www. kokanduni.uz Turli yosh guruhlarda bolalarni tabiat bilan tanishtirishda tarbiyachi
ko’rgazmali metod- kuzatishdan keng foydalanadi. Kuzatish
–
tabiat jismlari va hodisalarning tabiiy
sharoitlarda maqsadga yo’nalgan va bevosita shu hodisalarning borishiga aralashmagan holda
sezgilar bilan qabul qila olishdir.Kuzatish murakkab bilish faoliyati bo’lib, bun
da
idrok ,
tafakkur va
nutq ishtirok etib,
diqqat talab etiladi.
Bolalarda tabiatga qiziqish bilan bir qatorda ularda ekologik tarbiyani ham rivojlantirib
borish kerak. Masalan, bolalar qo’ng’iz va kapalaklarni tutib olib, nima qilar ekan deb,
ularning qanot va oyoqlarini uzib tashlaydilar, yoki hayvonlarni, qushlarni qiynab, natijasi
nima bo’lar ekan, deb qiziqadilar. Ularga tabiatning o’zaro bog’liqligini, ularni har birni ehtiyot
qilish zarurligini, Ona tabiatni asrash kerakligini o’rgatish natijasida ham
axloqiy tarbiyani,
ham ekologik tarbiyani rivoj toptirish mumkin. ,,Tabiat bilan yaqin munosabatda bo‘lish,
kuzatuvchanlik bilan birgalikda bilishga ham qiziqishni o’rgatadi. Buning asosida taxminiy va
tekshiruvchanlik refleksi yotadi va uning nihoyatda taraqqiy etishi insonning xaraktrli
xususiyatidir”
2
, -deb hisoblaydi
I. P. Pavlov. O’quvchilar, Bu nima?, Nima uchun?, Qanday qilib? kabi savollarni berganida
bolalarni o’zlarini jalb qilib o’rgatishga erish maqsadga muvofiqdir.
O’yin metodi . Tabiatning oddiy hodisa va tasavvurlarini kengaytirish maqsadida
o’tkaziladigan kuzatishlar bilan bir qatorda xilma
-
xil o’yinlardan keng foydalanish zarur.
Boisi, bolaning 10 yil muddati o’yin faoliyatidan iborat ekanligini unutmasligimiz zarurdir.
O’yinlar natijasida b
olalar sezuvchanlik tajribasini orttiradilar, egallagan bilimlarini amalda
tadbiq qiladilar. Masalan, bolalar bilan ,,Ajoyib qopcha”, ,,Mevalar va ildizlar”, ,,Yilning to’rt
fasli”, ,,Mevalar”, ,,Barglarni terib ol” kabi didaktik, predmetli o’yinlar o’ynal
sa, bolalarda
xotira, diqqat, kuzatuvchanlikni o’sishiga yordam beradi, bolalarni yangi sharoitlardan
foydalanishga o’rgatadi, turli aqliy jarayonlarni hamda axloqiy tarbiyani faollashtiradi, lug’at
boyligini boyitadi, bolalarni jamoa bo’lib ishlashga o’rg
atadi.
Bolalar mehnatini tashkil etish shakllaridan biri navbatchilikdir. Tabiat burchagida
navbatchilik qilishni bolalar katta guruhda boshlaydilar. Mehnatning bu shakli mehnat
malakalarini shakllantirish, uning ijtimoiy sabablarini shakllantirish imkonini yaratadi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, bolalarda tabiat bilan tanishtirish metodini
shakllantirishda yuqorida sanab o’tilgan metodlardan keng qamrovda foydalanish hamda
o’quvchilarda axloqiy tarbiya, aqliy tarbiya, ekologik tarbiya, estetik ta
rbiyalarni kamol
toptirish joiz. Albatta, bu uchun sinf xonalarida tabiat burchagini tashkil qilish, o’quvchilar
bilan mavzularga oid ekskursiya sayohatlarini o’tkazib turish, didaktik o’yinlarni tez
-tez
tashkil qilish, navbatchilikni yo’lga qo’yish, tabia
tni sevish hamda uni asrash kabi
tushunchalarni singdirish kabi ta’limiy ishkarni bajarishimiz joizdir.