Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
https://tatuff.uz
2.
“Boshlang’ich sinf o‘
qish savodxonligi va tarbiya darslarining integratsiyalashuv
imkoniyatlari’’. Gulmira Sodiqova 8
-
IATCHO‘ITM boshlang’ich sinf o‘qituvchisi.Boshlang’ich
ta’lim gazetasi.2021
-yil,10-son,21-bet.
3.
“Bo‘lajak boshlang’ich sinf o‘qituvchilarini fanlarni integratsiyalab o‘qitishga
tayyorlash
’’. Hayitov Anvar Isomiddin o‘g’li,TDPU tadqiqotchisi. Pedagogika ilmiy
-nazariy va
metodik jurnal. 2022- yil,3-bet.
4.
“Integratsiyalashgan darslarning samaradorligini oshirish va ta’lim prinsiplari’’.
Mavlonova.R, Raxmonqulova. N. Boshlang`ich ta`limning int egratsiyalashgan
pedagogikasi. Toshkent “O`qituvchi” 2006.
5.
“Bo‘lajak boshlang’ich sinf o‘qituvchilarini fanlarni integratsiyalab o‘qitishga
tayyorlash’’. Hayitov Anvar Isomiddin o‘g’li,TDPU tadqiqotchisi. Pedagogika ilmi
y-nazariy va
metodik jurnal. 2022- yil,4-bet.
653
www.
kokanduni.uz
O
‘
TKIR HOSHIMOV IJODIDA ONA OBRAZI
Mamadaliyeva Y.
Farg
‘
ona davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talabasi,
Shermamatova S.
Farg
‘
ona davlat universiteti, Ingliz tili va adabiyoti o
‘
qituvchisi
Annotatsiya:
Maqola har bir da
vrning adabiyotida o’zgacha ahamiyatga ega bo’lgan ona
obarzi va har bir o’quvchisini qalbiga ona siymosini sayqalallagan yozuvchi O’tkir
Hoshimovning asarlarida ona obrazi va uning ichki ruhiyati, kechinmalariga asarlarda
yoritilgan davrning ta’siri haqid
a mulohazalar yuritilgan.
Kalit so’zlar:
Ona obrazi, urush, badiiy asar, qahramon ruhiyati, davr, zamon.
Dunyodagi barcha millat-elat va xalqlarning muqaddas va m
o’tabar siymosi bu
onadir.Ona siymosi barcha xalqlarning shakllanishida,o’ziga xos betakror xu
susiyatlarini
rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir.Ona obrazi barcha xalqlarda fe’l
-atvori,ichki va
tashqi dunyosi,o’ziga xos fazilatlari va portreti bilan farqlanib turadi.O’zbek xalqiga mansub
ona siymosining badiiy adabiyotda tasvirlanishi,bu obrazni
badiiy yoritishda o’zgacha uslub
va mahorat egasi O’tkir Hoshimovdir.Ona obrazini yaratilishi va yoritilishi uning mahoratini
ko’rsatuvchi yetakchi omillardan biridir.Uning kitobxonlarga juda manzur bo’lgan ko’plab
asarlarida ona obrazi alohida ahamiyatga
ega.Misol uchun’’Ikki eshik orasi’’, ’’Dunyoning
ishlari’’,’’Tushda kechgan umrlar’’,’’ Urushning so’nggi qurboni’’,’’Odam ovozi’’,’’Nur borki,soya
bor’’,’’O’zbeklar’’, badiiy asarlaridir.
Dunyoning ishlari asari yozuvchi o’zi aytgandek asar barcha onalar
uchundir. Kitobxon
ushbu asarni o’qir ekan beixtiyor o’zining bolaligi va bolalik xotirasida o’zgacha o’rin tutgan
onajonini eslaydi. Ushbu asar o’tgan asrning j
afokash, mehnatsevar, mushfiq va munis ayolini
go’zal tarzda ifodalaydi. Uning har bir hikoyasi har qanday bag’ritosh insonni ham ko’nglini
yumshatib, ezgu hislar va xotiralarga to’ldiradi.
“Asarning yana e’tiborli jihati shundaki ,yozuvchi odamlarni onaga
bo’lgan
munosabatidan kelib chiqib kimligini qanday insonligini ko’rsatadi.Qissaning uchinchi
yo’nalishi asar qahramoni ’’Menidagi evolyutsiyasi tashkil etadi.Bu ’’Men’’ dunyoni asosan ona
timsoli orqali idrok etib ulg’aydi ,neki voqea
-
hodisa bo’lsa ona
konteksida qabul qiladi va shu
konteksdan kelib chiqib ularning bahosini beradi.Do’st xiyonati
ga uchragan qahramonning
iztirobga tushganini eslaylik.Vaziyat shu qadar og’irki,azbaroyi osmondagi oy ham
xoindek,uning nurlari xiradek,yulduzlar xoinlarcha ko’z
qisayotgandek,shamol xoinona
qiqirlayotgandek tuyuladi.Bir so’z bilan aytganda ,qahramon uchu
n dunyo zimiston uning
nazarida bu yorug’ olamda yaxshilik yo yoqimli narsaning o’zi qolmagan.Mana shunday
depressiv holatdan uni faqat onadagi bag’rikenglik,kec
hirimlilik xalos etishi mumkin.Onadagi
kechirimlilik ,bag’rikenglik o’g’ilning mushkulini osonlashtiradi.’’Dunyoning ishalari’’da kashf
qilingan ona obrazi O’tkir Hoshimovning keyingi asarlarida ham boshqa zamon va boshqa
makonlarda o’quvchining ko’z o’ngida gavdalanadi’’.Ushbu qissa ijodkorning ona obrazini
yaratishdagi eng yuqori cho’qqisi deb aytsak mubolag’a bo’lmaydi. So’zimiz dalili deb Said
Ahmadning’’Ijod va jasorat’’ maqolasidagi ushbu fikrlarni keltirsak bo’ladi:’’Dunyoning
ishlari’’
asarini qissa emas,doston deb atashni istardim.U qo’shiqday o’qiladi.Uni o’qib
turib,o’z onalarimizni o’y
lab ketamiz.Shu mushfiq,shu jafokash onalarimiz oldidagi bir umr
uzib bo’lmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi,degan bir andisha ,bir savol ko’z
oldimizda ko’ndalang turib oladi’’.Shuningdek ’’Tushda kechgan umrlar’’ asaridagi Qurbonoy
xola yuqorida keltirilgan qissadagi oyi obrazini mantiqiy davomidir.
|