Kirish. Har bir davlatning istiqboli ta’lim darajasi va sifati bilan belgilanadi. O‘zbeki
ston
Respublikasida bolalarni ilk yoshidanoq sifatli ta’lim
-tarbiya bilan qamrab olish va ularni
jamiyatga ijtimoiylashtirish masala
lariga katta e’tibor qaratilayotgani zamonamizning dolzarb
masalasidir.
Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish va takomillashtirish, maktabgacha ta’lim
tashkilotlarini davlat tomonidan boshqarishning samarali tizimini yaratish hamda uning
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida so
ʻnggi yilda qabul qilingan qat’iy chora
-
tadbirlar natijasida Maktabgacha va maktab
ta’limi vazirligi va uning joylardagi hududiy
bo
ʻ
linmalari tashkil qilindi.[1]
Davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim tizimining ilk poydevori
qo‘yiladigan maktabgacha ta’lim sohasini yangi pog‘onaga olib chiqish, bolalarning iqtidori
hamda salohiyatini ilk
yoshlardanoq to‘g‘ri yo‘naltirish borasida juda ko‘p tashabbuslar
hayotga tatbiq etilmoqda va bu sa’y
-
harakatlar bolalar ta’lim
-
tarbiyasida o‘zining ijobiy
natijasini bermoqda.
Maktabgacha yoshdan bolalarda matematik bilimlarning yetarli bo
ʻ
lishiga katta
ahamiyat berish muhimdir. Chunki, inson hayoti davomida matematik hisob-kitoblarga tez-
tez duch keladi, ya’ni matematik bilimlar har qadamda kerak boʻ
ladi. Agar biz maktabgacha
yoshdan boshlab bolalarni matematika olamiga turli qiziqarli usullardan foydalangan holda
qiziqtira olsak, matematik bilimlar bilan yetarli darajada qurollantirsak, ular maktabda barcha
bilimlarni o‘zlashtirishda a’lo baholarga oʻ
qib, yuqori natijalarga erishadilar, hayoti davomida
xalqimiz uchun foydali kasbni tanlash va chuqur egallashda qiynalmaydilar. Chunki qaysi
kasbni olmaylik uni mahorat bilan bajarishga albatta matematik bilimlar kerak bo
ʻ
ladi. Shu
sababli turli ta’limiy usullar, qiziqarli she’rlar, topishmoqlar orqali bolalarning yoshiga mos
matematik bilimlar berib borishga katta ahamiyat berish muhimdir.
Ilk matematik tushunchalarning qanchalik aniq va mukammal bo
ʻ
lishi, bolalarda
mantiqiy fikrlash, xulosa chiqarish jarayonlarining kuchli bo
ʻlishini ta’minlaydi. Ya’ni
matematika bolalarni mantiqiy fikrlashga-to
ʻ
g
ʻ
ri fikrlash, to
ʻ
g
ʻ
ri fikrlardan to
ʻ
g
ʻ
ri xulosalar