Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə896/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   892   893   894   895   896   897   898   899   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
Jabrlanuvchilarning jismoniy sog‘lig‘iga ta'
siri (jabrlanganlarning ta'lim faoliyati va 
ruxsatnomalarini rad etish, vazifalarni ortiqcha yuklash, jismoniy mashaqqatli vazifalarni 
belgilash, jismoniy zo‘ravonlik va zarar etkazish tahdidi).
Mobbing va shunga oid bo‘lgan hodisalar har bir davrda o‘ziga
xos ko‘rinishda bo‘lgan. 
Buning isboti sifatida o‘sha davrga oid badiiy adabiyotlarda ham ko‘rish mumkin. Ya’ni ayni 
davr va zamon ijtimoiy holati, atrof muhitdagi bo‘layotgan jarayonlardan kelib chiqib yozilgan 
asarlardagi ma’lum hodisa va holatlarda mo
bbing, psixik yoki jismoniy tajovuz, shuningdek 
turli ko‘rinishdagi mobbingni insonning hayot
faoliyatiga ta’siri bayon etilgan. 
Xulosa:
Mobbing ko‘p muammoli mavzu bo‘lib, uni psixologik, iqtisodiy, ijtimoiy va 
huquqiy fanlar nuqtai nazaridan baholash va shunga mos ravishda hal qilish kerak. Noqulay 
mehnat sharoitlarining oldini olish kerak. Ruh
iy salomatligi bilan bog‘liq muammolar bo‘lgan 
jabrlanuvchilar qo‘llab
-
quvvatlovchi qo‘llanmalar bilan ta'minlanishi, o‘ziga ishonchini tiklash 
va yuridik yordam o
lish bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lishda yordam berish kerak. Aksariyat 
mobbing qurbonlarining 
psixikasi jiddiy lat yeydi va ular o‘zini hayotda hech qachon to‘liq 
o‘nglab ololmaydi.
Mobbingni to‘liq yo‘q qilish imkonsiz, bu jamiyatda doimo u yoki bu shaklda
davom 
etav
eradigan hodisa. Ammo uning ta’sirini kamaytirish, yoxud oldini olish mumkin. Mobb
ing 
ta’sirini kamaytirish va unga ma’lum bir darajada qarshi kurashish uchun ijobiy psixologiyani 
o‘rganish zarur,aytib o‘tish kerakki ijobiy psixologiya insondagi
patologiya va muammolarni 
emas, ko‘proq insonlarning nekbinligi va bardoshliligini qanday saqlab qolishini o‘rganadigan 
fandir. 
Har qanday insonni yoshlikdan uch narsa shakllantiradi: genotipi, atrof-muhit va 
insonning hodisaga ichki munosabati. Mana shu ichki yondashuv hayotda eng muhim va hal 
etuvchidir. Agar insonda o‘zining ichki munosabati shakllanmagan bo‘lsa, uning bulling 
qurboni yoki agressorga aylanib ketishi yengil kechadi. 
Meditatsiya (yoki namoz), sport, 
yaxshi uyqu, yaqinlar bilan ko‘proq mul
oqot insonning 
mobbingga bardoshliligini oshiradi. Inson o‘z qadr
-qimmatini atrofdagi insonla
rning o‘lchami, 
qarashi bilan emas, o‘zining ichki dunyosining o‘lchami bilan o‘lchasi lozim.
Maqsadlarni to‘g‘ri qo‘yish va ularga erishish yo‘llarini o‘rganish
va qo‘llay
bilishi kerak. 
Foydali va doimiy ravishda qaytariladigan odatlar ham inson farovonligi uchun muhim 
ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   892   893   894   895   896   897   898   899   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin