www. kokanduni.uz Munavva
rqori Abdurshidxonovga o’lkada yangi usuldagi maktablarning tobora ko’payib
borishi unga qanot yozishiga yanada kuch beradi. Munavvarqori Abdurashidxonov 1907
yilning oxirida ikkichi darsligi “Adibus
-
soniy” darsligini nashr qilishga erishadi.
Ta’lim jarayonidagi bu kabi o’zgashlar xalqni be’ti
bor qoldirmadi.1910-1911 yillarda
yangi usuldagi maktablarni ochilishiga bir qator faollar o’z hissalarini qo’shdi. A’zamxon,
Muslimxon (Munavvarorining akalari), Xasan qori Xoniy, Eshonxo’ja Xoniy, Nizomiddin
Xesaino
v, Rustambek Yusufbekov, Sa’dulla qori Abdullayev va boshqa ko’pgina toshkentlik,
qo’qonlik, namanganlik, farg’onalik domlalar A.Ibodov, A.Shukurov kabilarning asarlaridan
foydalanila boshlandi. Ko’pgina maktablarda Munavvarqori Abdurashidxonovning 1
-4 sinflar
uchun tuzgan dasturi joriy qilingan edi. Dastlabki usuli jadid maktablarining 1-sinfida
“Adibus
-
soniy”, “Havoyiji diniy” hisob (yuzdan yuqori son va amalla to’grisida), 3
-
sinfda so’fi
olloyorning kitoblari, o’qish va yozish darslari, Qur’on kitobi, “Havoyiji diniya(II qism), “Tarizi
anbi
yo”,Shapochnikov va Volsov qalamiga mansub “Arifmetika”, “Nazihati atfol”, “Tajbid”, 4
-
sinfda “Qur’on”, “Dahr
-un -
najot”(Munavvarqori abdurashidxonov), R/Faxriddinovning
“Nasihat”, “Hisob masalasi”, arab tili, “Dur
-ul-
shifoya”, Abdushukurovning “For tili”
kitoblari
o’qitilgan. Maktabda ta’lim jarayonini isloh qilish maqsadida Munavvarqori Abdurashidxonov
o’quv tizimini chuqur o’rgana boshladi. U darsliklar yaratish bilan kifoyalanib qolmadi. 1912
yilga kelib, o’quvchilarga xusnixat, jug’rofiya,islom tarixi
, turk qavmlari tarizi fanlarini
oshkoro o’qita boshladi, maktab ostonasiga qorovul qo’yib, ijtimoiy sohalardan saboq bera
boshladi. U mahalliy o’qituvchilar orasida birinchi bo’lib, “Namuna” maktabini tashkilqiladi
hamda rus tilini o’qitish masalasini hukumat oldiga ko’ndalang qo’yadi.
Maktablar ta’lim jarayoni tashkil qilishda Abdulla Avloniyning ham samarali faoliyatini
ham ko’rishimiz mumkin. Jadidchilik harakatining rahbarlaridan biri bo’lgan Abdulla Avloniy
ham 1904 yilda Toshkentning Mirobod mahal
lasida yangi yo’nalishdagi jadid maktabini ochdi,
o’zi unga mudirlik va o’qituvchilik qiladi.
1909 yilda kambag’al, yetim
-
yesirlarga ko’mak beruvchi “Jamiyati xayriya” deb
nomlangan uyushma tashkil etdi. Uning “Birinchi muallim” (1909), “Ikkinchi muallim”
(1912)
nomli darsliklar hamda “Turkiy Guliston yohud axloq” (1913) nomli qo’llanmasi o’z davrida
yoshlarni yangicha yo’nalishda o’qitishda va an’anaviy milliy ruh asosida tarbiyalashda katta
ahamiyatga ega bo’ldi. U yaratgan besh to’plamdan iborat “Adabiyot yohud milliy she’rlar’
(1909-
1916) maktablarda qo’llanma vazifasini o’tadi. Abdulla Avloniyning “Turkiy Guliston
yohud axloq” nomli 1913 yilda yozilgan asari XX asr boshlaridagi o’zbek pedagogikasi tarixida
o’ziga xos o’ringa ega. Asarning tub mohiyati yoshlarni ma’rifatga chorlash, sharqona ko’p
asrlik milliy an’analarimiz ruhidagi tarbiya ishining yo’l
-
yo’riqlarini tashkil etish, ayni vaqtda,
ta’lim
-
tarbiya sohasida yangi asrning ilg’or talablarini qo’yish, axloq
muammolarining shaxs
komoloti va jamiya
t ravnaqidagi o’rnini yoritishni tashkil etiladi. Abdulla Avloniy “Turkiy
Guliston yohud axloq” asarida yaxshi xulq va yomon xulq, ruh, fikr, axloq, uy va maktab
tarbiyalari haqida mulohaza yuritar ekan, ularning har
biridagi o’ziga xos tomonlarini ochib
berishga harakat qiladi. Asrdagi barcha naql-
hikoyatlar g’oyasidagi kelib chiqadigan badiiy
mantiq shuki, insonni barkamol etish va millatni ravnaq toptirishning asosiy yo’li har bir
shaxsning yuksak axloqli va ma’naviy go’zal, ilimli va ma’rifatli bo’lish
iga erishishdan hamda
butun kuch-quvvat, aql-
zakovat, barchasini vatan ravnaqi va xalq saodatiga yo’naltirishdan
iboratdir.
Abdulla Avloniy “Turkiy Guliston yoxud axloq” asari haqida “Men bu asar nochizonimni
birinchi
maktablarimizda yuqori sinflarida ta’lim bermak va barobar ulug’ adabiyot
muhiblari, axloq havaskorlarining anzori oliylarina taqdim qildim” deya izoh qoldiradi.
Mazkur asar darslik sifatida o’qitila boshlangan. Darslikni boshlanishida Abdulla Avloniy
to
monidan xalqni ilmli, ma’rifatli qilish
borasidan qayg’urib yozgan she’r bilan boshlanganini