Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Boyto’rayeva D. AQLI ZAIF O’QUVCHILARNI IJTIMOIY MOSLASH
TIRISHNING
PEDAGOGIK
SHAROITLARI
//
Scientific
progress.
2021.
№3.
URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/aqli-zaif-o-quvchilarni-ijtimoiy-moslashtirishning-
pedagogik-sharoitlari
(дата обращения: 10.05.2023).
1.
Gulyora Ulug’Bekovna Rahimbayeva Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni
tadqiqotlarda
o’rganilishi
//
Scie
nce
and
Education.
2022.
№6.
URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/eshitishda-nuqsoni-bo-lgan-bolalarni-tadqiqotlarda-o-
rganilishi
(дата обращения: 10.05.2023).
476
www.
kokanduni.uz
OBRAZLARDA YOZUVCHI RUHIYATINING AKS ETISHI
Rajapova Xulkaroy Atabek qizi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat
o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
3-bosqich talabasi,
Yangibayeva Nodira
Urganch davlat universiteti tayanch-doktoranti
Annotatsiya:
Shukur Xolmirzayev asarlaridagi qahramonlar realistik adabiyotning
vakillari. Ul
ar uchun muayyan bir shaxslar asos bo‘lgan va yoki adibning diqqatiga tushib, uni
ilhomlantirgan. Shubhasiz, adibga ko‘pincha o‘z hayoti chinakam manba bo‘la oldi.
Ushbu
maqolada adib yaratgan qahramonlarda ijodkor ruhiyati qay darajada singdirilganini
aniqlaymiz.
Kalit so‘zlar:
Shukur Xolmirzayev, realistik obrazlar, ruhiyat, inson tabiati.
Tomchida quyosh aks etgani kabi yozuvchining ichki olami uning asarlarida, aniqrog‘i,
yaratgan qahramonlarining tabiatida o‘z in’ikosini topadi. Inson olam ichidagi b
ir olam ekan,
uning biz bilmagan, xayol tulporlarimiz qadam tashlamagan fitratining sarhadlari-
da ko‘p.
Shukur Xolmirzayev o‘z asarlarida ana shunday olamga, oddiy odamlarining botinidagi sirli
olamga, kirib boradi.Bu odamlar biz uchun mutlaqo tanish, shu bilan birga kutilmagan
ma’naviy qiyofaga ega. Sodda ko‘z bilan ilg‘ay olmagan, insoniy
at tanigan, ammo tan
ololmagan fazilat-
u illatlar qahramonlar siyratiga jam qilingan. Hech bir ijodkor yo‘qki, faqat
hayotdan olmasa, undan olganiga sayqal berib, qaytarmasa. Zotan har qanday asarni biz
“yozuvchi ijod jarayonida qalb prizmasidan o‘tkazgan
voqelik” deb bilamiz.
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, Shukur Xolmirzayev asarlaridagi qahramonlar
realistik adabiyotning vakillari. Ular uchun muayyan bir shaxslar
asos bo‘lgan va yoki
adibning diqqatiga tushib, uni ilhomlantirgan. Shubhasiz, adibga ko
‘pincha o‘z hayoti
chinakam manba bo‘la oldi. Eshqobil Shukur “Eh, akam
-
a, akam” essesida adibning bir kitob
haqidagi: “Bularning kitoblaridagi qahramonlar odamga o‘xshamaydi, qo‘g‘irchoqning
o‘zginasi”,
-
degan fikrini eslaydi. Shukur Xolmirzayevning o‘
zi-chi, qahramonlarini qanday
topgan ekan?
Bu haqida Eshboy Ro‘zi “Notanish odam” voqea
-
hikoyasida ma’lumot berganki, bu
adibning “KUZATAMAN, HIS QILAMAN, YARATAMAN”
tamoyilida ijod qilganini ko‘rsatadi.
Mana o‘sha fikrimizni dalillovchi ma’lumot: Omonto‘ra (asli matematikadan dars beruvchi
qishloq muallimi) adib bilan Boysunda ov paytida uchrashib qoladi. Ovchi bu notanish
odamdan kimligini nima qilayotganini so‘raganida Shukur aka unga: “Siz jonivorni ov
qilyapsiz, men tabiat manzarasini...”
- deya javob beradi. Adib ovchi bilan tanishib, miriqib
suhbatlashadi. Va suhbat davomida Omonto‘ra ovchiga uchrashgan voqealari haqida “Bu
mening kelgusi ijodlarim uchun bir de
tal bo‘lishi aniq deydi.” Darhaqiqat, Shukur Xolmirzayev
o‘zi uchratgan bu insonning xarakter chizgilarini “Omon ovchining o‘limi” hikoyasining bosh
qahramoni Omon ovchi uchun asos qilib oladi. Ko‘rib turganimizdek, o‘zi bilgan insonlarning
“tuprog‘i”dan
olib ko‘ngil suvida qorib, bu “xamir”ni tafakkur qoʻ
rida pishitadi. Ha, aynan
yozuvchin
ing ko‘nglidan suv ichgan qahramonlar uning ruhiyatidan nimalarnidir olishi aniq.
Biografik metod asoschisi Sharl Sent-Byov asarni muallif shaxsiyatining badiiy jihatdan
ifodalanishiga o‘xshatadi. Bu fikrning ayni haqiqat ekanini ko‘p ilm ahlining mulohaz
alarida
ko‘ramiz. N.Rahimjonovning “Badiiy asar biografiyasi” kitobida I.Sultonning asarlari, badiiy
fikrlari uchun zamin bo‘lgan real hayotiy asos bo’lganini tahlil etolgan bo’lsa, B. Karimning
“Abdulla Qodiriy fenomeni” asarida Qodiriyning adabiy
-esteti
k g‘oyalari va ijodkorning shaxsi
asarlariga qay darajada singdirilgani mahorat bilan ilmiy tadqiq etilgan.
|