Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə538/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   534   535   536   537   538   539   540   541   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNING DUNYOQARASHINI 
SHAKLLANTIRISH YO’LLARI
 
 
Qurbonaliyeva Gulshanoy Xaydarali qizi 
Qo’qon Universiteti “Ta’lim” fakulteti 
 
Maktabgacha ta’lim yo’
nalishi 1-bosqich talabasi,
Vazira Abdullayeva 
Qo’qon universiteti “Ta’lim kafedrasi” o’qituvchisi 
 
Annotatsiya: 
Ushu maqolada maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni dunyoqarashini 
shakllantirish, ularning xususiyatlari va qobiliyatlarini yanada rivojlan
tirish yuzasidan so’z 
yuritiladi. 
Kalit so’zlar
: ta’lim jarayoni, o’qitidh, metodlar, dunyoqarash, ong, tafakkur, qobiliyat. 
Yurtimizda ta’lim jarayonini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu 
borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan 2023 yilni “Insonga e’tibor va sifatli 
ta’lim yili” deb nomlanganligida ham ko’rishimiz mumkin. 
Shu bilan birga ta’lim jarayonini rivojlantirish va sifatli ta’lim jarayonini tashkil qilish 
borasida davlat rahbari tomonidan 2022-yil 28-yanvard
agi “2022
-2026-yillarga 
mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasito’g’risida”gi PF
-60-sonli Farmoni 
ijrosi asosida maktabgacha ta’limda qamrov darajasini oshirish, nodavlat maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarini tashkil etish, maktabgacha ta
’lim tizimida ta’lim sifatin
i yangi bosqichga olib 
chiqish va interfaol ta’lim texnologiyalarini kiritishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim berish jarayonini tashkil qilish borasida 
O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun “Ilk qadam” Davlat o’quv 
dasturini 
amaliyotda qo’llash joriy qilindi.
O`zbekistonda ijtimoiy-
iqtisodiy, ma’naviy
-
ma’rifiy sohalardagi o`zgarishlar qatorida 
ta`lim-tarbiya mazmunini yangilash, uni muntazam takomillashtirib borish zaruriyatini 
vujudga keltiradi. Bunday yangilanish va o`zgarishlar bir qator ta`lim qonunlari hamda ta`lim 
dasturlari asosida amalga oshirilmoqda. 
Darhaqiqat, bugungi kunda maktabgacha ta`lim sohasi har tamonlama rivojlanmoqda va 
juda katta e`tabor qaratilmoqda. Bolalarni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashda, barkamol 
avlod qilib yetishtirishda, avvalo, uning sog`ligi, nutqi va boshqa sifatlari, ingliz tili jihatidan 
savodxonligiga ham e`tibor 
qaratish lozimligi e’tiborga olinmoqda. Ta`limning yangi mazmuni 
bolaning har tomonlama kamol topishiga, ularni faollashtirishga qaratilgan ishlarni amalga 
oshirishda ota-
ona va tarbiyachining zimmasiga katta ma’su
liyat yuklashi shubhasizdir.
Ma
ktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog
-xodimlarining professional tayyorgarligi va 
mahoratini oshirib borishning takomillashtirilgan tizimi asosida izchil ishlar amalga 
oshrilmoqda. Ma’lumki, kichik yoshdagi bolala
rning dunyoqarashlarini shakllantirishda oila 
va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida berilayotgan ta’limiy
-
tarbiyaviy jarayonning o’rni juda 
katta bo’ladi. Bolaning ma’naviy
-axloqiy qiyofasi, hayotiy yondashuvlari, uning uchun ustuvor 
ahamiyatga ega bo’lgan
qadriyatlar hamda axloqiy tamoyillar mohi
yati u ega bo’lgan 
dunyoqarash mazmunini ifodalaydi. O’z navbatida dunyoqarashning boyib borishi bolaning 
shaxsiy sifat va fazilatlarining tobora barqarorlashuvini ta’minlaydi. 
O’z mazmunida ezgu g’oyalarni ifoda 
etgan dunyoqarash shaxs qiyofasida namoyon 
bo’layotgan ijobiy fazilatlarning boyib borishiga yordam beradi. 
Dunyoqarash atamasi kishilarning turmush tarzi, hayoti axloq-odobi, madaniyati yanada 
o’zida mujassamlashtirgan tasavvurlar, bilimlar yig’indisi hi
soblanadi. 
Inson qarashlari ong jarayoniga 
bog’lagan. Dunyoqarashning shakllantirish shaxsning 
intelektiga, irodasiga, his-
tuyg’usiga, uning amaliy faoliyatiga ta’sir ko’rsatish bilan bog’liq. 


484

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   534   535   536   537   538   539   540   541   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin