www. kokanduni.uz imtixonga tayyorgarlik ko’rishlarini aytish mumkin. Ixtiyoriydan so’nggi diqqatda esa avvaliga
biror bir ki
tob yoki biror bir fan juda ham zerikarli va qiyin tuyilishi, o’qib o’rganishni
irodaviy zo’r berib davom ettirilgandan so’ng esa asta
-
sekinlik bilan qiziqish paydo bo’lib
ixtiyorsiz ravishda davom etish. Ta’lim olishda yana bir eng muhim psixik bilish jar
ayoni
borki, u xotiradir. Xotira
–
biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni
yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash, yoki xotirlash jarayonidir. Xotira ham ixtiyoriy va
ixtiyorsiz bo’ladi. Bizning xissiyotlarimiz bilan bog’liq bo’lgan voqea va hodisalar, ijobiy yoki
salbiy ta’sirlar ixtiyorsiz ravishda xotirada saqlanib qoladi. Ta’lim jarayonida esa ixtiyoriy
xotira muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lum bir kerakli bo’lgan ma’lumotlarni assotsiativ bir
-
biriga bog’lab va takrorlashlar
natijasida avvaliga qisqa muddatli va so’ng uzoq muddatli
xotirada saqlanadi. Talabalarning OTMlarida o’z yo’nalishlari bo’yicha o’z
kasblarini
mukammal tarzda o’zlashtishlari yoshlikda ushbu bilish jarayini bo’lgan xotiraning yaxshi
rivojlanganligi bilan
uzviy bog’liqdir. Olayotgan kerakli axborotlarni miyyamizda to’liq
saqlanib qolishi uchun xotira jarayonimiz faol bo’ishi talab etila
di. Xotiraning fiziologik jihati
ham borki, bunda xotiraning yaxshi bo’lishi uchun ovqat ratsionimizga ahamiyatli bo’lishi
miz
kerak. Vitaminli taomlar, jumladan, tuxum, yong’oq va baliq kabilarni muntazam iste’mol qilib
turish talab etiladi. Bilish jarayonlarini ahamiyatlilaridan yana biri bu
–
tafakkur. Tafakkur
–
inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur jarayoni
da fikr paydo bo’ladi, bu fikrlar
insonning onggida muhim tushunchalar shaklini oladi. Tafakkur nutq
–
til bilan chambarchas
bog’langan. Insonda tafakkur va nutq bo’lganligi tufayli u hayvonlardan farq qiladi va shu
sababli u ongli mavjudotdir. Tafakkur tufayli tushunchalar, hukm hamda xulosalar chiqariladi.
Biror bir voqealikka, biror fikrga avvalo tushuncha paydo bo’ladi va unga hukm c
hiqarish
uchun ma’lum bir o’rganishlar talab etiladi. O’rganishlar natijasida esa hukm undan so’ng
xulosalanadi. Tafakkurn
i rivojlantiruvchi, intellektni oshiruvchi metodikalarni qo’llash
natijasida yoshlikdan bolaning aqliy qobiliyatini oshirib borish mum
kin va bu bevosita ta’lim
olish jarayonida, talabalik davrida ham o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi.
Bundan tashqari individual xususiyatlar ham borki, ularning ham ahamiyati kattadir.
Masalan: temperament, harakter va qobiliyat. Temperament
–
lotincha ”Temperamentum”
degan so’zdan olingan bo’lib, uning ma’nosi ”aralashma” demakdir. Barcha temperamentlarni
qadimdan 4 turga b
o’lingan: Xolerik, sangvinik, flegmatik va melanxolik. Xolerik –
xissiyotning
kuchli qo’zg’aluvchanligi, barqaror bo’lishi bilan farq
qiladi. Emotsiyalar yaqqol namoyon
bo’lib turadi. Ta’lim jarayoniga yo’naltirishda va kasb tanlashda ham shunga ahamiyat b
erilsa
maqsadga muvofiq bo’ladi. Ushbu temperament vakillaridan: raqqosalar, qo’shiqchi, aktyor,
sportchilar va rahbarlar ham yaxshi yetishib chiqadi. Sangvinik
–
hissiyotning kuchli
qo’zg’aluvchanligi lekin beqaror bo’lishi bilan farq qiladi. Ushbu temper
ament vakillaridan:
ajoyib jurnalistlar, haydovchilar, uchuvchilar va shifokor, o’qituvchilar yetishib chiqishlari
mumkin. Flegmatik
–
hissiyotning juda sekin kuchsiz qo’zg’alishi va uzoq davom etmasligi
bilan farq qiladi. Shunga ko’ra ta’limga va kasbga yo’naltirish talab etiladi. Bulardan rahbarlar
yetishib chiqmasada lekin, fidoiy hodimlar, oshpaz, hisobchi, ichki ishlar hodimlari va
prokuratura hodimlari ham yetishib chiqishi mumkin. Melanxolik
–
hissiyotning sekin, lekin
kuchli qo’zg’aluvchanligi va barqaror bo’lishi bilan farq qiladi. Bunday temperament egalari:
rassomlar, xaykaltaroshlar, arxitektorlar va shoirlardir.
Harakter yun
oncha ”haraktir” degan so’zdan olingan bo’lib, ” qalqiq, chiziq” ma’nosini
anglatadi. Harakter deganda, shaxsda muhit va t
arbiya ta’siri ostida tarkib topgan va uning
irodaviy faolligida, tevarak atrofdagi olamga, o’z
-
o’ziga bo’lgan munosabatlarida bo’ladi
gan
individual xususiyatni tushuniladi. Harakterda ya’ni bolaning yoshligidan unda:
tashabbuskorlik, faollik, mehnatkashlik, fidoiylik va vijdonlilik kabi harakter xususiyatlarini
shakllantirib borilishi uning kelajakda komil inson bo’lib yetishishida o’z natijasini ko’rsatadi.