Annotatsiya : Ushbu tezisda oila kutubxonasi bola intelekti va ma’naviyatining asosi
ekanligi, maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun qanday kutu
bxona tashkil etish
kerakligi, necha yoshdan qanday kitoblar
o‘qib berish kerakligi haqida umumiy xulosalar
ko‘rsatib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar : Maktabgacha ta’
lim tashkiloti, kitobxonlik, oila kutubxonasi, kitobxonlik
madaniyati, ma’naviy barkamollik.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 3-6 yoshdagi bolalarning sifatli maktabgacha ta'lim
va tarbiya olish imkoniyatlarini kuchaytirish, shuningdek, ota-onalar, aholi va
jamoatchilikning bolalarga erta ta'lim berish va oilada erta kitob o‘qishni tashkil etishning
ahamiyati to‘g‘risida xabardor qilish maqsadida tizimdagi b
archa maktabgacha ta'lim
tashkilotlari qoshida kichik kutubxonalar tashkil etilmoqda.
Kichik kutu
bxona o‘zbek xalq ertaklari, rivoyatlar, hikoyalar va bolalar uchun she’riy
to‘plamlar bilan ta'minlanadi va kitoblarni topish qulay bo‘lishi uchun har bir bo‘lim badiiy
belgi: daraxt, ertak qahramonlar kabilar bilan nomlanadi. Kichik kutubxonalar tashkilot ichki
imkoniyati hamda homiylarni jalb qilgan holda tashkil etiladi va bolajonlar uchun xizmat
qiladi.
Bolalarda mutolaa ko‘nikmalarini shakllantirish maqs
adida tarbiyachi-pedagoglar
tomonidan kitoblarni ifodali o‘qish, o‘qilgan kitoblar haqida suhbat,
rasmlarni tomosha qilish,
notanish so‘zlarni tushuntirish, adabiyot kechalari va biror mavzuga bag‘ishlangan kitoblar
ko‘rgazmasi tashkil etish kabi turli usullar qo‘llaniladi. Bu kabi usullar bola shaxsi, uning ijodiy
qobiliyatlarini rivojlanishi, bilish faolligining asosi sifatida umuminsoniy qadriyatlari bilan
tanishishi, ijodiy tasavvurini shakllanishi, qiziquvchanligini rivojlantirishga yordam beradi.
Zamo
naviy maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni badiiy adabiyot bilan
tanishtirishdagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
1. Kichik guruxlardan boshlab bolalarni badiiy adabiyotga qiziqish uyg‘otish.
2. Bolalarda ertak, hikoya, rivoyat, she’r va badii
y asar namunalaridan berib tinglash,
tushunish, voqealar rivojini diqqat bilan kuzatish, ishtiyoqni tarbiyalash, asar qahramonlari
harakatiga baho berishni shakllantirish.
3. Asar mazmuni yuzasidan savollarga javob berish, asar qahramonlari harakatlari, ruhiy
kechinmalarini ma’naviy ta’riflash, to‘g‘ri baho berishga o‘rgatish.
4. Asar g‘oyasi tasviriy vositalarini yoshiga mos xolda tushunish, o‘z qarashlari,
mulohazasini bildirishga o‘rgatish.
5. Badiiy asarni hikoya qilish va uning mazmunini so‘zlab berish, she’rni ifodali yoddan
aytish orqali nutq ohangi.
Buyuk ota-bobolarimiz bola tarbiyasida kitobni
o‘rni katta ekanini uni tafakkurning
to‘lmas qanoti sifatida inson ma’naviy olamini boyitishi, yuksak ijodiy va yaratuvchanlik
vositasi sifatida nihoyatda qa
drlash hamda undan samarali foydalanish zarurligini ta’kidlab
o‘tganlar. Mutaxassislar bola hayotining ilk yosh davrini “mo‘jizalar davri” deb nomlaganlar.
Bu davrda bola kitob o‘qishga tayyorlanadi. Bunda avval nutq malakalarini eshitish va
so‘zlashni mukammal o‘rganib olishlari lozim. Oilada tarbiyani barcha mezonlari
shakllantirilganidek kitobxonlik madaniyati ham shu maskandan boshlansa yaxshi samara
beradi. Oilada ota-
ona kitobga mehr qo‘ygan bo‘lsa bunday oilada tarbiyalanayotgan farzand
ham kitobga o
shno bo‘ladi bunday farzandlarning dunyoqarashi fikrlash doirasi keng bo‘ladi,