Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə533/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   529   530   531   532   533   534   535   536   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
Shukur Xolmirzayev ijodida qabarib turgan mavzular borki, ularning ham aslida adib 
siyratidan qahramonlari ruhiyatiga ko‘chganiga shubha qilmaymiz. Bu xarakter qirralarini 
sanashga harakat qilamiz:

Davrlar va tuzumlardan xoli, k
o‘
ngil olamida yashash 
(“Olabo‘ji” da Ulton, “Dinozavr”da 
Mahkam, “Quyosh
-ku falakda kezib 
yuribdi”da Misir, Zumrad). Bu qahramonlarning 
yaratilishi tabiiy edi. Adibning o‘zida aynan shunday tuzumlarga parvo qilmay, ko‘ngil 
olamida yashash g‘oyasi. Xidir Chorshanbiyevning xotiralarida qayd etilishicha, adib uning 
ijodiy mashqlarini ko‘rib, shunday maslahat bergan: “Qushlar” turkum lavhalardagi “Ona” 
lavhasini o‘qib chiqib, “Xidirjon to‘g‘ri yo‘l topibsan, lavoziming vaqtincha, ko‘proq yozaver, 
ammo partiyani qo‘shma.Partiya vaqtincha, o‘tib ketadi, ishonma”, dedilar. Meni misoli 
elektr toki urdi. 
Nahotki, shunday katta yozuvchi partiyaga ishonmaydi, deb o‘yladim”.

Nafsidan ustun bo‘lish (“O‘zbek xarakteri”da Eson, “O‘zbekning soddasi”da ota,”Qariya” 
Qo‘ziboy chol) Adibning o‘zi e’tirof etganidek: “Shodmonbek, xudo shohid, men hech qachon 
boylikk
a ruju qo‘ygan emasman. Ammo ko‘p yillardan buyon davlat idorasida ishlamaganim 
uchun maosh olmayman. Qalam haqqi esa... ba’zan uncha
-
muncha bo‘lsa, ba’zan aytishga ham 
arzimaydi. Xo‘sh, ana shu tanqislik sabab moshinamni sotdim
-
da. Yo‘g‘asam, u menga “qanot” 
edi...” Yozuvchining qiziga yozib qoldiradigan kichik xatlardan shu satrlarini o‘qirkanmiz, 
adib naqadar qanoatli, nafsini jilovlagan inson bo‘lganiga amin bo‘lamiz: “Sayyorajon! Bugun 
shanba, soat 4:10. Tirikchilik g‘amiga tushdim. Ertalab jahon bo
rgan edi, bir chelak gilos terib 
berdim. Pul uchun rahmat. Zo‘rg‘a yetib keluvdim.”

haqiqatgo‘ylik (“Ustoz”da
shogird, “Qish hangomasi”da O‘sar, “Tikan orasidagi 
odam”da Mirhaydar ,“
Kechagi kun kecha

da Kamol
,“
O
g‘
ir tosh k
o‘
chsa

asarida rassom yigit, 
“O‘zbek bobo” Amirqul polvon, Shokir, “Nasib etsa” hikoyasida Elyor). Yozuvchining
qalamiga mansub “Qadim Baqtriya tuprog‘ida” essesi zamonasi yasagan mafkura qolipiga 
mos kelmasa-da Vatanining va xalqining tarixi haqidagi haqiqatni 
aytishga jur’at qildi. 
H
olbuki, sovet sodiq malaylari har bir so‘zni senzura elagidan o‘tkazayotgan bir davr edi. 
Haqiqatni tasvirlash va uni anglatish adibga realistik yozuvchi degan ta’rifni berdi.
 

tabiatsevarlik (“Jarga uchgan odam” Islom, “Qush tili”da Qamariddin, “Sog‘inch”da 
Ismat, “Bandi burgut” Yo‘ldoshboy,”Olabo‘ji”da Ulton, “Kulgan bilan kuldirgan” Ehson, 
“O‘zbek bobo” Amirqul polvon,) Shukur Xolmirzayev tabiatni sevgan. Toshboyev 
xotiralaridan birida adibning tabiatga, zaminga bo‘lgan mehri
ni eslar ekan, u mana bu tasvir 
hamda adibning xitobiga urg‘u beradi: “Bog‘ nihoyatda mehr bilan parvarishlangan: turli 
atirgul va mevali daraxtlar har qanday yo‘l o‘tkinchining havasini keltirar, yerga bunchalik 
mehrining sirini so‘rasangiz: 
-
Bog‘iga bir
tup nihol qadamagan odamning vatan haqida 
yozganiga kim ham ishonadi?! - 
deya savol ohangida gap qotar edi.”
-
erksevarlik ( “Bandi burgut”da burgut, “Ozodlik”da Mansur, “Ostin
-
ustun”, “Qora 
kamar”da Hurrambek...) Yo‘ldosh Solijonov ta’biri bilan aytganda: “...o‘z xohish istagin

xohlagan paytida amalga oshiradigan odam edi Shukurjon! Balki, qahramonlarining 
erkinlikni istashi, buning uchun o‘zini ayamasligi, hatto mushtlashishgacha, qo‘liga miltiq 
olishgacha borishi shundandir? Axir yozuvchi shaxsi uning ijodida, qahramonlari tasvirida 
namoyon bo‘ladi
-
ku! Ha, Shukur Xolmirzayev to‘g‘risida o‘ylaganimda ko‘z o‘ngimda har 
doim OZOD, ERKIN INSON gavdalanaveradi.”
Bundan tashqari, adibning KITOBSEVARLIK fazilati o‘zi yaratgan qahramonlariga ham 
o‘tgan. Ya’ni yozuvchi o‘zining xayolin
i band etgan jahon durdonalarini qahramonlarining 
qo‘liga tutqazgan va yoki mashhur shoirlarning baytlari
-yu, tarixiy- ilmiy kitoblarning 
mazmuni bilan qahramonlarining intellektual saviyasini o‘stirgan. Jumladan, “Olabo‘ji” 
romani voqealari Ulton Ernest 

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   529   530   531   532   533   534   535   536   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin