281 kategoriyalarining o’zaro aloqadorligini asoslab bergan olim. Uning fikricha, sabab
va oqibat bir biri bilan uzviy bog’langan, muayyan sabab muayyan oqibatni keltirib
chiqaradi, tasodif zaruriyatning namoyon bo’lish shakli. Bundan yaqqol kurinib
turibdiki, Forobiy tafakkur shakllari va usullarini tadqiq etishda asosiy e’tiborni
mazkur tushunchalar o’rtasidagi dialektik aloqadorlik va bir-biriga o’tishini ochib
berishga harakat qilgan.
Dialektika ta’limotining rivojlanishida XVIII-XIX asrlarda ijod etgan nemis
klassik faylasuflari I.Kant, I.Shelling, Gegelning xizmatlari alohida e’tiborga
sazovordir.
I.Kantning ta’limotiga ko’ra, inson aqli tabiatan antinomiyalidir, ya’ni
ziddiyatlarda ikkilanuvchidir. Shuning uchun qarama qarshi fikrlarni bab-barabar
isbotlash yo’li bilan asoslab berish mumkin. Masalan, olam ham nihoyalidir va ham
chegaralari yo’qdir, bo’linmas zarrachalar (atomlar) bor va bunday zarrachalar yo’q va
hokazo. Uningcha, ziddiyatlar har qanday holda faqat zoxiriydir.
I.Shellingning ta’limotiga ko’ra, mutlaq ruh «Men» ob’ektivlik va sub’ektivlik
kabi qarama-qarshilikning birligidan iborat. Ularning kurashi tabiat va jamiyatdagi
narsa va hodisalar harakatining manbaidir. Uningcha, ruh sub’ektiv va ob’ektivlik
birligidan iborat bo’lib (tezis), taraqqiyot jarayonida tabiatning shakllanishiga olib
keladi (antitezis) va nihoyat tabiatdan yana ob’ektivlik va sub’ektivlikning birligi
bo’lgan yuqori darajadagi ruhning taraqqiyotiga olib keladi (sintez).
Gegel falsafasining tarixiy ahamiyati shundan iboratki, u idealistik nuqtai
nazardan bo’lsada, dialektikaning uch asosiy qonuni: 1) qarama-qarshiliklarning
birligi va kurashi qonuni; 2) miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga o’tish
qonuni; 3) inkorni inkor etish qonuni mohiyatini chuqur va atroflicha asoslab berdi.
SHuningdek, Gegel asarlarida mazkur qonunlar bilan uzviy bog’liq bo’lgan
kategoriyalar tizimi, mohiyat va hodisa, qonun, qonuniyat; zaruriyat va tasoddif, sabab
va oqibat, imkoniyat va voqelik, mazmun va shakl, yakkalik, xususiylik, umumiylik
kabi falsafiy kategoriyalarning tizimini ishlab chiqadi.
Gegel ta’limotining yana bir muhim qismini uning bilish nazariyasi tashkil