Rasm. 4.11.29. Obyektning Transformatsiya nuqtasi
Eslatma: Simvol va simvol nushasi da transformatsiya nuqtasi bilan birgalikda ro’yhatga olish nuqtasi(registration point) ham bo’ladi. Bu nuqta to’g’risida “Simvollarni yaratish va tahrirlash” darsida ma’lumot olishingiz mumkin.
Transformatsiya nuqtasi joyini o’zgartirish natijasida uning shaklini va holatini o’zgartirish natijasi han o’zgaradi. Transformatsiya nuqtasi holatini o’zgartirish uchun:
Free Transform uskunasi tanlanadi va kerakli ob'yekt tanlanadi;
Transformatsiya nuqtasi ustiga sichqoncha ko’rsatkichini olib borib, uning chap tugmasini bosgan holda siljitiladi.(4.11.30-rasm)
Rasm.4.11.30.Transformatsiya nuqtasini o’zgartirish
Ob'yekt o’lchamini o’zgartirish Ob'yekt olchamini o’zgartirish deganda darhol ko’z oldimizga uni kichraytirish yoki kattalashtirish keladi.
Ob'yekt olchamini quyidagi usullardan foydalanib o’zgartirish mumkin:
To’g’ridan-to’g’ri sichqoncha yordamida;
Transform oynasida ob'yekt o’lchamini berish orqali.
Ob'yekt o’lchamini sichqoncha yordamida quyidagicha o’zgartiriladi:
Free Transform uskunasi tanlanadi va kerakli ob'yekt tanlanadi;
Olchamni o’zgartirish markerlaridan (sichqoncha ko’rsatkichi o’zgarishiga qarab aniqlanadi 4.11.1-jadval. 2, 3, 4 ) biri ustiga sichqoncha ko’rsatkichini olib borib, uning chap tugmasini bosgan holda kerakli yo’nalishga siljitiladi (4.11.31-rasm).
Rasm. 4.11.31.Ob'yektni o’lchamini sichqoncha yordamida o’zgartirish
Ob'yekt o’lchamini Transform oynasi yordamida o’zgartirish uchun quyidagi amallar bajariladi:
Arrow uskunasi yordamida kerakli ob'yekt belgilanadi;
Constrain yozuvi qatorida turgan mos matnli maydonchalarga ob'yektning ol’chamini o’zgartirish qiymati kiritiladi, agar ob'yekt o’lchamini gorizontal va vertikal yo’nalish bo’yicha proporsional ravishda o’zgartirish uchun Constrain belgilash maydonchasi belgilab qo’yiladi.