Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
Virtual laboratoriya ishlarini qo‘llashning dolzarbligi yana shunda
n iboratki, unda 
laboratoriya tajribalarini tashkil qilish uchun murakkab qurilmalarni yasash, qurilmalarni va 
reaktivlarni saqlash, almashtirish shart emasligi bilan bir qatorda ta’mirlash ishlari, kimyoviy 
idishlarni yuvish kabi ishlar bajarilishi shart emas. Hamma laboratoriya ishlari kompyuter 
xotirasida yoki tashqi xotirada elektron variantda va bir joyda saqlanadi. Kompyuter 
qurilmasi xavfsiz, ishlatish qiyin emas va shu bilan birga foydalanuvchidan faqatgina 
belgilangan mahsus dasturlar bilan ishlash 
ko‘nikmasini talab qiladi. Eksperiment 
topshirig‘ini bajarish uchun maxsus tizim virtual oynalarga o‘tishlarni ta’minlab, 
foydalanuvchiga tajriba bajarish vaqtida erkin tarzda ko‘rsatkichlarni o‘zgartirish, 
hisoblashishlarini va grafik vazifalarni bajarish imkoniyatini beradi va bu bilan talabalar 
o‘zlari mustaqil tarzda natija hamda xulosalar chi
qarishlari mumkin[ 2]. 
Eksperiment o‘tkazish uchun Virtual Chemistry Laboratory dasturiy ta’minotidan 
foydalanishni tavsiya qilamiz . 
Barcha ishlar uch o‘lchamli 
animasi
ya va tasvirlarni qo‘
llash orqali amalga oshiriladi. 
Ular mahsus dasturlashtirilgan va ovoz bilan ta’minlangan bo‘ladi. Bunda ayni mavzuning 
mazmuni ma’lumotlar, nazorat savollaridan iborat bo‘ladi.
Shu tarzdagi har bir laboratoriya tashqi ko‘rinis
hidan va ishlatilish jihatidan bir xil 
shaklga keltirilgan interfeysdan iborat bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: simulyatsiya, 
tajriba tafsiloti bo‘yicha ma’lumotlar bazasi, maqsadi, vazifasi, ishning bajarilish ketma
-
ketligidan iborat bo‘ladi. Bunda
n tashqari, mahsus tugmaga j
oylashtirilgan ma’ruzalar 
(materialning qisqacha bayoni), o‘quvchining ish jurnali, tajriba bajarish davomida 
o‘zlashtirilgan materialni nazorat qilish maqsadida savollar berilgan bo‘lishi mumkin. Virtual 
laboratoriya maksimal k
o‘rgazmalilikka, tajribani b
ajarish uchun real qurilmalarning aynan 
mos kelishini ta’minlaydi. Bu talabalarning ishlarini еngillashtiradi, vaqtni tejaydi, o‘rganilgan 
mavzuning o‘zlashtirish darajasini oshiradi. Bundan tashqari jarayonning virtual modeli 
o
‘qituvchiga talabalarning o‘zlashtirish darajasiga qarab, o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan 
qo‘shimcha savollar shakllantirishga (ayni mavzu yuzasidan) yordam beradi.
Yuqorida keltirilgan fikrlar asosida xulosa qilib, kimyo fanidan laboratoriya 
mashg‘ulotlarini o‘tkazishda virtual laboratoriyalarning afzalliklari to‘g‘risida quyidagi 
fikrlarni bildirish mumkin: 
Virtual laboratoriyaning afzalliklari [3]: 
1) interfaolligi;
2) mahsus laboratoriya xonalarga bog‘liq bo‘lmagan holda ishlatilishi (kompyuter 
mavjud joyda ishlatish imkoniyati);
3) o‘quv muassasasida bajarish mumkin bo‘lmagan yoki real vaqtda kuzatish mumkin 
bo‘lmagan hollarda obyekt, jarayon va hodisalarning modellashtirilishi; 4) internetdan 
foydalanib, masofaviy ta’lim asosida topshiriqlarni amalga oshirish imkoniyati; 
5) 
reaktivlar еtishmay qolganda;
6) hayot uchun xavfli bo‘lgan moddalar bilan tajribalarni bajarishda;
Yuqoridagi fikrlarimizdan xulosa qilib, shuni aytish mumkinki, virtual laboratoriya 
ishlaridan foydalanilgan holda 
o‘qish jarayonini tashkillashtirilsa, o‘quvchilar (talabalar)ni
fanga qiziqish bilan yondashishlariga sabab bo’ladi. Hеch kimga sir emas hozir yoshlarni 
tabiiy fanlarga qiziqtirish juda qiyin ayniqsa kimyo faniga o’quvchi(talaba)larni qiziqtirish, 


88

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin