238 Sub’ektivizm va sofistika relyativlik faqat nisbiydir, deydi va mutlaqlikni istisno
qiladi.
Kategoriyalar doimo taraqqiy etib, boyib boradi, ularning o‘zgaruvchanligi
shunda ham namoyon bo‘ladi. Moddiy dunyodagi narsa va hodisalar o‘zaro
aloqadorlik va bog‘liqlikdagina bo‘lib qolmay, ular doimo uzluksiz o‘zgarish va
taraqqiyotda hamdir. Shuning uchun ham real narsalarning real harakatlarini
ifodalovchi tushunchalar ilmiy tafakkur va ijtimoiy amaliyot yutuqlari asosida
muayyan o‘zgarishga uchraydilar, uzluksiz taraqqiy etib mazmunan boyib boradilar.
Metafizik fikr yurituvchi kishilar tushunchalar dialektikasi, ularning
o‘zgarishi va taraqqiyotini tushunishdan ojiz. Ularning fikricha, kategoriyalar
narsalar harakatini, ularning harakatchanligini, o‘zgaruvchanligini ifodalashi
mumkin emas. Tushunchalar orqali fikr yuritish go‘yoki qotib qolgan, o‘lik,
obrazlar
vositasida fikrlash demak. Vaholanki, tushunchalar qotib qolgan, o‘zgarmas, jonsiz
bo‘lganlarida edi, ular fan va amaliyot uchun biron-bir tarzda ahamiyatga ega
bo‘lmagan bo‘lar edi. Kategoriyalarning ilmiy bilish va ijtimoiy amaliyot uchun
ahamiyati shundan iboratki, ular narsalarning «jonli» dialektikasini, ularning
uzluksiz o‘zgarishi va rivojlanishini to‘g‘ri aks ettira oladilar. Buni atoqli nemis
faylasufi Gegel atroflicha asoslab bergan edi.
Hodisalar va ularning mavjudlik shart-sharoitining rivojlanishi, o‘zgarishi
asosida kategoriyalar ham taraqqiy etadi va o‘zgarib boradi. Kategoriyalarning
o‘zgaruvchanligi ob’ektiv dunyo harakatidan, o‘zgaruvchanligidan kelib chiqadi.
Ilmiy bilimlarning miqyosi kengayib borishi ham
dialektika kategoriyalari
taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy bilimlarning o‘sib borishi insonga tabiat va
jamiyat qonuniyatlarini chuqurroq bilishga, bizni o‘rab turgan real voqelikdagi turli
hodisalar o‘rtasidagi aloqa va bog‘lanishlar xarakteri to‘g‘risidagi ilgarigi
tasavvurlarni aniqlashga yordam beradi. Fan yutuqlari, bir tomondan, eski
tushuncha, kategoriyalarga aniqlik kiritsa, ikkinchi tomondan, yangi tushuncha,
kategoriyalarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Shu tariqa fan taraqqiyotidagi
yutuqlar asosida ilgari noma’lum bo‘lgan yangi kategoriyalar shakllanadi. Misol