqiy savodxonlik,
xususiya
tlar, og‘zaki nutq, yozma nutq, audiomatn, lug‘at diktant, rasmli diktant, darslik, milliy
o‘quv dasturi.
O‘zbekiston Respu
blikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning:
“O‘
z fikrini mustaqil
ona tilida ravon,
go‘zal
va
lo‘
nda ifoda eta olmaydigan mutaxassisni bugun tushunish ham,
oqlash ham qiyin
”,
–
degan
fikrlari kichik yoshli maktab o‘quvchilarining nutqiga alohida
e’tibor bilan yondashishga chorlaydi.
O‘qu
vchila
rni o‘z
fikrlarini erkin,
to‘g‘ri
ifodalashga
o‘rgati
sh jamiyat uchun ham, psixologik va metodik jihatdan ham juda muhim b
o‘li
b,
hozirgi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
Konsepsiyada ona tilini o‘qitish orqali shu til bo‘yicha egallanadigan nutqiy faoliyatning
asosiy to‘rt turi: nutqni tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish amallari bo‘
yicha har bir
sinfda taqozo etiladigan malaka va ko‘nikmalar me’yorini rivojlantirish, bunda o‘qish hamda
mehnat jarayonida, oila va jamoat joylarida yuzaga keladigan turli nutqiy vaziyatlarda
mustaqil ravishda fikr almasha olish va fikr bayon eta bilish, eshitilgan materialni idrok etish,
shuningdek, yozma manbalarni o‘qish orqali axborot olish, voqea
-
hodisalarga o‘z
munosabatini bildirish tarzida muloqotga kirishish malakasini egallab borish dinamikasi
nazarda tutiladi.
Nutq-kishi faoliyatining turi, til
vositalari (so‘z, so‘z birikmasi, gap) asosida tafakkurni
ishga solishdir. Nutq o‘zaro aloqa va xabar funksiyasini, o‘zaro fikrni his
-hayajon bilan
ifodalash va ta’sir etish vazifasini bajaradi. Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishining akti
v
faoliyatin
ing muhim vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O‘quvchi uchun esa nutq
maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olish qurolidir.
Nutq faoliyati uchun, shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini o‘stirish uchun
bir necha shartga rioya qilish zarur:
1.K
ishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo‘lishi kerak. O‘quvchilar nutqini
o‘stirishning metodik talabi o‘quvchi o‘z fikrini, nimanidir og‘zaki yoki yozma bayon xohishi
va zaruriyatni yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi,
2.Har qanday nutqn
ing mazmuni, materiali bo‘lishi lozim. Bu material qanchalik to‘liq,
boy, qimmatli bo‘lsa, uning bayoni shunchalik mazmunli bo‘ladi.
3.Fikr tinglovchi tushunadigan so‘z, so‘z birikmasi, gap, nutq oborotlari yordamida
ifodalansagina tushunarli b
o‘ladi.Shuning uchun nutqni muvaffaqiyatli o‘stirishning uchinchi
sharti-nutqni til vositalari bilan qurollantirish hisoblanadi.
Nutqni egallashning qator aspektlari mavjud.
Bular:
1.Adabiy til normalarini o‘zlashtirish.