Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə532/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   528   529   530   531   532   533   534   535   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
Shukur Xolmirzayevning ma’naviy olami va uning ba’zi qirralari qahramonlarida aks 
etishi barobarida yaratilgan qahramonlarining xislati-yu, xususiyatlari jamlanmasidan 
adibning komil insoni, ideal shaxs haqidagi xulosasini tasavvur etishimiz mumkin. Abdulla 
Qodiriy: “Yozuvchining, garchi shaxsan tanilmasa ham, asarlarini o‘qib, qanday tabiatli shaxs 
ekanini 
g‘oyibona bilish, tasavvur qilish mumkin. Chunki u asarlarida asosan o‘z tabiatini, 
ruhini tasvirlaydi” –
degan haqli e’tirofni aytgan. “Yozuvchi o‘zi to‘g‘risida gapirmoq uchun, 
albatta, iqrornoma yoki kundalik shakliga murojaat qilmog‘i shart emas”. Sir 
emaski, Shukur 
Xolmirzayev o‘z ma’naviy dunyosiga har kimni ham yo‘latavermaydigan, “Tabiat
-men-
adabiyot” uchligiga sadoqatli bo‘lib yashagan adibdir. Bu haqida shogirdlari o‘z xotiralarida 
qayd etganlar. Erkin A’zamning “Do‘rmon asiri” essesida, O. Toshboyevning “Men yomon 
yozuvchi emasman.
..”, Qo‘chqor Norqobilning “U adabiyot uchun yashadi” kabi esselarida adib 
shaxsiyati va ijodining ayni shu jihatlari haqida fikrlar bor.
Nazar Eshonqul adib haqida shunday deydi: “...Uning oddiy chaylada yashashga u
rinishi, 
oddiy tabiat qo‘yniga qochib ketishi hammasi odamlardan bezgani uchun emas, balki o‘zining 
adabiy-estetik qarashlari kabi oddiylikdan buyuklik izlashini anglatadi. U buyuklikni shu 
oddiylikda deb bilardi. U hayotdan oddiy kamtar ma’no izlab o‘tdi.
Uning goh Boysunga, goh 
dashtni esl
atadigan, hech qanday sharoiti yo‘q Do‘rmondagi bog‘iga qochib ketishi
-
hammasining orqasida oddiylik va samimiylikka, tabiiylikni qumsashi va ana shu istak 
yotadi.”
Nazar Eshonqul ta’kidlaganidek, xuddi adibning o‘zi ka
bi tabiiylikni sevadigan, oddiy 
turmush tarzini dabdaba-
yu as’asalardan afzal ko‘ruvchi qahramonlari talaygina. Jumladan, 
uning “Olabo‘ji” romanidagi Ulton obrazi bu jihatdan fikrimizga yorqin isbotdir.
Adabiyotshunos M.Qo‘chqorova: “
Roman bosh qahramoni asli tarix-arxeologiya 
fakultetini tugatgan, ammo qishloq maktabida tabiatshunoslik fanidan dars berib yurgan yigit 
Ulton Sultonovdir. U nihoyatda halol, tabiat shaydosi, atrof-muhitning ifloslanib 
ketayotganidan qattiq tashvishlanadi. Shuning uchun tez-tez matbuotda ekologik muammolar 
haqida jiddiy maqolalari bilan ishtirok etadi. O‘zini tabiat qo‘riqchisi deb biladi, jonzotlarni, 
Olatog‘ va uning bag‘ridagi ona tabiatni cheksiz mehr bilan sevadi. Ammo uning tabiatga, 
jamiyatga bo‘lgan mehri
-muhabbati, mehnati hech bir tamalarsiz kechadi
.” Olima Ulton uchun 
Mengziyo Safarov va adibning o‘zi qisman prototip bo‘lgan deb hisoblaydi. Har ikkalasining 
tarixga, tabiatga va adabiyotga bo‘lgan mehri va yolg‘izlikni xush ko‘rganliklarini hayotiy 
hamda badiiy dalillar bilan asoslaydi. 
Jumladan: “Ulton tabiatiga xos odamlardan uzoqda kamtarona hayot kechirish, o‘zini 
tabiatning bir bo‘lagi deb bilish, bir qarashda jamiyatdagi voqealarga aloqasi yo‘q, zamondan 
uzilgan odamday tuyilsa-da, aslida umuminsoniy muammolarga daxldorlik, kuyinchaklik bilan 
qaraydigan inson sifatida ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi. Ayni shu jihatlari bizga Shukur 
Xolmirzayevning hayot yo‘lini eslatadi. “Badiiy obraz o‘zga orqali o‘zini aks ettirish demakdir. 
Ijodkor temperamentidan, mijozidan, tabiatidan kelib chiqqan holda obrazga munosabatda 
bo‘ladi” –
degan haqli gapni aytadi.
Ijod ahli borki, qahramoniga o‘zining ham, boshqa kishilarning ham u yoki bu jihatidan 
oladi, to‘qima “taqdir lavhalarini” uning boshidan kechirishiga zamin y
aratadi. Adib beixtiyor 
o‘zining
-
da o‘y
-xayollari, yashash tutimini obrazga, uning harakatlariga singdirgan. Adibning 
qahramonlari (aslida o‘zi) uzlatga chekinish, o‘zini o‘z xayollari bilan yolg‘iz qoldirish va shu 
sokinlik sabab, qalb shiviriga quloq tut
ishga, o‘zini anglashga erishganlar.
Shukur Xolmirzayev ijodida YOLG
ʻ
IZLIK 
ko‘zga tashlanadigan tushunchalardan biri. 
Aynan shu uzlat sabab adib kuchli asarlar yarata oldi. Yolg‘izlikning ijod ahli uchun naqadar 
muhimligini Gyotening iqroridan ham anglash 
mumkin: “...Agar men o‘zimni saroydagi amal 
va vazifalarimdan olib qochib, ko‘proq tanholikda yashaganimda edi, yanada baxtliroq 
bo‘lardim va ijodkor sifatida ko‘proq ish qilgan bo‘lardim.”


478

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   528   529   530   531   532   533   534   535   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin