Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə830/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   826   827   828   829   830   831   832   833   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

Tadqiqot metodologiyasi. 
Maktabgacha katta yoshdagi biallarda son-sanoq elementar 
matematikani asosiy o‘zagi bo‘lib, bola
larda son-sanoq haqidagi bilimlarini shakllantirish 
sanashga 
o‘rgatish 
maktabning 
boshlang‘ich 
sinflarda 
matematikani 
yaxshi 
o‘zlashtirishlarining asosidir.
Katta guruhlar uchun son-
sanoqqa o‘rgatish vazifalari quyidagicha belgilangan:
1. 1 dan -10 gacha
sonlarining hosil bo‘lishi bilan tanishtirish.
2. 10 soni ichida bittalab va tartib bilan sanashga o‘rgatish.
3. 10 gacha bo‘lgan sonlar yozuvi bilan tanishtirish va taqqoslashni da
vom ettirish. 
4. 10 tagacha bo‘lgan sonlarning nomlarini, yozuvlarini farqlash va ayirishni o‘rgatish.
5. Yonma-
yon turgan sonlar orasidagi munosabatlarni tushunishga o‘rgatish.


756
www.
kokanduni.uz 
6. 10 tagacha bo‘lgan predmetlarni to‘g‘
ri va teskari tartibda sanash malakalarini 
mustahkamalsh. 
7. 6,7,8,…10 sonlarining ayrim birikmalardan iborat tar
kibi bilan tanishtirish. 
8. Arifmetik masala tuzilishi bilan tanishtirish. 
Katta guruhda bolalarni sanoqqa o‘rgatish davom ettiriladi. 10 ichid
a miqdor sonlarni 
ham, tartib sonlarni ham ishlatish malakasi mustahkamlanadi. Bolani “Qanday?” (buyumning 
sifati
, alomati haqida: yashil, katta, dumaloq); “Qancha?” (buyumning miqdori haqida); 
“Nechanchi?” (buyumning boshqa buyumlar orasidagi o‘rni tartib
son bilan aniqlanadi
masalan, beshinchi) kabi savollarni farq qilgan (differensial) holda tushunishga o‘rgatish
muhimdir. Bolalarda sonlar orasidagi bog‘lanishlarni shakllantirish davom ettiriladi: har bir 
keyingi son oldingisidan katta, oldingisi keyingisidan kichik. Shu asosda yonma-yon turgan 
sonlar orasidagi munosabatlar haqidagi tasavvurlar o‘zlashtiriladi: ha
r bir keyingi son 
oldingisidan bitta ortiq, har bir oldingi son esa keyingisidan 1 ta kichik. (5, 6 dan 1 ta kichik, 6, 
5 dan 1 ta katta, 6, 7 dan.1 ta kichik). Bolalar bir son ikkinchisidan 1 ta kichik (yo katta) 
ekanini o‘zlashtirganlaridan keyin, ularga
agar kichik songa 1 ni qo‘shilsa, keyingi katta son 
hosil bo‘lishini, agar katta sonni 1 ta kamaytirilsa, kichik, ya’ni oldingi son hosil bo‘l
ishi 
tushuntirib beriladi. Sonlar orasidagi bog‘lanish va munosabatlarning hammasi buyumlar 
guruhlarini taqqoslash asosida tushuntiriladi. Bunday mashqlar jarayonida tarbiyachi 
“qancha edi?”, “qancha qo‘shishdi (ayirishdi)?”, “qancha bo‘ldi (qancha)?” kabi
savollardan 
foydalanadi. 
Katta guruhda bolalarga har bir son o‘z ichiga ma’lum sondagi birliklarni olishi haqida
bilim berish zarur. 5 ichidagi sonlarning birliklardan iborat tarkibi haqidagi tasavvurlar ham 
aniq misollarda shakllantiriladi. 
Bolalar buyum
lar guruhlarini, ularning belgilari, sifati bo‘yicha tahlil qilishga, so‘ngra 
sonning birliklarini aytishga o‘rga
tiladi. Masalan, tarbiyachi stol ustiga har xil rangdagi 4 ta 
kubchani qo‘yib, kublar nechta?; qanday rangdagisi nechta?, deb so‘raydi. Oxirgi 
savol 
buyumlar miqdorini ularning ranglari bo‘yicha tahlil qilishga yo‘naltiradi: “Qaysi rang.dan 
nechta?” –
“1 ta qizil, 1 ta ko‘k, 1 ta sariq, 1 ta yashil”. –
“Hammasichi?” –
“Hammasi 4 ta kub” –
Demak, 4 

bu 1, 1, 1 va 1. Shundan keyin yana bolalardan 
sonning birliklarini, so‘ngra 
sonning o‘zini aytish so‘raladi (1,1,1 va 1 –
bu 4). 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni matematik tasavvurlarni shakillantirishda 
buyumlar haqidagi har xil bilimlaridan, ularni differensiallash yoki guruhlarga birlashtirish
alohida alomatlari bo‘yicha umumlashtirish malakalaridan foydalanish kerak. Masalan, 
hammasi bo‘lib 5 ta o‘yinchoq bor. “Qancha?” –
“1 ta quyon, 1 ta ayiqcha, 1 ta ayiq, 1 ta 
qo‘g‘irchoq, 1 ta tulki”.–
“Demak, 5 –
bu 1, 1, 1, 1, va 1”. Bolada butun miqdorini ko‘rish va uni 
aytish, sonning birliklarini (sonni tuzuvchi har qaysi birlikni) aytish, ularni birlashtirib, bir 
son bilan aytish malakasi shundan shakllantiriladi. 
Bolalar olgan bilimlarini har xil topshiriqlar yordamida mustahkamlashi kerak. Masalan, 
tarbiyachi sonli kartochka ko‘rsatadi va bolalarga buyumlarni, sonda nechta birlik borligi 
ko‘rinnb turadigan
qilib joylashtirishni taklif qiladi. Yoki u 3 ta doirachali, sonli kartochkani 
ko‘rsatadi, bolalar esa doira, uchburchak va kvadratni qo‘yadil
ar. Bolalardan 3 ta shaklni nega 
ajratib sanaganini, u qaysi shakllarni ajratib qo‘yganini (1 ta doira, 1 ta uchb
urchak, 1 ta 
kvadrat), 3 sonida nechta birlik borligini so‘rash mumkin. Shunday qilib, tarbiyachi bolalarni 
natural sonlarning hosil bo‘lishi b
ilan tanishtiradi: sonni bir birlik orttirish yoki kamaytirishga 
qarab, katta yoki kichik son hosil bo‘ladi.

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   826   827   828   829   830   831   832   833   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin