Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə839/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   835   836   837   838   839   840   841   842   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
Aqli zaiflikning asosiy formalarini klinik tavsifi jarohatning patogenezi, salbiy ta’sirning 
vaqti bilan chambarchas bog
‘liqdir.
Ontogenezning ilk bosqichlarida markaziy nerv tizimining jarohatlanishida (1,5-2 
yoshgacha) birinchi navbatda pо‘stloq tizimining shakllanishiga zarar yetadi. 
Jarohatlanishning morfologik kо‘rinishda va psixik nuqsonning klinik namoyon bо‘lishida 
rivojlanm
ay qolish ustun bо‘ladi. Bunday hollarda oligofreniyalarning turli variantlari haqida 
gapirish mumkin. 
Kattaroq yoshda, ya’ni bosh miyaning pо‘stloq tizimining nisbatan yetilganroq davrida 
yuz bergan salbiy ta’sir natijasidagi nerv tizimining mor
fologik v
a klinik kо‘rinishda 
demensiyaning turli kо‘rinishlari ustunlik qiladi.
Tekshirish metodlarining takomillashib borishi munosabati bilan nerv sistemasining 
genetik jarohatlanishi sabablariga katta ahamiyat berib kelinmoqda va aqli zaiflikning kelib 
chiqishi
dagi kо‘p hollar ana shu sabablarga bog‘liq deb kо‘rsatilmoqda.
Aqli zai
flikning genetik formasiga xromosomalarning turli buzilishlari bilan bog‘liq 
oligofreniya kiradi. Bunda xujayradagi xromosomalarning sonini 
о‘zgarishi
, mozaik shaklda 
b
о‘lishi (ba’zi x
ujayralarda xromosomalar sonini 
о‘zgarishi
, xromosomalarning tuzilishini 
buzilishi-xromosomalarning bir qismining y
о‘qolishi deletsiya), bir xromosomaning qismini 
boshqasiga q
о‘shilishi (translokatsiya), xromosoma formasining о‘zgarishlari kuzatiladi.
Xromosomalar buzilishining sabablari turlicha b
о‘lib, ular tо‘liq aniqlanmag
an. Bularga 
xususan ota-onalarning generativ xujayralarining t
о‘la rivojlanmaganligi (xromosomalar 
qatorining not
о‘g‘ri bо‘lishi, yosh о‘tgan sari ularning «qarishi», kimyoviy moddalar
bilan 
zararlanishi, surunkali kasalliklar, radiatsiya) kiradi. Ota-onalar jinsiy xujayralarining 
rivojlanmay qolishida, xujayralarning b
о‘linishi jarayonida xromosomalarning ajralishi 
buziladi va turli variantdagi xromosomalarning buzilishi kelib chiqadi. 
Genetik sabablarga k
о‘ra oligofreniyaning ikkinchi guruh enzimolatiya
-turli 
fermentlarning tug‘ma rivojlanmay qolganligi tufayli moddalar almashinuvining buzilishi 
natijasida kelib chiqadi. 
Hozirgi vaqtda genetik sabablarga k
о‘ra moddalar almashinuvining 
buzilishi natijasida 
kelib chiqadigan aqli zaiflik (fenilketonuriya, galaktozemiya, gistidinamiya, gistinuriya, 
tirozimeniya, fruktozuriya va boshqalar) k
о‘p kuzatilmoqda. Eng kо‘p fenilketonuriya 
uchraydi. Bu kasalliklarda ma’lum bir fermentning tug‘ma yо‘q bо‘lishi organizmda zaharli 
moddalarni yig‘ilishiga olib keladi (fenilalanin, gistidin, arginin, leysin) va bolalarning miyasi 
zaxarlanadi. Bunday buzilishlar bilan oligofreniyaning bir qator og‘ir formalarini kelib 
chiqishi bog‘liqdir. Ularning patogen
ezini yoritish davolashning samarali y
о‘llarini topishga 
yordam beradi. 
Oligofreniyaning kelib chiqishida poligen turdagi irsiyatga ham alohida ahamiyat 
beriladi. Bunda avlodda ota-onalardan 
о‘tgan patologik irsiy omillarning tо‘planishi yuz 
beradi. 
Oligofreniyaning ekzogen formasiga shunday holatlar kiritiladiki, bunda nerv tizimining 
rivojlanmay qolishga homilalik davrida bolaning miyasiga tashqi salbiy 
ta’sirlar sabab bо‘ladi.
Bularga embrionlik, homilalik davrida turli surunkali (toksoplazmoz, sifilis va boshqalar) 
va 
о‘tkir (onaning homiladorlik vaqtida qizilcha, gripp, epidemik parotit, infeksiyali gepatit, 
toshma chechak va boshqalar) yuqumli kasalliklarning ta’siri natijasida kelib chiqadigan 
oligofreniyaning formalari kiritiladi. Ona organizmining alkogol, kimyoviy moddalar, 
shuningdek ba’zi dori
- darmonlar (antibiotiklar, sulfanilamidlar, barbituratlar, xinin, 
gormonlar va hokazo) bilan zaharlanishi ham oligofreniyaning kelib chiqishiga sabab b
о‘ladi. 
Radiaktiv va rentgendan nurlanish ham homilaga va ota-onalarning hujayralariga patogen 
tarzda ta’sir kо‘rsatadi. Onadagi turli endokrin kasalliklar ham (diabet, qalqon, bezlarining, 


766

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   835   836   837   838   839   840   841   842   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin