Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Z.T.Nishanova, N.G.Kamilova, D.U.Abdullayeva, M.X.Xolnazarova “Rivojl
anish
Psixologiyasi” Pedagogik Psixologiya
2.
Q.Sodiqov S.H.Aripova G.A.Shahmurova. “Yosh Fiziologiy As I Va Gigiyena “
3.
Z.Nishonova. “Psixogigena”
4.
Z.T.Nishonova, G.K.Alimova. “Bolalar psixologiyasi va diagnostikasi” .
5.
https://minikar.ru/uz/tests/diagnostika-i-korrekciya-otklonenii-shkolnikov-v-
povedenii/
6.
https://gigafox.ru/uz/vedenie-beremennosti/rabota-so-skazkami-v-nachalnoi-
shkole-konspekt-uroka-po-literature-na-temu/
7.
https://cyberleninka.ru/article/n/kichik-maktab-yoshidagi-o-quvchilar-
shaxslararo-munosabatlarida-empatiyani-shakillantirish
581
www.
kokanduni.uz
BOSHLANG‘ICH SINFLARGA TA’LIM BERISH JARAYONIDA ZAMONAVIY METOD VA
VOSITALARNING AHAMIYATI
Ne’matullayeva Madinabonu
Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 1
- bosqich talabasi,
Jumanova Shahnoza Ikromjonovna
Qo‘qon universiteti “Ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya
: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda dars o‘tish jarayonida mavjud
muammolarni bartaraf etish maqsadida zamonaviy tehnalogik vositalarning ahamiyati,
ularning dars jarayoniga tadbiq qilish samaradorligi haqida fikrlar bayon etilgan. Darslarni
sifatli tashkil etilishning imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida bir qancha metod va
vositalar tavsiya etilgan.
Kalit so’zlar
: boshlang‘ich sinf, o‘qish, intonatsiya, metod, ta’
lim, dars jarayoni,
pedagogik texnologiyalar, interfaol vositalar, savodxonlik darajalari, didaktik o’yinlar.
Bugungi shiddatli davr har bir ta’lim olayotgan shaxslardan bolalik chog‘idan boshlab
qunt bilan o‘qish, ilm va hunar o‘rganishni talab etmoqda. A
na shu talab asosida
mamlakatimizda o‘ziga xos ta’lim tizimi yaratildi: “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturi” qabul qilindi. Ularda ta’limning boshqa sohalari qatori boshlang‘ich
ta’limiga ham alohida o‘rin ajratilgan.
Ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, shu jarayonda
shaxsning taraqqiyoti, uning ma’lumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi. Darslarda o‘qituvchi
o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini mashg‘ulotlar vositasida o‘quvchilarga yetkazadi,
o
‘quvchilar esa uni o‘zlashtirib borishi natijasida undan foydalanish qobiliyatiga ega bo‘ladi.
O‘rganish jarayonida o‘quvchilar o‘zlashtirishning turli ko‘rinishlaridan foydalanishadi, ya’ni
o‘zlashtirilayotgan ma’lumotlarni q
abul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda
o‘ziga xos tafovutlarga tayanadi. Ta'lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarlarning dars
paytidagi hamkorligi, o‘quvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar shaklida ta’lim
va tarbiya masalalari hal etiladi.
Boshl
ang‘ich sinflarda o‘tiladigan ona tili, matematika, o‘qish, odobnoma, tabiatshunoslik
darslari o‘z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko‘ra ta’lim tizimida alohida o‘rin tutadi. Negaki
ularning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta
’limiy tarbiya asoslari turadi
. Shuning uchun ham
boshlang‘ich ta’lim darslariga o‘quvchilar qiziqishini oshirishga alohida e’tibor berish lozim.
Chunki bolalar boshlang‘ich sinflardanoq «dars» degan muqaddas so‘zdan bezib qolmasliklari
lozim. O‘quvchilarni darsga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish uchun tajribali o‘qituvchilar turli
didaktik o‘yinlardan foydalanishmoqda.
Bugungi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o‘quv
jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundan
-kunga or
tib bormoqda. Bunday bo‘lishin
ing
sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchilar faqat tayyor bilimlarni
egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni
egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topish, mustaqil o‘rganish va fikrlash, t
ahlil qilish, hatto
yakuniy xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs
rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir
qatorda boshqaruv
chilik, yo‘naltiruvchilik funk
siyasini bajaradi.
Hozirgi kunda pedagoglarga juda katta sharoitlar yaratib berilmoqda. Bu sharoitlardan
unumli foydalanga holda darslarni mazmunli va samarali tashkillash zarur. Shuning uchun
o‘qituvchilar doimo o‘z ustida ishlashi, innovatsion, noan’ana
viy, interaktiv dars usullarini
muntazam o‘qib va o‘rganib borishi hamda o‘quv
-tarbiya jarayoniga tatbiq qila olishi kerak.
O‘qituvchi dars jarayonida o‘quvchilarning badiiy, estetik, mantiqiy, jismoniy va ma’naviy
|