www. kokanduni.uz tayyorlash
–
maktabdan tashqari muassasalar
–
ijtimoiy
–
huquqiy muhofaza tashkilotlari
–
mutasaddi tashkilot va idoralar
–
keng jamoatchilik. Mazkur zanjirning birontasida uzilish
yoki tarbiyaviy ishlarda sustkashlikka yo‘l qo‘yilsa jamiyatda ijtimoiy himoyaga muhtoj
bolalarning paydo bo‘lishi uchun muhit
vujudga keladi.
Bunday holatning oldini olishda yuqoridagi hamkorlik zanjiri sub’ektlaridan barkamol
shaxsni tarbiyalashning quyidagi tamoyillariga amal qilish taqozo etiladi:
•
tarbiya jarayonini tashkil etishda uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash; izc
hillik,
tizimlilik, bosqichma-bosqichlik; demokratlashtirish, insonparvarlashtirish;
•
tarbiyada ob’ekt
-
sub’ekt emas, sub’ekt
-
sub’ektlilikni ta’minlash; nazariyaning
amaliyotga mosligi va aksi;
•
bola shaxsiga qo‘yiladigan tarbiyaviy talabning bir xilligi;
tarbiyaviy ish mazmuni,
shakl, metod va vositalarining bola shaxsi qiziqishi, mayli, intilishi, yosh va psixologik
xususiyatiga mosligi;
•
tarbiya mazmunida umuminsoniy va milliy qadriyatlar mushtarakligini ta’minlash;
•
tarbiyaviy ishlarni maqsad sari yo
‘naltirish, r
ejali tarbiyaviy dastur asosida tashkil
etish; tarbiyaviy ishlarni tashkil etishni boshqarishda adolatlilik, demokratik yondashuv;
•
tarbiyaviy tadbirlarni uyushtirishda bola shaxsiga differensial munosabat; tarbiyada
kommunikativlik;
•
tarbiyaviy ish natijalarini doimiy kuzatish, nazorat qilish, monitoring olib borish va
boshqalar.
Oilada kar va zaif eshituvchi o‘smir bolalarni ijtimoiy hayotga moslashtirishning asosiy
omillaridan biri bolani erkin muloqot, aqliy hatti-harakat, qobiliyat va iqtidorini namoyon
etish va mustaqil bo‘lishga o‘rgatishdir. Ushbu toifa bolalar jamoasi uchun ota
-onalar, atrof-
muhit, qiziqishlariga ko‘ra soha mutaxassislari kuchli na’muna manbai sanaladi. Bolaning
motivatsiyasi va ruhiy holati unga bo‘lgan munosabatga bog‘liq. Oilad
a ota-onalar, keng
jamoatchilik, o‘qituvchilar bunday bolalarning ijtimoiy, emotsional, intellektual rivojlanishi
bilan bog‘liq ta’lim
-tarbiyaning interfaol shakl, metod va vositalaridan foydalanishlari ularni
muvaffaqiyatli ijtimoiy hayotga moslashuviga yordam beradi. Shunday qilib, nogironligi
bo‘lgan o‘smir bolalar bilan maqsadli reabilitatsion ishlar olib borilgan taqdirda ularning
jamiyatga uyg‘unlashuviga erishiladi.
Ikkinchi bob «Oilada nogironligi bo‘lgan o‘smirbolalarni ijtimoiy hayotg
a moslashtirishni
takomillashtiruvchi korreksion tizimi» deb nomlangan bo‘lib, mazkur bob nogironligi bo‘lgan
kar va zaif eshituvchi o‘smir bolalarni ijtimoiy hayotga moslashtirishning mazmuni, ijtimoiy
moslashtirish modeli, hamkorlik asosida ushbu toifada
gi o‘smir bol
alarni ijtimoiy hayotga
moslashtirishning samarali shakl, metod va vositalari o‘z ifodasini topgan.
Oilada kar va zaif eshituvchi o‘smir bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda oiladagi
barqaror munosabatlar muhiti (oilaviy qadriyatlar, mehnatsevarlik orqali tarbiyalash, ijobiy
ahloqiy vaziyat ustuvorligi, bolalar bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etish, ijtimoiy
-kasbiy
savodxonlik) eng muhim pedagogik-psixologik shartlardandir.
Kar va zaif eshituvchi o‘smir bolaning ijtimoiy hayotga tayyor bo‘lishi sog‘lom bo
lalar
ijtimoiylashuvi kabi shaxsiy (ichki) omillar ta’sirida amalga oshirilishi tabiiy. Chunki sog‘lom
bolalar kabi kar va zaif eshituvchi o‘smir bolalar ham hayotining dastlabki yillarida oilaning
ta’siriga sezuvchan bo‘ladilar. Tadqiqot davo
mida oilada ka
r va zaif eshituvchi o‘smir bolani
ijtimoiylashtirishga yo‘naltirilgan hayot tarzini turli mezonlar bilan ifodalab beruvchi
omillarni shartli ravishda ijtimoiy-
ma’naviy, iqtisodiy, estetik
-gigienik va nasl salomatligi
guruhlarga turkumlandi.
Ijtimoiy-
ma’n
aviy omil. Kar va zaif eshituvchi bolalarda shaxs sifatlarini shakllantirish,
ularda kommunikativlik, o‘zini namoyon qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishda milliy urf
-
odatlar, umuminsoniy qadriyatlar asosidagi oiladagi sog‘lom ma’naviy muhit,
ota-ona va