Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abu Rayhon Beruniy. ,,Tabiat bilan tanishish metodikasi”kitobi. O. Hasanboyeva, X.
Jabborova, Z. Nodirova.
Cho’lpon nomid
agi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2013
2.
I.P. Pavlov. ,,Tabiat bilan tanishish metodikasi”kitobi. O. Hasanboyeva, X. Jabborova,
Z. Nodirova.
Cho’lpon nomidagi nashriyot
-matbaa ijodiy uyi. 2013
3.
,, Tabiat bilan tanishish metodikasi”kitobi. O. Hasanboyeva, X. Jabbo
rova, Z. Nodirova.
Cho’lpon nomidagi nashriyot
-matbaa ijodiy uyi. 2013
672
www.
kokanduni.uz
BADIIY ADABIYOTDA “NAFRAT” SO’ZINING TURLI MA’NOLARDA QO’LLANILISHI
Umurqulov B.N., YakubovaD.T., Yoqubov X.T.
Termiz davlat universiteti
Annotatsiya:
Badiiy asarda til o’zining
insonlar orasida aloqa quroli vazifasini to’la
saqlagan holda o’zining ekspressiv funksiyasini namoyon etadi. Badiiy til umumxalq tili va
adabiy
til bilan o’zaro munosabatda bo’lsa
-da, farqli tomonlarga ham egadir. Til badiiy -
adabiyotning birinchi elementi, obraz yaratishdagi asosiy quroli sanaladi.
Kalit so’zlar:
Badiiy asar, muallif nutqi, bayonchi nutqi, yomon ko'rish, nafratlanish,
beparvolikdir.
Adabiyotshunoslikda janr va uslub eng murakkab kategoriyalardan biri hisoblanadi. Ana
shu ma’noda badiiy asar tilining ta’sirchanligi, ohangdorligi masalasini o’rganis
h
adabiyotshunioslik fanining asosiy mohiyatini tashkil etadi. Badiiy asar tili bilan shug’ullanish
XIX asrda boshlangan edi. Masalan, italyan tilshunosi Banedetto Krochening fikricha, estetik
k
ategoriyalar individual bo’lganidek, badiiy asar tili bilan bog’liq lingvistik kategoriyalar ham
individuallik kasb etadi. Chunki badiiy asar individual shaxs (yozuvchi, shoir yoki
dramaturg)ning o’z nutqiy faoliyati mahsulidir.
Badiiy asarda muallif nutq
i va bayonchi nutqi o’ziga xos xususiyatlarga egadir.
Personaj
lar nutqini tipiklashtirish va individuallashtirishning badiiy asarda o’ziga xos
mezonlari va tamoyillari mavjud. Arxaizm, neologizm, dialektizm kabi leksik vositalar,
omonim, sinonim, antonim v
a paronim singari so’zning shakl hamdama’no munosabatiga
ko’ra
turlari badiiy asarlarda muhim uslubiy funkiyalarga egadir.
Badiiy klassik adabiyotda eng ko’p tarqalgan kompozitsion tur bu rivojlanish (oshib
borish, o’sish) kompozitsiasi hisoblanadi, u bir nechta murakkab jarayonlarni o’z ichiga
oladigan komponentlardan iboratdir. Syujet ( fransuzcha - sujet predmet, mazmun ) - adabiy
asarda tasvirlangan harakatning mazmunini ifodalovchi voqealar sistemasi, aniq voqealar
tizmasida namoyon bo`ladigan harakatl
ar tarixidir. Badiiy asar tarkibida so’zlar hamda
iboralar seh
rli va maftunkor raqqosalarga o’xshaydi, degan edi mashhur rus yozuvchisi
M.Prishvin. So’zlar va iboralardagi ana shunday xususiyatni to’g’ri anglash va ularning estetik
qimmatini haqqoniy izohl
ash maqsadida “Badiiy asar tili va uslubi masalalari” tanlanma
fani
oliy o’quv yurtlari o’zbek filologiyasi fakulteti o’quv dasturiga kiritilgan.
Epistolyar adabiyotda so’z va gaplar obraz, manzara yaratishning o’ziga xos libosi,
materialidir. Talantli yoz
uvchilarning qalami sehri ostida so’zlar hayotdagi narsa va
hodisalarni inson ongida aniq tiklaydigan, gavdalantiradigan vositadir. Badiiy nutq faqat
ko’chma ma’nodagi so’zlarning qo’llanilishidan iborat matn bo’lmay, majoziy vositalar badiiy
nutqning o’zi
ga xos yordamchi vositasidir. Badiiy asarda leksik va frazeologik vositalarning
obrazlar xatti-
harakatini, ularning boshqa obrazlar bilan munosabatini ko’rsatishdagi roli
hisoblanadi . Badiiy nutq muallif nutqi, personajlar nutqi va hikoyachi bayonidan iborat
matndir. Muallif nutqi va personajlar nutqining o’zaro alo
qadorligi badiiy nutq uslubiyatining
markaziy muammolaridan biridir.
Quyida badiiy asarlarda “nafrat” haqida fikrlar keltirilgan.
1. Men seni sevaman va seni sevganim sababli, senga yolg'on gapirganim uchun ibodat
qilgandan ko'ra, haqiqatni aytganim uchun meni yomon ko'rishingni afzal ko'raman. (Pietro
Aretino)
2. Nafrat dunyoda ko'plab muammolarni keltirib chiqardi, ammo hech birining echimiga
yordam bermadi. (Mayya Anjelu)
3. Kimni yomon ko'rishni bilmasak, o'zimizdan nafratlanamiz. (Chak Palaxniuk)
|