651
www.
kokanduni.uz
BOSHLANG’
ICH SINFLARDA INTEGRATSIYALASHGAN DARS BERISHNING
ZAMONAVIY METODLARI
Jo‘rayeva Aziza Raxmatovna
Qo‘qon universiteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalis
hi
4-kurs talabasi,
Valiyeva Nargiza Athamboyevna
Qo’qon universiteti o’qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada integratsiyaning afzalliklari, o‘quvchilarga qanday ijobiy
ta’sir etishi, boshlang‘
ich sinflarda integratsion darslarda qanday zamonaviy usullar
qo‘llanilishi haqida va bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini integratsiyalashgan ta’lim
berish ko‘nikmalarini yanada mahorat bilan o‘tishi uchun ommmalashgan hamda zamonaviy
metodlar, tex
nologiyalar haqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’zlar:
Integratsiya, integrativ dars, fanlararo aloqador
lik, ta’lim, metod, klassika,
metodika, aloqadorlik.
Inson va butun jamiyatning shakllanish, rivojlanish sharti doimo ta’lim bo‘lgan va
shunday bo‘lib qoladi. Bugungi kunda 21
-
asr ta’lim tizimi ancha murakkablashgan va
texnologiyalar rivojlangan asri desak
mubolag‘a bo‘lmaydi. Ayni damda istalgan sohamizda
y
angilik, imkoniyat, qulayliklarni ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek O‘zbekistonda ham ta’lim
sohasida islohat, innovatsiyalar amalga oshirilmoqda va qonun bilan jinsi, irqi, millati, tili,
dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e
ʼ
tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat
ʼ
iy nazar, har kimga
ta
ʼ
lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi. 2021-2022 -
o‘quv yilida ishlab chiqilgan milliy
dasturda joriy etilgan qo‘llanma pedagok xodimlar uchun bir qancha qulayliklar yaratdi. Unga
ko‘r
a, 1- va 2-
sinflarda o‘qish savodxonl
igi va ona tili fanlarining birlashtirilishi fikrimizga
dalil bo‘la oladi. Fanlarni o‘zaro integratsiyalashdan asosiy maqsad o‘quvchilarga berilayotgan
bilimlar takrorlanishining oldini olish, bir xillikka barham berishdir.
Ta’lim integratsiyasi chuqur ildizi klassik pedagogikaga borib taqaladi va o‘zaro
fanlararo bog‘liqlik, umumiylikni g‘oyasini ilgari suradi, o‘quv materiali mazmunini tahlil
qilish, shuningdek tabiat bilan uzviy bog‘liq holda yaxlit o‘rganish tushuni
lanadi.
Integratsiya darslari bugungi
o‘quvchilar uchun ayni muddao bo‘lib, ularni zamon bilan
birgalikda darslar orqali rivojlanishiga olib keladi. Ya’ni integratsiyaga oid, milliy dasturimiz
asosida tuzilgan qo‘llanma kitoblardagi har bitta mashqlar, ras
mlar, turli qizaqarli savollar
o‘quvchilarni har tomonloma chet mamlakatlar yoshlari bilan ayni boshlang‘ich sinfdan
boshlab raqobatlashaoladigan darajaga olib keladigan darsliklar tuzilgan.
Yondosh fanlarni uyg‘unlashtirish asosida tuzilgan kurslar yangi
tabiiy fanlar va ilmiy
yo‘nalishlar hosil bo‘lishiga olib keldi. Yuqoridagi fikrlarga tayanib, integratsiyani
o‘qituvchilarning turli fanlar bo‘yicha kuzatishlari va xulosalarini tasdiqlab yoki
chuqurlashtirib beruvchi yangi dalillarni topib berish manbai deb baholash mumkin.
Integratsiya fanl
arning mexanik birlashishi bo‘lmay, balki fanlararo sintez bo‘lib, alohida
tizimlarning yaqinlashishi, bog‘lanishi va yagona bir yangi narsaning yaratilishidir.
Integratsiya ta’lim maqsadi sifatida olam tizimining alohida qismlari bog‘liqligini
ko‘rsatuvch
i bilimlarni berish emas, bolani barcha elementlari bir-
biriga bog‘lik yaxlit olamni
tasavvur qilishga birinchi qadamlarida o‘rgatish kerak. Bu maqsadni boshlang‘ich maktab
amalga oshirishi kerak. Integratsiya-predmetli bilimlar chegarasida yangi tasavvurlarni qabul
qilish vositasi. Birinchi navbatda tabaqalashni bilimlar orasida bilmagan joylarni to‘ldirish,
ular orasidagi aloqalarni o‘rganish lozim.
Integratsiya -
“butun” degan ma’noni bildiradi, demak, u tafakkurning
o‘sish jarayonlari
turli qism va elementlarini bitta butunga birlashtirish, alohida tizimlarning yaqinlashishi,
|