Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə413/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   409   410   411   412   413   414   415   416   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
o‘rnini topib keta olishi yosh o‘qituvchining o‘ziga bog‘liq. Jamoaning yordamidan yuz 
o‘girmaslik, qiyinchiliklarga duch kelganda ruhan tushmay, o‘z xatolarini ko‘ra bilish va uni 
bartaraf etish uchun harakat qilish un
ing o‘qituvchi bo‘lib shakllanishidan darak beradi.Shu 
bilan birga, o‘qituvchining kasbiy shakllanishi o‘z
-
o‘zini tarbiyalab borishga, o‘z ustida tinmay 
ishlash
ga va o‘z vaqtida malakasini oshirib borishga uzviy bog‘liq. Bularning hammasi kasbiy 
fazilatlarning ajralmas qismihisoblanadi. 
O‘zbekistonda ta’lim tizimini o‘sib kelayotgan yosh avlod ta’lim
-tarbiyasining milliy 
g‘oyalari, talablari asosida tashkil etish
, uni jamiyat taraqqiyoti istiqbollari va jahon 
andozalariga javob bera oladigan darajada bo‘lishini ta’minlash bugungi kunning dolzarb 
masalasidir. Ta’lim
-
tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni o‘tmish qoldiqlaridan tozalash va 
rivojlangan demokratik d
avlatlar darajasiga ko‘tarish, jamiyat ravnaqi uchun yuksak ma’naviy 
va axloqiy talablarga javob 
beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash ta’lim tizimi 
xodimlarining umumiy vazifasidir. Shaxsni har tomonlama rivojlantirishga yo‘naltirilgan 
ta’lim
-tarbiya tizimini nazariy-metodologik jihatdan qurollantirish 

bugungi kunda 
pedagogika fanining bosh maqsadi sifatida belgilangan. Yuqorida bayon etilgan yuksak, 
ammo, sharafli vazifalarni muvaffaqiyatli uddalash har bir pedagogik xodimdan yuksak kasbiy 
mahorat, bilimdonlik va keng dunyoqarashni talab etadi. Pedagogik mahorat 

o‘qituvchi 
ijodkorligining 
oliy namunasi bo‘lib, u yillar davomida shakllanadi. Uning yuksak mahoratni 
egallashi g‘oyat murakkab jarayon bo‘lib, pedagogika fanining eng dolzarb muammolari
dan 
biri hisoblanadi. O‘qituvchi kasbiga xos bo‘lgan ko‘pgina fazilatlar bilan birga uning pedag
ogik 
mahoratni egallashi katta ahamiyatga ega. Yuqori pedagogik mahoratga ega bo‘lgan 
o‘qituvchigina o‘z kasbiga layoqatli, iste’dodli bo‘lishi mumkin.
Muvaffaq
iyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi yuqori pedagogik mahorat va keng 
dunyoqarashga ega bo‘li
shi kerak. Shundagina oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi, 
ijodkorlik uning hamisha hamkori bo‘ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste’dodli kishidagi
na 
pedagogik mahorat egasi bo‘lishi mumkin. Pedagogik faoliyatning samarali bo‘lishi uchun 
o‘qituvchi o‘z
fanini chuqur bilishi, unga turdosh fanlar haqida ham tushunchaga ega bo‘lishi, 
o‘quv materialini o‘quvchilarga tushunarli qilib bayon eta olishi, o‘q
uvchilarda mustaqil 
ravishda faol fikrlashga qiziqish uyg‘otishi, o‘quvchilarning bilim, kamolot
darajasi va 
ruhiyatini hisobga olishi, ularning nimani bilishlari va hali nimani bilmasliklarini tasavvur eta 
olishi lozim. Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi o‘zini o‘quvchining o‘rniga qo‘ya oladi, u kattalarga 
aniq va tushunarli bo‘lgan narsalarni o‘quv
chilarga tushunilishi qiyin va mavhum bir narsa 
bo‘lishi ham mumkinligiga asoslanib ish tutadi. Shuning uchun u bayon etishning xarakter va 
shaklini alohida o‘y
lab chiqadi hamda rejalashtiradi. 
O‘qituvchi o‘quvchining, ichki dunyosiga kira olishi, o‘quvchi
shaxsini va uning 
vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna bilishi bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik 
kuzatuvlar olib borishi kerak. Bunday o‘qituvchi o‘quvchining ruhiyatiga ko‘z ilg‘amas 
o‘zgarishlarni ham tez fahmlab oladi. O‘qituvchida nutq o‘z fikr va tuyg‘ularini aniq va ravshan 
ifodalash qobiliyati hisoblanadi. Bu o‘qituvchilik kasbi uchun juda muhimdir. O‘qituvchining 
nutqi aniq, jonli, obrazli, talaffuzi jihatdan yorqin, ifodali, his-
hayajonli bo‘lib, unda stilistik, 
grammatik, fonetik nuqsonlar uchramasligi lozim. 
O‘qituvchi kasbiga xos bo‘lgan xislatlar, ya’ni yuksak pedagogik mahorat unda birdaniga 
shakllanmaydi. U o‘z ustida tinmay ishlash, izlanish va ko‘nikmalar asosida rivojlanadi. 
O‘qituvchining yuqori kasbiy mahoratni egallashi bevosita uzluksiz ta’lim tizimi orqali amalga 
oshiriladi. Uzluksiz ta’lim tizimida asosiy o‘rin egallagan malaka oshirish o‘quvchi faoliyatini 
tahlil qilish va ung
a istiqbol yo‘nalishlar berishga imkon beradi.
Hozirgi davr o‘qituvchidan o‘qitishning ilg‘or pedagogik texnologiya talablarini to‘g‘ri 
tushunish, tashabbuskorlik, o‘z fani bo‘yicha yangiliklardan xabardor bo‘lishi va darslariga 
joriy eta olishni talab eta
di. Ta’lim
-
tarbiya jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida 


368

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   409   410   411   412   413   414   415   416   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin