www. kokanduni.uz Tadqiqotchi sifatida sinf o‘quvchilarining nutqiga doir yutuq va
kamchiliklarni qayd qilib
bordim. Jumladan, sinf o‘quvchilarining 10 tasi –
38%i o‘qigan matnini yaxsh
i tushunadi, 12
tasi -
46 %i o‘rtacha tushunadi, 6 nafari
- 23 %i esa qiyinchilik bilan tushunadi.
Og‘zaki nutq. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning og‘zaki nutqi ona tili va o‘qish
savodxonligi darsliklarida berilgan matnlarni va xalq og‘zaki ijodi namunalarini o‘rganishi,
mazmunini esa og‘zaki bayon qilishi bilan shakllanib boradi. O‘quvchining og‘zaki nutqi
o‘tilgan mavzuni gapirib berishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, o‘quvchi ertakni og‘zaki
bayon qilayotganida fikrlarini o‘z ona tilida xatosiz, to‘g‘ri ifodalashi, mavjud lug‘at boyligidan
oqilona foydalanib, ertak mazmunini yoritishi, mavzudan chetga chiqmay bog‘lanishli nutqi
asosida gapir
a olishi, undan xulosa chiqarishi zarur.Bu ko‘nikmalar dars jarayonida
takomillashtirilib borilishi ke
rak.Shuning uchun o‘quvchida qaysi ko‘nikma hosil bo‘lishi
maqsad qilinsa, darslarda o‘sha bo‘yicha mashqlar muntazam tashkil qilinishi kerak.
Qo‘qon shah
rining 12-
umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1
-
“A” sinf o‘quvchilariga ona tili
va o‘qish savodxonligi darsida “Kun tartibi” mavzusini o‘tdik. Tashkiliy qismdan so‘ng
o‘quvchilarning og‘zaki nutqini shakllantirish maqsadida quyidagi savol
-
javoblar o‘tkazdik.
1.Siz har kuni qanday ishlar bajarasiz?
2.Qachon nonushta qilasiz?
3.Kunning qaysi qismi (yoki qaysi payt)da dam olasiz?
Bunday savol-
javoblarni o‘tkazishdan maqsad o‘quvchilarning tafakkurini ishga
solishdir. O‘quvchilar javob berishgach ,ularning e’tibori darsga to‘liq jalb etiladi.
Darsning mustahkamlash qismida o‘tilgan mavzuni mustahkamlash, o‘quvchi
larda
mavzu yuzasidan yanada kengroq bilimga ega bo‘lish va o‘quvchilarning og‘zaki nutqini
rivojlantirish maqsadida “Hikoyani davom ettir” qiziqarli metodini o‘tkazdik.Ushbu metod
quyidagi tartibda amalga oshiriladi.Biz mavzuga bog‘liq bo‘lgan kichik bir
hikoya tuzishdan
boshladik.Boshlanish qismini ya’ni hikoyaning birinchi gapini biz boshlab berdik, qolgan
qismini o‘quvchilar birin ketinlik bilan navbat
ma navbat davom ettirishdi.