Rasm. 4.11.11. Lasso Tool ni qo’shimcha imkoniyatlarini beruvchi tugmachalar
Magic Wand parametrlari Options bo’limidagi Magic Wand Properties tugmachasini bosish natijasida chiqqan oynadan sozlanadi. (4.11.12-rasm):
Bu parametrlar:
Threshold — matnli maydoniga sichqoncha ko’rsatkichi birinchi marta rastrli tasvir ustida bosilganda o’sha sohada mavjud nuqta(piksel) rangi atrofidan mos ravishda necha xil rangni belgillash chegarasini beriladi(chegara 1-200 gacha oraliqda bo’lishi mumkin)
Smoothing — tekislash darajasi; uning qiymatini beruvchi qiymat ochiluvchi maydonda mavjud ro’yhatdan tanlanadi. Unda tekislash darajasi o’sib borish tartibida joylashgan quyidagi to’rtta parametr mavjud (4.11.12-rasm):
Pixel;
Rough;
Normal;
Smooth
Rasm. 4.11.12.Magic Wand Properties muloqot oynasi
Ob'yektni biror qismini belgilash uchun Line Tool dan ham foydalanish mumkin. Buning uchun:
Line Tooltanlanadi;
Keyin obyektni belgilanishi kerak bo’lgan sohasini chiziq tortish bilan alohida qismga ajratib olinadi. Buning uchun sichqoncha ko’rsatkichini obyektning belgilaninshi kerak bo’lgan sohasing biror chegarsiga olib kelib, sichqoncha tugmasini bosgan holda obyektni ikki qismga bo’ladigan qilib chiziq chiziladi.
Arrow toolni tanlab, ajratilgan soha ustiga borib, sichqoncha tugmasini ikki marta bosiladi. (4.11.13-rasm)
Rasm. 4.11.13.Line Tool yordamida obyektning biror qismini belgilash
Belgilashni bekor qilish uchun sichqoncha ko’rsatkichini montaj stolining ixtiyoriy bo’sh joyiga oib borib sichqoncha chap tugmasini bir marta bosish etarli.
Subselection Tool Subselection Tool yuqorida ko’rib o’tilgan ikki uskunadan asosan quyidagi hususiyatlari bilan farq qiladi:
Subselection Tool yordamida ob'yekt belgilangan(tanlangan)da - ob'yekt va uning qismlari yoki bir-biri bilan chegaradosh ob'yektlar - nechta bo’lishidan qat’iy nazar ularning barchasi chegara chizig’i va soha rangi bir-biridan ajratilmasdan, bir butun ob'yekt sifatida belgilanadi;
Subselection Tool uskunasida ishlash prinsipi Bez’e egri chiziqlariga asoslangan.
Obyektlarni Subselection Tool yordamida belgilash ikki xil usulda amalga oshirilishi mumkin:
1. Arrow Tool dagi kabi, sichqoncha chap tugmasini bosib turgan holda ob'yektni belgilanuvchi qismini tor’tburchak bilan orash orqali;
2. Sichqoncha tugmasini ob'yektning chegara chizig’i ustiga olib borilganda kor’satkich tagida kichkina to’rtburchak paydo bo’lsa, sichqoncha tugmasi bosiladi.
Obyektni har ikkala holatda belgilash natijasida ham ob'yekt perimetri ustida “sezuvchan nuqtalar” paydo bo’ladi, bu nuqtalardan foydalanib siz joriy obyektning shaklini ozgartirishingiz mumkin. O’z navbatida bu nuqtalar tanlangan obyektning Bez’e egri chiziqlari parametrlarini o’zgartiruvchi vosita hisoblanadi.(Biz bilamizki, vektor formatidagi tasvirlarni asosan formulalar orqali ifodalanadi). Sezuvchi nuqtalar ikki hil ko’rinishda bo’lishi mumkin: urinish nuqtasi va urinma markerlar.