Ob’yektlar ustida boshqa amallarni bajarish Belgilangan ob'yekt ustida quyidagi amallarni bajarish mumkin:
Ob'yekt shaklini ozgartirish markazi(“transformatsiya nuqtasi”)ni holatini o’zgartirish mumkin;
Biror burchakka burish, aylantirish;
Shaklini o’zgartirish;
Tekislash va o’lchamini o’zgartirish;
Izoh:“Chizish”, “Ranglar bilan ishlash” kabi amamllarni bajarish to’g’risida alohida bo’limlarda tanishamiz.
Free Transfor uskunasi va Transform oynasi Tajribalar shuni ko’rsatadiki, barcha obyektni shaklini va holatini o’zgartirish bilan bog’liq amallarni Free Transform va Transform oynasi orqali bajarish mumkin.
Free Transform uskunasi tanlanganda uskunalar panelining Options bo’limida ushbu uskunaning qo’shimcha imkoniyatlarini beruvchi to’rtta tugmacha paydo bo’ladi(4.11.25-rasm):
Rotate and Skew;
Scale;
Distort;
Envelope.
Bu tugmachalarning barchasidan alohida-alohida foydalaniladi, bir vaqtning o'zida ikkita yoki undan ortiq tugmacha bilan ishlab bo’lmaydi. Agar birorta ham tugmacha tanlanmagan bo’lsa Free Transform uskunasi o’zining universal rejimida turgan bo’ladi. (4.11.26-rasm)
Rasm. 4.11.25.Free Transform uskunasining qo’shimcha imkoniyatlarini
beruvchi tugmalar
Ob'yekt shaklini ozgartirish uni o’z ichiga olgan to’rtburchakda joylashgan marker(“sezuvchan nuqtalar”)lar orqali amalga oshiriladi. Har bir marker o’z joylasgan o’rniga qarab, ma’lum bir funksiyani amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Masalan, burchakda joylashgan markerlar obyektni biror burchakka burish uchun xizmat qiladi. Foydalanuvchilar markerlarni farqlab olishlari qulay bo’lishi uchun, har bir marker ustiga sichqoncha ko’rsatkichi olib borilganda ko’rsatkich o’ziga variant bilan almashadi. 4.11.1-jadvalda uskuna universal rejimda turganida korsatkich almashishi mumkin bo’lgan variantlar keltirilgan. Universal rejimda uskuna Rotate and Skew va Scale tugmachalari mavjud barcha imkoniyatlarni o’zida mujassamlashtirgan holatda bo’ladi.