Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə661/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   657   658   659   660   661   662   663   664   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

1-rasm. Bir yilda bo
ʻ
ladigan xudkushliklar miqdori. 


597
www.
kokanduni.uz 
Bugungi kunda amalga oshirilayotgan choralar tarkibida, xususan o‘smirlarning ta’
lim 
jarayonidagi faolligini oshirish, shaxslararo munosabatlarga kirishishda empatiya hissini 
rivojlantirish, sh
axs sifatida o‘zini to‘g‘ri baholash, jamiyatda o‘zo‘rnini topishida yordam 
berish hamda axloqiy ko‘nikmalar shakllantirilishining psixologik me
xanizmlarini 
takomillashtirish dolzarb masalalar hisoblanadi. 
O‘zbekistonlik psixologlardan E.G‘.G‘oziyev, N.G‘.Kamilova, G.Q.To‘laganova, B.M.Umarov 
kabi olimlarning izlanishlarida bolalik va o‘smirlik davridagi psixik xususiyatlarni o‘rganishga 
qaratilga
n tadqiqotlar o‘tkazilgan bo‘lib, ularda asosiy e’tibor deviant xulq
-atvor, xarakter 
aksentuatsiyasi, bolalar va 
o‘smirlar suitsidi, o‘z
-
o‘ziga baho berish va nazorat qilish 
muammolariga qaratiladi. 
Inson onogenizida o‘smirlik balog‘atga etish davri bo‘lib
, yangi xislar, sezgilar va jinsiy 
xayotga taalluqli chigal masalalarning paydo bo‘lishi bilan xam xarakterlanadi. O‘z davrida 
L.S.Vigotskiy bunday holatni psixik rivojlanishdagi krizis deb nomlagan. O‘smirlik yoshida 
ularning xulq
–atvorigaxos bo‘lgan aloh
ida xususiyatlarni asosan jinsiy yetilishning 
boshlanishi bilan izohlab bo‘lmaydi. Jinsiy yetilish o‘smir xulq–
atvoriga asosiy biologik omil 
sifatida ta’sir ko‘rsatib, bu ta’sir bevosita emas, balki ko‘proq bilvositadir. O‘smirlik davriga 
ko‘pincha so‘zga kirmaslik, o‘jarlik, tajanglik, o‘z kamchiliklarini tan olmaslik, urushqoqlik, 
yig‘loqilik, kabi xususiyatlar xos. O‘smirlar va bolalar psixikasining yosh davrlarida o‘ziga xos 
xususiyati mavjud bo‘lib adabiyotlarda emotsional yetuk emaslik, kattalar avtor
itetiga 
bo‘ysunish, ishonuvchanlik, jinsga oid munosabatlar haqida xabardorligi va hayotiy 
tajribasining yetarli darajada emasligi, boshqa insonlarni mavjud harakatlarini oldindan ayta 
olish va murakkab vaziyatlarda tanqidiy hamda to‘liq baholay olmaslik k
abi sifatlar namoyon 
bo‘ladi. 
Bolalar kattalar singari bir maromda rivojlanmaydi, shuningdek, ijobiy va salbiy 
psixologik xususityalar, nisbatan barqaror va tinch osoyishta kechadigan davrlar mavjud. 
Kattalarga nisbatan xulq-atvoridagi ijobiy va salbiy mu
nosabatning paydo bo‘lishi, negativizm 
singari nohush xulq-
atvor alomatlari o‘z–o‘zidan kelib chiqadigan bevosit
a jinsiy yetilish 
tufayli poydo bo‘ladigan belgilar bo‘lmay, balki ular bilvosita ta’sir ko‘rsatadigan o‘smir 
yashaydigan ijtimoiy shart

sharoitlar vositasi orqali, uning tengdoshlari, turli jamoalardagi 
mavqei tufayli, kattalar bilan munosabati, maktab va 
oilasidagi o‘rni munosabatlari sababli 
yuzaga keladigan xarakter belgilaridir. Mana shu ijtimoiy sharoitlarni o‘zgartirish yo‘li bilan 
o‘smirla
rning xulq
–atvoriga to‘g’ridan–to‘g’ri ta’sir ko‘rsatish mumkin. Ular tashqi ta’sirlarga 
va xissiyotlarga juda b
eriluvchan bo‘ladilar. Shuningdek ularga mardlik, jasurlik, tantiqlik kabi 
psixologik sifatlar ham xosdir. Tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik o‘s
mirda shaxsiy fikrni yuzaga 
kelishiga sabab bo‘ladi, lekin bu shaxsiy fikr aksariyat hollarda asoslanmagan bo‘la
di. Shuning 
uchun ham ular ota
–onalarning, atrofdagi kattalarning shuningdek, ustozlarning to‘g‘ri yo‘lni 
ko‘rsatishlariga qaramay o‘z fikrlarini o‘tkazishga harakat qiladilar. Juda ko‘p o‘smirlar bu 
davrda chekish hamda spirtli ichimliklarga qiziqib qoladilar. Bugungi kunda internet 
materiallarini tushunish yoki anglamasdan undan foydalanishga harakat qilishadi. Bu holatda 
chekuvchi, ichuvchi sin
gari yangi rolda o‘zini normal, qulay his qiladi. Bunday holatlarga 
tushgan o‘smir juda tashvishga tushadi va un
dakrizis holati yuzaga keladi. Bu krizis 
o‘smirning ma’naviy o‘sishi psixikasidagi o‘zgarishlariga ham bog‘liqdir. Bu davrda bolaning 
ijtimoiy m
avqei o‘zgaradi, o‘zining yaqinlari, do‘stlari, tengdoshlari bilan yangi munosabatlar 
yuzaga keladi. Lekin eng k
atta o‘zgarish uning ichki dunyosida yuzaga keladi. Ko‘pgina 
o‘smiryoshi davridagi maktab o‘quvchilarida o‘zidan qoniqmaslik holati kuzatiladi.
Shuningdek, o‘zi xaqidagi mavjud fikrlarining bugun unda sodir bo‘layotgan 
o‘zgarishlarga to‘ri kelmayotganligi o‘smirni asabiylashishiga olib keladi. Bu esa o‘smirda o‘zi 
xaqida salbiy fikr va qo‘rquvni yuzaga keltirishi mumkin. Bunday o‘smirdagi o‘zgaris
hlarni 
uchun atrofdagilar, kattalar, shuningdek ota

onasiga qarshi chiqayotganligini anglay 


598

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   657   658   659   660   661   662   663   664   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin