236 kategoriyalarning o‘zaro biri ikkinchisiga o‘tishi, o‘zining ziddiga aylanishi
mumkinligini tan olmaydilar.
Kategoriyalarni metafizik tarzda talqin etuvchilardan biri Prudon edi.
Iqtisodiy kategoriyalarni ijtimoiy munosabatlarga nisbatan birlamchi deb xato talqin
qilgan Prudon, ularga abadiy va harakatsiz (o‘zgarmas) tushunchalar, deb qarar edi.
Haqiqatda esa, iqtisodiy kategoriyalar ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarining
faqat nazariy ifodasidir, abstraksiyasidir. Ishlab chiqarish taraqqiyotiga mos
ravishda ijtimoiy munosabatlar hosil qiladigan kishilarning o‘zlari, o‘z ishlab
chiqarish munosabatlariga muvofiq ravishda tamoyillar, g‘oyalar, kategoriyalarni
ham yaratadilar. Lekin bu munosabatlar o‘zgarar, boshqalariga aylanar ekan,
kategoriyalar ham xuddi ular tomonidan ifodalangan munosabatlar kabi abadiy
emasdir. Ular o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘tkinchi va tarixiy mahsulotdir. Metafizikaga
qarama-qarshi o‘laroq dialektikada mantiqiy kategoriyalar harakatchan, egiluvchan,
o‘zgaruvchan deb talqin qilinadi. Real borliq narsa va hodisalarining abadiy o‘zgarish
va rivojlanishini ifodalovchi tushunchalarning har tomonlama, universal
ixchamligi dialektikada o‘z ifodasini topadi.
Kategoriyalarning ixchamligi nimada ko‘rinadi? Bizning fikrimizcha,
kategoriyalarning ixchamligi, avvalo, shunda namoyon bo‘ladiki, ular o‘z
mazmuniga ko‘ra taraqqiyotda va bir butunlikda bo‘lgan narsa va hodisalar orasidagi
umumiy bog‘lanish va o‘zaro aloqadorlikni kayd qiladi va aks ettiradi. Inson
tafakkuri mantiqiy narsalar, mantiqning in’ikosi sifatida narsa va hodisalarni jonli va
ko‘p qirrali tomonlari bilan aks ettirmog‘i lozim. Bu haqiqatni bilishning yagona
yo‘lidir.
Har bir kategoriya narsa va hodisalarning alohida tomonini, ular orasidagi
ayrim aloqalarni aks ettiradi. Bunda qanday qilib narsalarning alohida tomonlari va
aloqalarini eks ettiradigan ayrim kategoriyalar yordamida narsalar va ular
o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik haqida yaxlit tasavvur hosil qilinadi? Ma’lumki,
umumiylik faqat alohidalik, alohida orqali yashaydi, har qanday alohida (u yoki bu
tarzda) umumiydir. Har bir kategoriyada butunning alohida tomonlari aks etadi.