479
www.
kokanduni.uz
boshlanadi. Asar davomida turli qahramonlar tilida Mashrab g‘azallari, Bobur
,
Navoiyning
mumtoz
misralari, Cho‘lpon, Gʻ
afur G
ʻulom, Mirtemir she’rlaridan parchalar jarang topadi.
Asardan olingan us
hbu parchaga e’tibor qiling:
“Sa
hn chetidagi marmar tagkursiga chiqib olgan tepakal, p
akana odam qo‘llarini silkitib,
xitob qilayotib:
“Muhabbatlar muvaqqatdir,
Faqat g‘amlar haqiqatdir!..
...Yurtlar obod shaklinda,
Qullar ozod shaklinda!
”
So‘ngra ovoz
i burchlardan aks sado bera boshladi:
–
Muhammad Hodiy afandining
“
Inson
fojealari manzarasi
”
nomli asarida shunday
bitmishlar! U kishi buyuk Turkistonning h
am shoiri edi! Zeroki Fitrat afandig‘a
ham ustozlik
qilgan edilar!
Bilib olingiz, ey, g‘ofil bandal
ar!.. Domla Abdulla Oripovning (Abdulla Orif
o‘g‘lining) “
Oltin
baliqcha
”
she’rini aytib, g‘ofil bandalar (sahnda o‘ris askarlardan bo‘lak
kimsa yo‘q edi) ushbu zindondan boshqa olam borligini unutib va yovg‘on yuvindini tamaddi
qilib,
“
baxtiyormiz!
”
deb o
‘ylashlarini bashorat qilarkan, yonida Berdi do‘xtir paydo bo‘lib:
“Domla Cho‘lpon! Taom sizga mahtal bo‘ldi! Bog‘da kutishayotir!”
deb tirsagidan ushladi,
tushirdi va qo‘ltiqlab jo‘nadi.”
“Olabo‘j
i romanida jinnixonadagi qahramon botinidagi hayqiriq roman qanday davr va
qanday tuzumning qiyofasini akslantirganini anglatadi. Demak, Sh.Xolmirzayev
bu asar
parchalarini qahramonlari nutqiga shunchaki kiritgan emas, ularning qo‘ligan
duch kelgan
kitobni bergan emas. Bu asarlar, avvalo, yozuvchining qalbidan
o‘rin olgan, badiiy tafakkuring
takomiliga hissa qo‘shgan. Eng asosiysi, asar ichra jarang topgan bu badiiy yaratiq parchalari
adibning bosh g‘oyasini ochish uchun qo‘l kelgan.
Dostları ilə paylaş: