Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə838/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   834   835   836   837   838   839   840   841   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

 
 
M.Ubaydullayeva
Qo’qon universiteti
 talabasi,
N.Q.Abidova 
Qo‘qon
 universiteti dotsenti 
Pedagogika fanlari boyicha falsafa doktori (PhD) 
 
Annotatsiya: 
Maqolada
 
aqli zaif bolalarni jamiyatga va maxsus ehtiyojli bolalar uchun 
imkoniyatlar haqida yoritilgan. Jamiyatda Imkoniyati cheklangan bolalarga nisbatan yanglish 
fikr va munosabatlar bildirilgan.
Kalit 
so‘zlar:
aqli zaif bolalar, integratsiya, reabilitatsiya, funksional, huquq, uzviylik, 
fikr, diqqat, korreksiya
 
Psixologo-pedagogik tashxis nuqsoning ifodalanish darajasini murakkablashtiruvchi 
yetakchi nuqsonlarni rivojlanishini aniqlab, ularga kerakli korreksion pedagogik ishga 
diqqatni qaratadi. Agar tekshiruv 
bolani maktabga borishidan oldin о‘tkazilsa, unda bolaning 
qaysi maktabga maxsus korreksion yoki umumta’lim maktabiga tayyorgarligi aniqlanadi.
Psixodiagnostika bola rivojlanishining nuqsonlarni va uning о‘ziga xos psixologo
-
pedagogik xususiyatlarini aniqlaydi. Boladagi ushbu xususiyatlarni bilish bolaning 
imkoniyatlariga mos maktabgacha va maktab ta’lim dasturini, ta’li muassasining turini, 
individual tibbiy psixologo-pedagogik dasturni ishlab chiqishga yordam beradi. 
Aqli zaiflik deganda bosh miyaning erta jarohatlanishi yoki organik rivojlanmaganlik 
bilan bog‘liq bо‘lgan ruhiy va birinchi navbatda aqliy buzilishni tushunish kerak. Og‘ir 
darajadagi aqli zaif bolalar umuman maktab bilimlarini va malakalarini egallay olish 
qobiliyatiga ega emaslar. 
Aqli zaiflikning klinik-
psixologik kо‘rinishida asosiy buzilishi bо‘lib bilish faoliyatining 
yaqqol yetishmasligi xisoblanadi. U ongning pastligi, umumlashtirish jarayonining 
shakllanmaganligi, psixik jarayonning marg‘un bо‘lmaganligi, xotiraning yetarli bо‘lmasli
gi, 
diqqat va boshqa qator funksiyalardagi kamchiliklar borligi bilan xarakterlidir. 
Aqli zaiflik uchun nutqning rivojlanmaganligi xarakterlidir. Aqli zaiflik turli etiologiyaga 
ega, u markaziy nerv sistemasining genetik jaroxatlanis
hi, ichki patogen ta’sirlar, tug‘ruq 
paytidagi jarohatlar, asfiksiya, infeksiyaning bola miyasiga ta’siri, intoksikatsiya, jarohat va 
boshqalar bilan belgilanadi. Aytilganlardan kelib chiqqan holda aqli zaiflikka og‘ir pedagogik 
qarovsizlikni kirgizish mumkin emas. Chunki uning 
kо‘rinishlari yuqorida kо‘rsatilgan 
mezonlarga о‘xshab aqli zaiflikka olib kelmaydi (aqliy nuqsonning mavjudligi, bilish 
qobiliyatining pasayishi, aqliy funksiyalarning organik yetishmasligi hamda rivojlanishning 
biologik etiologiyasi). 
Aqli zaif deganda bosh miyaning organik jihatdan jarohatlanishi natijasida psixik, 
birinchi navbatda intellektual rivojlanishning turg‘un pasayishi tushuniladi. Aqli zaif bolalar 
umumta’lim maktablari dasturini о‘zlashtirishga qodir bо‘lmaydilar.
Og‘ir darajadagi aqli zaif bolalar maktabda bilim va kо‘nikmalarni о‘zlashtirib 
ololmaydilar. 
Aqli zaiflikning klinik-
psixologik kо‘rinishida yetakchi nuqson bilish faoliyatining 
rivojlanmay qolganligidir. Bilish faoliyatining pasayganligi fikrlash operatsiyalari, psixik 
jarayonlarni
ng sur’ati, harakatchanligining buzilishi, diqqat, xotira va bir qator pо‘stloq 
funksiyalarning rivojlanmay qolganligida namoyon bо‘ladi.
Aqli zaiflikning etiologiyasi turlichadir. Aqli zaiflik homilaning ona qornidaligida, 
tug‘ilishda yoki ilk rivojlanish
davrida markaziy nerv tizimining genetik buzilishlari, 
jarohatlar, asfiksiya, infeksiyalar, intoksikatsiyalar oqibatida kelib chiqadi. 


765

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   834   835   836   837   838   839   840   841   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin