655
www.
kokanduni.uz
TALABALARDAGI INDIVIDUAL XUSUSIYATLAR, BILISH JARAYONLARINING O’ZIGA
XOSLIGI VA TA’LIM SIFATIGA TA’SIRI
Tohirova Maftunaxon Zokirjon qizi
Farg’ona davlat universiteti
Pedagogika-psixologiya fakulteti, amaliy psixologiya
yo`nalishi 3-kurs talabasi
Annottatsiya:
ushbu maqolada shaxsning individual o’ziga xos jihatlari, psixologik bilish
jarayonlarining turlari, ularning shaxsda shakllanishi, boladagi psixik bilish jarayonlarining
rivojlanishini talabalik davriga ta’siri va talabalardagi o’ziga
xos psixik xususiyatlarni
inobatga olgan holda ta’limga yo’naltirishning ahamiyati yoritilgan.
Kalit so’zlar:
idrok, harakter, layoqat, xotira, individual, tafakkur, iroda, diqqat, xulq,
ta’lim, bilish jarayonlari, iqtidor, qobiliyat, nutq.
Dunyo shiddat
bilan o’zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga raxna
soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo
’layotgan bugungi kunda ma’naviyat va
ma’rifatga, aholi barcha qatlamlarining axloqiy tarbiyasiga e’tibor qaratish har qachongidan
ham
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Negaki, mamlakatimizdagi mavjud uzluksiz ta’lim tizimi
aholining beshdan bir qismini qamrab olgan. Ushbu tizim qamrab olgan bolalar va
o’smirlardan tashqari, aholining katta qismi orasida ma’naviy
-
ma’rifiy tarbiya ishlarining
tizimli yo’lga qo’yilishi va bu borada yuksak samaradorlikka erishish o’tkir zaruratga
aylanmoqda.
Har bir shaxsning o’ziga xos individual xususiyatlari mavjudki, bu ta’lim jarayonlariga,
o’zlashtirish ko’rsatkichlariga bevosita ta’sir etadi. Bundan tashqa
ri psixik bilish
jarayonlarining ham ahamiyati katta, quyida shular haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tiladi.
Psixik bi
lish jarayonlari har bir insonda mavjud bo’lib bular: sezgi, idrok, diqqat, xotira,
nutq, tafakkur hamda xayol. Lekin ushbu bilish jarayonlari hamma shaxsda ham birdek
rivojlanmagan. Bilish jarayonlarining yoshlikdan yaxshi rivojlantirib, shakllantirib borilishi,
kelajakda ta’lim olishda o’z natijasini beradi. Masalan: sezgi deb –
atrofimizdagi narsa
hodisalarning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’sir etish natijasida ularning ayrim belgi va
xususiyatlarini miyamizda aks etishiga aytiladi. Sezgi jarayoni orqali bola yoshligidan fazoni
idrok etadi, narsalarning rangini, ta’mini, turli xil tovushlarni, shakllarni anglab boradi. Sezgi:
ko’rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish hamda teri tuyishdan iboratdir. Sezgi turlari:
introretseptiv, ekstroretseptiv, propro
retseptiv kabi turlarga bo’linadi. Bolaning yoshligidan,
sezgini rivojlantiruvchi maxsus metodikalarni qo’llab rivojlantirib borilsa,
unda idrok
jarayonlari ham faollashib boradi. Idrok
–
sezgiga nisbatan bir muncha murakabbroq, to’laroq
aks ettirish jaray
oni bo’lib sezgi a’zolarimizga ta’sir etib turgan narsa va hodisalarning butun
belgi hamda xususiyatlari bilan butunligicha, ya’ni ong
da yaxlit aks ettirishdan iboratdir.
K.D.Ushinskiy idrokdagi kuzatuvchanlikni o’stirish vazifasiga katta e’tibor berardi. “Agar
ta’lim bolalarning aqlini o’stirmoqchi bo’lsa,
- deb yozgan edi Ushinskiy
–
ularning
kuzatuvchanlik qobiliyatlarini mashq qildirish kerak. Darhaqiqat bolada idrokning,
kuzatuvchanlik qobiliyatlarining faolligi ularning ta’lim olishida katta ahamiyatg
a ega. Idrok
jarayonlarida diqqat g’oyat katta ahamiyatga egadir. Diqqat idrokning faolligini oshiradi va
idrokning mukammal, raso va
ravshan bo’lishiga xizmat qiladi. Diqqat ixtiyoriy, ixtiyorsiz va
ixtiyoriydan so’nggi kabi turlarga bo’linadi. Diqqatning
ixtiyorsiz turi kundalik turmushimizda
ko’proq foydalansak, ta’lim jarayonlarida ixtiyoriy diqqat qanchalik yaxshi rivojlangani
ahami
yatlidir. Ixtiyoriy diqqatda irodaviy zo’r berish jarayoni kechadi: masalan bir maqsad
qo’yib, o’sha maqsad sari borishda rejalar asosida qanchalik murakkab va qiyin bo’lmasin,
harakat qilib, intilib erishiladi. Bunga misol qilib abiturientlarning OTMlariga kirish uchun
|