Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə436/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   432   433   434   435   436   437   438   439   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
Sharq va Ovro‘pada ma’rifat, madaniyat taraqqiyotiga katta hissa qo‘shganligi tufayli, «Shayx –
Ur - 
Rais» Sharqda «Olimlar boshlig‘i», Ovro‘pada «Olimlar podshosi» nomi bilan mashhur bo‘lgan 
allomalardan b
iri o‘rta asr buyuk mutafakkiri Abu Ali ibn Sinodir. 
Ibn Sino bola tarbiyasiga, uni 
bilim olishiga nihoyatda katta axamiyat beradi. U 
bolani maktabda o‘qitish va tarbiyalash 
zaraurligini qayd etib, maktabga barcha kishilarning bolalari tortilishi va birga 
o‘qitilishi va 
tarbiyalanishi lozim deb, bolani uy sharoitida yakka o‘qitishga qarshi bo‘lgan. Bolani maktabda 
jamoa bo‘lib o‘qishini 
foydasi quyidagicha ifodalangan:
Agar o‘quvchi birga o‘qisa u zerikmaydi, fanni egallashga qiziqish yuzaga keladi, bir
-biridan 
qolmaslik uchun harakat, musobaqalashish istagi rivojlanadi.
O‘quvchiga bilim berish o‘qituvchining ma’suliyatli burchidir. Shunga ko‘ra ibn Sino 
o‘qituvchining qanday bo‘lishi kerakligi haqida fikr yuritar ekan, uni quyidagicha izoxlaydi:

bolalar 
bilan muomalada bosiq, jiddiy bo‘lish; 

berilayotgan bilimning talabalar qanday o‘zlashtirib olayotganiga e’tibor berishi;

ta’limda tur
li metod va shakllardan foydalanishi; 

talabalning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilishi; 

fanga qiziqtira olishi; 

berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olishi; 

bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berishi; 

har bir so‘zning bolalar hissiyotini uyg‘otish darajasida bo‘lishiga erishishi zarur, deydi olim.
Ibn Sinoning bilish ta’limotida qaysi metodlardan foydalanilmasin –
u og‘zaki ifodami, 
bilimlarni tushuntirishmi, turl
i ko‘rinishdagi suhbatmi, tajribalarmi, baribir o‘q
uvchida haqiqiy 
bilim hosil qilish mustaqil, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarini amaliyotga 
tadbiq eta olish qobiliyatini tarkib toptirish kerakligini ta
ʼ
kidlaydi. Olim insonning kamolga 
yetishida uning axloqiy kamoloti muhim ahamiyatga ega deb tushunadi. Tadqiqotchilar uning 
falsafiy asarlarida axloqqa oid fikr yuritganlari o‘n ikkita deb qayd etadilar.
Ibn Sino axloqqa oid asarlarini «Amaliy hikmat» (Donishmandlik amaliyoti) d
eb ataydi. 
Olimning fikricha, axloq fani kishilarni
ng o‘ziga va boshqalarga nisabatan xatti 

harakati me’yorlari 
va qoidalarini o‘rganadi. Ibn Sino axloqlilikning asosini yaxshilik va yomonlik kabi ikki tushuncha 
bilan ta’riflaydi: 
Dunyoda mavjud bo‘lgan
jami narsalar tabiatiga ko‘ra kamolot sari intilad
i. Kamolot sari 
intilishning o‘zi esa mohiyat e’tibori bilan yaxshilikdir...» . 
Ibn Sino har bir axloqiy hislatning ta’rifini beradi: 

mo‘tadillik –
tan uchun zaruriy oziq va xulq ma’yorlariga to‘g‘ri kel
maydigan ishlarni 
qilmaslik; 

sahiylik 

yordamg
a muxtoj kishilarga ko‘maklashuvchi insoniy quvvat;

g‘azab –
biror ishni bajarishda jasurlik; chidamlilik 

inson o‘z boshiga tushgan 
yomonliklarga bardosh beruvchi quvvat; 

aqillilik 

biror ishni bajarishda shoshma 

shosharlikdan saqlovchi quvvat;

ziyraklik

narsalar va hatto harakatlarning haqiqiy ma’nosini tezlik bilan tushunishga 
yordam beruvchi quvvat, achinish, kishilar baxtsizlik, azob 

uqibatga duchor bo‘lganda, ular bilan 
xushmuomalada bo‘luvchi ins
oniy quvvat; 

kamtarlik 

xudbin ishlar 
bilan shug‘ullanishdan to‘xtatuvchi kuch sifatida ta’rif beradi. 
Ibn Sino insonning kamolga yetishida to‘siqlik qiluvchi nuqsonlar sifatida johillik, nodonlik, 
shafqatsizlik, takabburlik, nafratni ko‘rsatib o‘tadi. 
Johillikni 

ilmga, nodonlikni 

zehni 
o‘tkirlikka, 
shafqatsizlik, takabburlikni adolatga, nafratni 

sevgi-muhabbatga qarama-qarshi illat sifatida 
ta’riflaydi.
Ibn Sino insonlarga ularning tashqi ko‘rinishiga qarab emas, balki ularning ichki, ma’naviy 
dunyosiga qarab baho berish kerakligini uq
tiradi. Har bir kishi tabiatan sevgi tuyg‘usiga ega, u tabiiy 
zarurat sifatida namoyon bo‘ladi, lekin inson o‘z tuyg‘ularini boshqara olishi, aql va farosat bilan 


390

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   432   433   434   435   436   437   438   439   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin