www. kokanduni.uz Ijodkor ’’Urushning so’nggi qurboni’’hikoyasida Umri xola orqali ona obrazini
yoritadi.Ushbu asar ikkinchi jahon urushi davridagi insonlarning turmush tarzi,urushning
insonlar hayotiga ta’siri haqida so’zlaydi.Asarda Umri xola kichik farzandi uchun katta
farzandini hovlisiga o’g’rilikka tushishga majbur bo’ladi.Va ushbu o’g’rilik katta o’g’l
i
Shoikromning harakati orqali onasining ayanchli o’limi bilan tugallananadi.Xo’sh,onaizorning
maqsadi nim
a edi,onaning qalbida zarracha bo’lsada yomonlik yoki jaholat bormidi?Axir u
farzandi uchun shu ishni qilishga majbur bo’ldiku,farzandiga bo’lgan mehri o’limiga sabab
bo’ldi. Hqiqiy o’g’ri bu jaholat va beshafqat davr va jamiyatdir. Umri xola urush maydoni
da
qurol ko’tarib jang qilmagan bo’lsada,urushning qonli qilichi uni o’ldirdi,Umri xola urushning
so’nggi qurboniga aylanishiga sabab bo’ldi.Yozuvchi asarda urushning ona ruhiyatiga ta’sirini
namoyon etadi.Bundan tashqari Ikki eshik orasi romanidagi Qora a
mma,Robiya,Ra’no
obrazlarining taqdirida ham zamonning ta’sirini ular hayotida ro’y bergan,o’zgarishlar va
voqealar tasvirida ko’rishimiz mumkin.Xulosa qilib aytganda,O’tkir Hoshimov o’z asarlarida
davr va ona obrazi yuksak mahorat bilan tasvirlaydi.Odamla
rning onaga bo’lgan
munosabatidan kelib chiqib qanday insonligini ko’rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1.Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar.
Ma’naviyat,2000.
2.Ahmad S. Ijod va jasorat maqolasi. Ziyouz,2000.
3.Arxiv.uz sayti.