417
www.
kokanduni.uz
RUHIY RIVOJLANISHI SUSTLASHGAN BOLALAR LUGAT BOYLIGINI RIVOJLANTIRISH
B.Obidova
Qo’qon universiteti
talabasi,
N.Q.Abidova
Q
о‘qon
universiteti dotsenti
Pedagogika fanlari
bо‘
yicha falsafa doktori (PhD)
Annotatsiya
ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning
ehtiyoji uning jamiyatga va
maxsus ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning imkoniyatlari haqida yoritilgan. Jamiyatda
Imkoniyati cheklangan bolalarga nisbatan yanglish fikr va munosabatlar bildirilgan.
Integratsiyalashgan ta’lim haqida ma’lumot berilgan.
Kalit
sо‘zlar
ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar, integratsiya, reabilitatsiya,
funksional, huquq, uzviylik, fikr
Ruhiy rivojlanishi sustlashganlik tushunchasi- aqli zaiflik
singari ruhiy- pedagogik
tushuncha bо‘lib, bolalarning ruhiy rivojlanishini orqada qolishini ifodalaydi. Bunday orqada
qolishning asosiy sabablariga bosh miyaning minimal, yuzaki, yengil zararlanishi kiradi.
Nohush ijtimoiy omillar asosiy sabab emas, balki ikkilamchi sababga kiradi.
Rivojlanishning orqada qolishi deganda, biz bolaning ruhiy
rivojlanishini bola yoshiga
mos kelmasligini tushunamiz.Bunday nom
utanosiblik о‘z vaqtida tashkil etilgan yordam
natijasida bartaraf etilishi mumkin.
Maktabgacha yosh-
bolalar hayotidagi eng muhim davr bо‘lib, bu davrda bolaning tashqi
olam haqidagi bilimlari kengayadi va maktab ta’limiga tayyorlanadi.Tashqi olam haqi
dagi
bilimlarni olish va о‘z fikrlarini bildirishlari uchun bolalar nutqi rivojlangan bо‘lishi
kerak.Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar nutqi esa yaxshi rivojlanmagan bо‘ladi. Bir guruh
olimlarning fikricha, ruhiy rivojlanish sustlashish zamirida
markaziy nerv sistemasining
minimal organik buzilishi yotsa, aksariyat mualliflar- miyaning minimal disfunksiyasi yotadi,-
deb aytadilar.M.S.Pevzner, I.F.Markovskaya ruhiy rivojlanishi sustlashishning kelib chiqishi
bosh miyaning peshona qismi pishib yetilmaganligi natijasi deb biladilar.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalardagi nutq nuqsonlari kо‘p hollarda tizimli
xarakterga ega bо‘lganligi sababli, nutq tizimining kо‘p tomonlarini qamrab olgan, ya’ni
bunday bolalar о‘ziga xos ravishda rivojlangan.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda ham impressiv ham ekspressiv nutq, ogzaki va
yozma nutq kamchiliklari kо‘p uchraydi.
Z.Trjesoglovaning ta’kidlashicha, ruhiy rivojlanishi sustlashgan
bolalarning impressiv
nutqida, nutqiy idrokni, nutqiy tovushni, ayrim sо‘zl
ar
mazmunini, tо‘liqsiz, kam
chilik bilan
farqlash kuzatiladi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning ekspressiv
nutqida tovushlar
talaffuzi buzilishi, lugat boyligining kambagalligi, nutq grammatik tizimining kerakli darajada
shakllanmaganligi kuzatiladi. ( N.Y.Boryakova, G.I.Jarenkova, A.D.Koshedova, YE.V.Malseva,
B.F. Sobatovich, R.D.Triler, S.G.Shevchenko).
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning lugat boyligi rivojlanishi bolaning tashqi
olam haqidagi ma’lumotlarni idrok qilishi, aniqlashi va a
nglashiga chambarchas bogliqdir.
Lugatning kambagalligi hamda noaniqligi sо‘zlarni bir
-
biridan ma’lum
jihatdan farqlay
olmasligi, ya’ni differensiallanmaganli
k ularga xosdir. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar
lugat asosan sodda va kundalik lugat bilan chegaralanadi.( S.G.Shevchenko,YE.V.Malseva,
Z.Treyesoglova).
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar lugatining о‘ziga xosligi atrofdagi olam qonun
-
qoidalari, hodisalarini
anglashda qiyinchiliklar, obyektiv olam haqidagi tasavvurning
cheklanganligi haqidagi tasavvurning cheklanganl
igida hamda aqliy faoliyatning о‘ziga