www. kokanduni.uz KIMYO FANINI O‘QITISHDA VIRTUAL LABORATORIYADAN FOYDALANISHNING O‘RNI Axmadjonova Yorqinoy Tojimurodovna, Ahmadjonova Umida Tojimurodovna Jizzax Politexnika instituti Annotasiya. Maqolada kimyo fanini o’qitishda qo‘llaniladigan virtual laboratoriyani
ta’lim jarayoniga qo’llash to’g’risida ma’
lumotlar keltirilgan.
Virtual ta’limning asosiy maqsadi,
insonning rеal borliqda tutgan o‘rnining tub mohiyatini anglab yеtishdagi
-uning virtual va
boshqa imkoniyatlari uyg‘unligini ta’minlashdan iboratdir. Virtual ta’lim nafaqat masofaviy
tеlеkommunikatsiyagagina xos jihat bo‘lib qolmasdan, balki ta’limning barcha, jumladan,
kunduzgi shakllarida o‘qituvchi, talaba(o‘quvchi), o‘rganilayotgan ob’yеktlarning o‘zaro
munosabatlarida namoyon bo‘lish xususiyatiga ega. Virtual laboratoriyalarda foydalanish
kimyo t
a’limda (masofaviy o’qitish) imkoniyatlarini kеngaytirishga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar. kimyo,
virtual laboratoriya, masofaviy o’qitish,
interfaol vositalar
Bugungi kunda, zamon talabiga javob beruvchi y
е
tuk mutaxassis tayyorlash uchun
o‘quv
-tarbiyaviy jarayonlarini zamon talablariga mos holda tashkil etish va boshqarish
ta’limdagi dolzarb masala hisoblanadi. Oliy o‘quv yurtlari kimyo ta’limida talabalarni o‘quv
fani asoslari bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniyatlar, nazariyalar, tushunchalar va atamalar bila
n
tanishtirish bilan b
ir qatorda bo‘lg‘usi yutuk mutaxassis barkamolligini ta’minlash, ta’lim
jarayoni samarasini oshirish maqsadida juda ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Chunki, egallangan bilimlarni amaliyotga joriy qilish masalasida haligacha kamchiliklar
mavjud.
Ma’lumki, fan va texnika jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan bugungi kunda ko‘plab
ilmiy bilimlar, tushuncha va tasavvurlar hajmi keskin ortib bormoqda. Oliy o‘quv yurtlari
ta’lim jarayonida interfaol vositalarni qo‘llash oddiylikni
kasb etgani holda (o‘
quv
mashg‘ulotlarida kompyuter texnikasi va dasturiy ta’minotini qo‘llash) masofaviy ta’lim
uchun ham katta imkoniyatlarni ochib bermoqda.
Hozirgi kunda internetning rivojlanib borishi, respublikamizning har nuqtalariga yеtib
borishi
undan foydalanuvchilarga uydan chiqmasdan turib o‘zaro muloqot qilish, kerakli
axborotlarni tezlik bilan qabul qilish yoki jo‘natish, o‘quv yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumotlarni
egallab olishga katta imkoniyatlarni taqdim qilmoqda. Agar internetni axborot
texnologiyasining asosiy vositalaridan biri sifatida qarasak, u orqali masofaviy ta’limni olib
borish muammosi keng ma’noda hal etilmoqda. Buning natijasida so‘ng
gi vaqtlarda kimyo,
biologiya, fizika fanlarini o‘qitishda virtual laboratoriya ishlaridan foy
dalanish kun sayin
rivojlanib bormoqda. Virtual laboratoriyalar o‘zida ta’lim berish tizimini aks ettirgan xolda,
real olamning virtaul ko‘rinishini kompyuterlashgan ta’limiy muhit sifatida modellashtirishni
ko‘rsatadi.
“Virtuallik” atamasi lotincha «virtualis» so‘zidan olingan bo‘lib, «muayyan bir
sharoitlarda sodir bo‘ladigan yoki ro‘y berishi mumkin bo‘lgan», yoki mavjud bo‘lmagan, lekin
amalga oshish ehtimoli m
avjud bo‘lgan jarayon kabi ma’nolarni anglatadi. Ushbu atama inson
faoliyatining juda ko‘p sohalarida uchraganligi uchun ham uni ta’lim tizimiga olib kirishga
yetarlicha asoslar mavjud[1].