Kokanduni uz



Yüklə 15,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə724/1070
tarix20.11.2023
ölçüsü15,42 Mb.
#164100
1   ...   720   721   722   723   724   725   726   727   ...   1070
Ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami

www.
kokanduni.uz 
imtixonga tayyorgarlik ko’rishlarini aytish mumkin. Ixtiyoriydan so’nggi diqqatda esa avvaliga 
biror bir ki
tob yoki biror bir fan juda ham zerikarli va qiyin tuyilishi, o’qib o’rganishni 
irodaviy zo’r berib davom ettirilgandan so’ng esa asta
-
sekinlik bilan qiziqish paydo bo’lib 
ixtiyorsiz ravishda davom etish. Ta’lim olishda yana bir eng muhim psixik bilish jar
ayoni 
borki, u xotiradir. Xotira 

biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni 
yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash, yoki xotirlash jarayonidir. Xotira ham ixtiyoriy va 
ixtiyorsiz bo’ladi. Bizning xissiyotlarimiz bilan bog’liq bo’lgan voqea va hodisalar, ijobiy yoki 
salbiy ta’sirlar ixtiyorsiz ravishda xotirada saqlanib qoladi. Ta’lim jarayonida esa ixtiyoriy 
xotira muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lum bir kerakli bo’lgan ma’lumotlarni assotsiativ bir
-
biriga bog’lab va takrorlashlar
natijasida avvaliga qisqa muddatli va so’ng uzoq muddatli 
xotirada saqlanadi. Talabalarning OTMlarida o’z yo’nalishlari bo’yicha o’z 
kasblarini 
mukammal tarzda o’zlashtishlari yoshlikda ushbu bilish jarayini bo’lgan xotiraning yaxshi 
rivojlanganligi bilan 
uzviy bog’liqdir. Olayotgan kerakli axborotlarni miyyamizda to’liq 
saqlanib qolishi uchun xotira jarayonimiz faol bo’ishi talab etila
di. Xotiraning fiziologik jihati 
ham borki, bunda xotiraning yaxshi bo’lishi uchun ovqat ratsionimizga ahamiyatli bo’lishi
miz 
kerak. Vitaminli taomlar, jumladan, tuxum, yong’oq va baliq kabilarni muntazam iste’mol qilib 
turish talab etiladi. Bilish jarayonlarini ahamiyatlilaridan yana biri bu 

tafakkur. Tafakkur 

inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Tafakkur jarayoni
da fikr paydo bo’ladi, bu fikrlar 
insonning onggida muhim tushunchalar shaklini oladi. Tafakkur nutq 

til bilan chambarchas 
bog’langan. Insonda tafakkur va nutq bo’lganligi tufayli u hayvonlardan farq qiladi va shu 
sababli u ongli mavjudotdir. Tafakkur tufayli tushunchalar, hukm hamda xulosalar chiqariladi. 
Biror bir voqealikka, biror fikrga avvalo tushuncha paydo bo’ladi va unga hukm c
hiqarish 
uchun ma’lum bir o’rganishlar talab etiladi. O’rganishlar natijasida esa hukm undan so’ng 
xulosalanadi. Tafakkurn
i rivojlantiruvchi, intellektni oshiruvchi metodikalarni qo’llash 
natijasida yoshlikdan bolaning aqliy qobiliyatini oshirib borish mum
kin va bu bevosita ta’lim 
olish jarayonida, talabalik davrida ham o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi. 
Bundan tashqari individual xususiyatlar ham borki, ularning ham ahamiyati kattadir. 
Masalan: temperament, harakter va qobiliyat. Temperament 

lotincha ”Temperamentum” 
degan so’zdan olingan bo’lib, uning ma’nosi ”aralashma” demakdir. Barcha temperamentlarni 
qadimdan 4 turga b
o’lingan: Xolerik, sangvinik, flegmatik va melanxolik. Xolerik –
xissiyotning 
kuchli qo’zg’aluvchanligi, barqaror bo’lishi bilan farq 
qiladi. Emotsiyalar yaqqol namoyon 
bo’lib turadi. Ta’lim jarayoniga yo’naltirishda va kasb tanlashda ham shunga ahamiyat b
erilsa 
maqsadga muvofiq bo’ladi. Ushbu temperament vakillaridan: raqqosalar, qo’shiqchi, aktyor, 
sportchilar va rahbarlar ham yaxshi yetishib chiqadi. Sangvinik 

hissiyotning kuchli 
qo’zg’aluvchanligi lekin beqaror bo’lishi bilan farq qiladi. Ushbu temper
ament vakillaridan: 
ajoyib jurnalistlar, haydovchilar, uchuvchilar va shifokor, o’qituvchilar yetishib chiqishlari 
mumkin. Flegmatik 

hissiyotning juda sekin kuchsiz qo’zg’alishi va uzoq davom etmasligi 
bilan farq qiladi. Shunga ko’ra ta’limga va kasbga yo’naltirish talab etiladi. Bulardan rahbarlar 
yetishib chiqmasada lekin, fidoiy hodimlar, oshpaz, hisobchi, ichki ishlar hodimlari va 
prokuratura hodimlari ham yetishib chiqishi mumkin. Melanxolik 

hissiyotning sekin, lekin 
kuchli qo’zg’aluvchanligi va barqaror bo’lishi bilan farq qiladi. Bunday temperament egalari: 
rassomlar, xaykaltaroshlar, arxitektorlar va shoirlardir.
Harakter yun
oncha ”haraktir” degan so’zdan olingan bo’lib, ” qalqiq, chiziq” ma’nosini 
anglatadi. Harakter deganda, shaxsda muhit va t
arbiya ta’siri ostida tarkib topgan va uning 
irodaviy faolligida, tevarak atrofdagi olamga, o’z
-
o’ziga bo’lgan munosabatlarida bo’ladi
gan 
individual xususiyatni tushuniladi. Harakterda ya’ni bolaning yoshligidan unda: 
tashabbuskorlik, faollik, mehnatkashlik, fidoiylik va vijdonlilik kabi harakter xususiyatlarini 
shakllantirib borilishi uning kelajakda komil inson bo’lib yetishishida o’z natijasini ko’rsatadi. 


657

Yüklə 15,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   720   721   722   723   724   725   726   727   ...   1070




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin