www. kokanduni.uz O‘SMIR KAR VA ZAIF ESHITTUVCHI BOLALARNI IJTIMOIY HAYОTGA MOSLASHTIRISH G.M Salixova TDPU Maxsus pedagogika va inklyuziv ta’lim fakulteti surdopedogika va inklyuziv ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi (PHD) Ijtimoiylashuv
va moslashuv o‘zaro chambarchas bog‘liq jarayon bo‘lib, shaxsning oila,
mahalla, keng jamoatchilik bilan o‘zaro munosabatlarining yakdilligini o‘zida namoyon etadi.
Lotin tilidan tarjima qilingan «moslashish» atamasi «moslashtirish», «sozlash» degan ma’n
oni
anglatadi. Ushbu atama dastlab biologiya faniga taalluqli bo‘lib, organizmning evolyusiya
jarayonida tashqi sharoitga, morfofiziologik va xulq-atvor mezonlariga moslashtirishni
anglatgan. Bizning nazarimizda moslashish
–
bu hayotning, atrof-muhitning o
‘
ziga xos
xususiyatlariga o‘zini o‘zi moslashtirish orqali oldiga maqsad qo‘yish, iqtidor va qobiliyatlarini
namoyon etish demakdir. Boshqacha qilib aytganda, muhitning o‘ziga xos xususiyatlarini
qabul qilish orqali unga moslashish sifatida ham tushunishimi
z mumkin, ya’ni inson
yashayotgan jamiyatga, taraqqiyotga adaptatsiya qilish jarayonidir.
«Ijtimoiy moslashuv (lot. Socialis
- ijtimoiylashgan) - shaxs tomonidan muayyan
madaniyat an’analariga xos bo‘lgan faoliyat va xulq
-
atvor me’yorini o‘z
lashtirish, qadriyatlar
va tartib qoidalarni anglash jarayoni».
Ijtimoiy moslashuv individning shaxsga aylanish jarayoni ostida kechuvchi qayta
aloqaning sifati bilan bog‘liq tushuncha hisoblanadi. Shaxs hayoti davomida ehtiyojlarini
qondirishi, o‘zi va o‘
zgalar manfaat
larini ko‘zlagan holda ma’lum harakatlarni amalga
oshirishi uning boshqa insonlar bilan o‘zaro muloqoti orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy
moslashuv shaxslararo munosabat uchun maqbul muhit vujudga kelganda amalga oshadi.
Agar maqbul muhit yaratilmasa, sha
xslararo munosabat o‘zaro bir
-birini yoshi, qiziqishi,
dunyoqarashi, hayotga munosabati nuqtai nazardan psixologik tushunish, anglash tarzida
namoyon bo‘lmasa, ijtimoiy moslashish jarayoni samarali kechmaydi.
Ijtimoiy moslashuv turli munosabatlar sharoitida amalga oshadi. Shaxsning
moslashganlik darajasi ijtimoiy muhit xususiyatlari va insonning shaxsiy sifatlari bilan
ifodalanadi. Ma’lumki, ijtimoiylashuv jarayonining asosi insonning muhitga moslashuvidan
iborat bo‘lib, uning ta’sirida shaxs
jamiyatning t
eng huquqli a’zosiga, turli munosabatlarning
faol ishtirokchisiga aylanadi. Insonning ijtimoiy moslashuvi jamiyatga munosabatlari bilan
bog‘liq ravishda o‘zgarib boradi va unda jamiyat talablariga javob berish darajasi ortib boradi.
Insonning
hayot yo‘li
s
haxs ijtimoiylashuvining quyidagi yo‘nalishlari zamirida kechadi:
faoliyat, muloqot va o‘z
-
o‘zini anglash.
Nogironligi bo‘lgan, shu jumladan kar, zaif eshituvchi o‘smir bolalarni ijtimoiy hayotga
moslashtirishga ta’sir etuvchi omillar mavjud
bo‘lib ularn
i
qo‘yidagicha tasnif etish mumkin:
jismoniy va aqliy imkoniyati cheklanganlik, ehtiyojmandlik, ayirmachilik, kamsitilishlar,
boqimandalik, bepisandlik, ishonchsizlik. Ular ushbu toifa bolalarni ijtimoiylashtirish yo‘lidagi
asosiy to‘siqlardir
.
Ijtimoiy hi
moyaga muhtoj o‘smir bolalar guruhi bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni
mazmunan, shaklan hamda metodik jihatdan tashkil etish boshqa toifa bolalari bilan olib
boriladigan tarbiyaviy ishlarga nisbatan birmuncha mas’uliyatli yondashuvni
taqozo etadi. Bu
guruh bolalarini komil insonlar qilib tarbiyalashda ma’naviy komillikni asosiy
komponentlarini yaxlit shakllantirish ijtimoiy-huquqiy tarbiyada samaralar omilidir. Bu
o‘rinda jamiyatdagi barcha institutlarning o‘zaro aloqasi hamda hamkorl
igi taqozo etiladi.
Ushbu hamkorlik quyidagi zanjir asosida amalga oshiriladi: oila-mahalla
–
bog‘cha –
maktab -
o‘rta maxsus, kasb
-
hunar ta’limi tizimi –
oliy ta’lim –
mustaqil ta’lim –
mehnat va kasbga