•
aksariyat pedagoglarning sohaviy bilim, malakalari talab darajasida emasligi bois
ular tarbiyalanuvchilarning nutqidagi nuqsonlarni bartaraf etish usul va vositalari bilan
yetarli darajada tanish emaslar;
•
surdopedagog va tarbiyachi faoliyatida uzviy aloqa mavjud emas;
•
sohaga oid maxsus metodik adabiyotlar va ovozni kuchaytirib beruvchi asboblar
(OKA) juda oz;
•
pedagoglar zaif eshituvchi bolalar nutqining rivojlanishida va ular shaxsining
shakllanishida oila bilan hamkorlik ish
larini amalga oshirish yo‘l
larini bilmaydilar;
•
aksariyat ota-
onalarda farzandlarining so‘zlashuv nutqini egallashini istashlari
kuzatilsada, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish muassasaning zimmasida deb
hisoblaydilar;
•
ota-onalar tarbiya jarayonida barcha kuch va vaqtlarini bolaning eshitish qobiliyatini
tiklash uchun sarflaganlar;
•
ota-
onalar bola nutqining rivojlanishi va shaxsining shakllanishida asosiy o‘rinni
muassasa hamda oila hamkorligi egallashini tushunmaydilar;
•
ota-onalar farzandlari bilan ish olib borishlari imkonini beruvchi zaruriy metodik
adabiyotlar va nutqni rivojlantiruvchi o‘yinlar yetishmasligini qayd etadilar.
Muassasada tashkil etiluvchi korreksion-rivojlantiruvchi ishlarning maqsadi
tarbiyalanuvchilarning nutqiy va umumiy rivojlanishini, mazmuni esa jarayonning keng
qamrovligini e’tiborga olgan holda belgilab olinishini nazarda tutishi, bu borada
samaradorlikka erishish maqsadiga qaratilgan ыuyidagi yo‘nalishlarda ishlarni tashkil etilishi
taqozo etiladi: surdopedagog va tarbiyachilarning kasbiy salohiyatlarini oshirishga qaratilgan
ish shakllari hamda ota-
onalarga farzandlari bilan shug‘ullanishlarida tavsiya, yordam, yo‘l
-
yo‘riqlar ko‘rsatish, maslahatlar berish, seminar
-
treninglar o‘tkazish.
1-
yo‘nalishdagi ishlarni o‘
rganish ularning zaif eshituvchi bolalarga
pedagogik ta’sir
ko‘rsatish tadbirlaridan voqif emasliklari, bu ishlarni tashkil etishda o‘ta qiyinchiliklarga duch