www. kokanduni.uz MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI BO’LAJAK TARBIYACHILARINING IJTIMOIY KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH Xalilova Dilnoza Furkatovna Nizomiy nomidagi TDPU “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi o’qituvchisi. Annotatsiya: ushbu maqolada kompetensiya
haqida, bo’lajak tarbiyachilarning ijtimoiy
kompitensiyasini shakillantirish, tarbiyachi-
pedagoglarning pedagogik faoliyatiga qo‘yilgan
talablar hamda ijtimoiy kompetensiyani rivojlantirish yo’llari va usullari kelt
irilgan.
Kalit so‘zlar: kompetensiya, qobiliyat, tarbiyachi, ta'lim, ijtimoiy kompetentlik, mimika,
pedagog, malaka, xulq-atvor.
Bo‘lajak tarbiyachilarda ijtimoiy kompetensiyani shakllantirish muammosi
bugungi
kunda maktabgacha ta’lim tizimidagi islohotlarni amalga oshirilishini ta’minlash
da muhim
ahamiyat kasb etadi. Xususan, bo‘lajak tarbiyachilarda ijtimoiy kompetensiyani kamol
toptirish kelajakda maktabgach ta’lim tashkilotlarida muvaffaqiyatli faoliyat olib borishlarini
kafolatlaydi.
Kompeten
tlik inglizcha “competence” so‘zidan olingan bo‘lib “qobiliyat” ma’nosini
ifodalaydi. Kompetentlikning mazmuniga e’tibor beradigan bo‘lsak “faoliyatda nazariy
bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni
namoyon
eta olish”ni yoritishga xizmat qiladi
. Am
alga
oshirilayotgan
o‘zgarishlarning
dinamikligi, iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiy-madaniy sohani rivojlantirishdagi yangi strategik
yo‘nalishlar kasbiy
-pedagogik kadrlarni sifatli tayyorlash muammosini xolisona tarzda ilgari
surmoqda. Ta'limning maqsad va vazifalarini yangilash va o'zgartirish, yangi ta'lim
tuzilmalarini, ta'limning yangi mazmunini shakllantirish kasbiy faoliyatga tayyorlangan,
pedagogik o'zini -o'zi belgilash, o'zini-o'zi tashkil etish va o'zini-o'zi boshqarish qobiliyatiga
ega bo'lgan tarbiyachilarni o'qitishning yangi texnologiyalarini talab qiladi. Bu vazifani
bajarishda kasbiy-pedagogik ta
ʼ
lim tizimi muhim o
ʻ
rin tutadi, chunki professor-o
ʻ
qituvchilar,
eng avvalo, kasbiy ta
ʼ
lim tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga o
ʻ
tkazish missiyasini amalga
oshiradilar.
Zamonaviy maktabgacha ta'lim nazariyasi va amaliyotida umuminsoniy qadriyatlarni
aks ettirishga qaratilgan yangi mazmunning rivojlanishi munosabati bilan ijtimoiy rivojlanish
muammolari alohida ahamiyatga ega. D.I.Feldshteyn maktabgacha yoshdagi bolalarning
ijtimoiy rivojlanishi muammosini tahlil qilib, maktabgacha pedagogika va psixologiya
sohasidagi mavjud ma'lumotlar o'sish, bolaning ijtimoiy aloqalarini rivojlantirish masalalarini
etarli darajada qamrab olmasligini ta'kidlaydi. Maktabgacha ta'lim ijtimoiy mazmunni
bosqichma-bosqich to'plashga, ijtimoiy harakat sub'ekti sifatida o'sib borayotgan shaxsni
shakllantirishga e'tibor qaratmasdan, faqat ijtimoiy normalarni o'zlashtirish bilan cheklanadi
[1]. Ijtimoiylashtirish bolalarga harakatlarni, baholashni, munosabatlarni erkin tanlash uchun
joy berish va xavfsizlik hissini ta'minlashni o'z ichiga oladi, bu asosan u bilan hamkorlik
qiladigan kattalarning shaxsiyati bilan belgilanadi.
Binobarin,
pedagogning
ijtimoiy
kompetensiyasi pedagogik faoliyatning o`ziga xos xususiyatlaridan biri bo`lib, zamonaviy
sharoitda yangicha mazmun kasb etmoqda. Shu bois pedagogning, shu jumladan bo’lajak
tarbiyachining kasbiy mahoratini oshirish, milliy qadriyatlarga, milliy-
madaniy an’analarga
da’vat etish, o‘z
-
o‘zi va ijtimoiy voqelik bilan mutanosib munosabatlar o‘rnatishga bo‘lgan
ehtiyoj ortib bormoqda [3].
Pedagoglarning ijtimoiy-pedagogik kompetentsiya darajasini oshirish, o'z-o'zini
rivojlantirish jarayonini faollashtirish va maktabgacha ta'limning yangi sifatiga erishish