Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə729/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   725   726   727   728   729   730   731   732   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
UMUMIY O‘
RTA TA'LIM MAKTABLARIDA JORIY ETILGAN YANGI DARSLIKLARNING
AFZALLIK JIHATLARI. 
Tojikarimova Moxira Anvarjon qizi 
 
Boshlang‘ich ta’lim yo’
nalishi 1 bosqich talabasi,
Jumanova Shahnoza Ikromjonovna
Qo‘qon universiteti “Ta’lim”kafedrasi o‘qituvchisi
 
 
Annotatsiya
: Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida joriy etilgan x
alqaro 
reytinglar natijasida tuzilgan, o‘quvchilarni nafaqat ma’lumot olishlari, balki ularni mantiqiy 
va tanqidiy fikrlashga undovchi dasturlar asosida yaratilgan yangi darsliklarning afzallik 
jihatlari haqida fikr va mulohazalar berib borilgan.
Kalit s
o’zlar
: Boshlang‘ich ta’lim, o‘qish, ta’lim, dars
jarayoni, pedagogik texnologiyalar, 
yangi darsliklar, kreativlik, kengaytirilgan texnalogiyalar. 
Mamlakatimizda ta’lim sohasining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida
tashkil etish yuzasidan turli xil farmon va qarorlar qabul qilindi va bunga asosan deyarli 
barcha dastur hamda darsliklar asosiga o‘zgartirishlar kiritildi. Bunga sabab bo‘lgan eng katta 
omil bizning milliy o’quv dasturimiz xalqaro talablarga hamda chet elning ko’zga ko’ringan 
ta’l
im jarayonlari natijalariga tenglasha olmasligi edi 
Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqishga BMTning Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) va AQSh 
Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) xalqaro ekspertlari jalb qilindi, dasturning o‘zi Ta’lim 
sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida bir necha bosqichlarda muho
kamadan o’tdi 
hamda inspeksiya tomonidan Ta’lim uzluksizligini ta’minlash konsepsiyasiga kiritildi.
Darsliklarning o’zgarganlarini ketma ketlikda ko‘rib chiqadigan bo‘lsak. 
Mashqlar matn asosida tuzilgan va 
o‘quvchilarda quyidagi ko‘nikmalarni rivojlantir
ishga 
qaratilgan: O‘rganiladigan til qoidalari tizimli tarzda emas, balki matnlar asosida (matnda 
uchrashiga qarab) beriladi. Aksariyat hollarda qoidalar ixcham, ortiqcha terminologiyadan 
xoli tarzda berilad
i. Darsning asosiy o‘zagini avvalgidek grammatik 
qoida emas, balki matn 
tashkil etadi. Matnlar mavzu, uslub hamda shakl jihatdan turlicha bo’lishi mumkin. 
Darslikdagi mavzularda she’r, hikoya, dialog, topishmoqlar berilgan va bular yuzasidan savol 
va topshiriqlar kiritilgan. Mavzulardan bolalar kun tartibini tuzish, qarindoshlar nomlari va 
ismlarini ajrata olish, bayramlar, foydali sabzavot-mevalar, xotira, mehmon odobi, tabiat 
hodisalari haqidagi ko‘plab ma’lumotlarga ega bo’ladilar. Yuqoridagilar asosan o‘qish bo‘yicha 
o‘zlashtiriliadigan bilimlar hisoblanadi. Darslikda imlo qoidalari yozuv bo‘yicha ham ko‘plab 
topshiriqlar mavjud. Jumladan, x va h harflaru farqi, jarangli va jarangsiz undoshlar juftligi(b-
p, d-t, z-s,j-ch, g-k,v-
f)farqlari, ko‘chma ma’no,
tasviriy ifoda, ohangdosh so‘zlar, tinish belgil
ari 
haqidagi topshiriqlar o‘quvchilarda shu borada ko‘plab ko’nikmamarni shakllanishiga yordam 
beradi. 2-
sinf “Ona tili va oʻqish savodxonligi” kitobi jami 238 soatdan iborat, bu darslik 2 
qismdan tashkil topgan jami 12 bo
ʻ
lim berilgan. Bu kitobning, asosan, birinchi qismida milliy 
dastur bilan farqlarini ko’rish mumkin. Masalan, ikkalasida ham bo’limlar nomi bir xil, lekin 
ichidagi mavzularda farq bor, milliy dasturda 3-bolim uchun 4 ta mavzu berilgan bo
ʻ
lsa, 
darslikda 3 ta berilgan. Va ularning nomlanishi
da ham ba’zi farqlarni kuzatish mumkin. Lekin 
darslikning ikkinchi qismida bunday farqlarga duch kelmaymiz hammasi milliy dastur asosida 
tuzilgan. 
1-
sinf darsligida berilgan "Men, sen va ular", "Tabiat ne’ma
tlari", "Sog
ʻ
tanda-sog
ʻ
lom 
aql", "Til va dil", "Fan va texnologiya" bo
ʻ
limlari 2-sinf ona tili va o
ʻ
qish savodxonligi kitobida 
ham takroran berilgan. 2-
sinf ona tili va o'qish savodxonligi darsligi 2 qismdan iborat bo‘lib, 2
-
qismi 6 bo‘limni o’z ichiga oladi. Ya’ni bu 6
-7-
bo‘limlar va bo‘limdagi mavzular o‘quvchilarda 


662

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   725   726   727   728   729   730   731   732   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin